Turkiy guliston yoxud axloq



Yüklə 141,5 Kb.
səhifə1/5
tarix08.12.2022
ölçüsü141,5 Kb.
#73124
  1   2   3   4   5
ABDULLA AVLONIYNING GULISTON YOXUD ASARINING KOMIL INSON TARBIYASIDAGI O`RNI


ABDULLA AVLONIYNING “TURKIY GULISTON YOXUD AXLOQ”| ASARINING KOMIL INSON TARBIYASIDAGI O`RNI
MUNDARIJA
Kirish......................................................................................................................3
I Bob Abdulla avloniyning pedagogik qarashlari.....................................................8

    1. Abdulla Avloniyning hayot yo’li....................................................................8

    2. Avloniy tashkil etgan maktablar va darsliklar…………………………….15

II Bob Turkiy Guliston yohud axloq asaridagi komil inson tarbiyasiga oid ilgari surilgan goyalar…………………………………………………………18

    1. A.Avloniyning “Turkiy guliston yoxud axloq asarining ” komil inson tarbiyasidagi o’rni........................................................................................18

    2. Abdulla Avloniyning didaktik asarlari…………………………………….25

Xulosa......................................................................................................................28
Foydalanilgan adabiyotlar.......................................................................................30

KIRISH
Kurs ishining dolzarbligi Hayot olamida, shubhasiz, tarbiya singari insoniyatga ta'sirli narsa yo'qdir. Shu sababdan qadimdan mashhur donishmandlar tarbiya to'g'risida qimmatli fikrlarni yozib qoldirganlar.
Yoshlar tarbiyasi, ularni ilmli va har tomonlama etuk qilib voyaga etkazish barcha zamonlarda muhim vazifa hisoblangan. Mutafakkirlarimiz tomonidan yozib qoldirilgan bunday nodir asarlar o'sib kelayotgan yosh avlodni salbiy illatlardan asrab, axloqan pok, haqiqiy inson bo'lib etishishlariga undagan.
Ajdodlarimiz asrlar davomida sevib mutolaa qilgan “Pandnoma”, “Siyosatnoma”, “Qobusnoma”, “Axloqi muhsiniy”, “Axloqi jaloliy”, “Axloqi nosiriy”, “Qonuni hikmat”, “Nigoriston”, “Bahr al-ulum”, “Kachko'li sultoniy”, “Jovidoni xirad”, “Bistu se hikmat”, “Hikoyoti dilpisand”, “Odob as-solihin”, “Turkiy “Guliston” yoxud axloq” singari asarlar shular jumlasidandir. Ushbu nodir asarlarda avval axloq-tarbiyaga oid biror so'z va tushunchani izohlab, keyin unga o'quvchi amal qilish uchun naqliy va axloqiy dalillar keltiradi. Umuman ularning mazmun-mundarijasi, ularda ilgari surilgan ilg'or g'oyalar bugungi kunda ham o'z ahamiyatini yo'qotmagan.
Xitoy donishmandi Syun-Szi “Chaqaloqlar hamma erda bir xil yig'lashadi. Katta bo'lganlarida esa turli qiliqlar qilishadi. Bu – tarbiyaning oqibati”, deb yozgan edi. Olmon faylasufi Immanuil Kant o'z asarida “Inson faqat tarbiya orqali inson bo'ladi, uning qandayligi tarbiyaning natijasidir”, degan fikrni bildiradi.
Tarbiyaga e'tiborsizlikning oqibati nimalarga olib kelishini o'z vaqtida Abdulla Avloniy kuyunib, “Bugungi kunda jamiyatimizning yuzini qora qiluvchi pastkashlar, yomonlar, beboshlar, o'g'rilar, giyohvandlar va nashavandlar... kecha tarbiyalariga e'tibor berilmagan bolalardir”, deb yozib qoldiradi.
Adabiyotshunos olim Abdurauf Fitrat “Xalqning harakat qilishi, davlatmand bo'lishi, baxtli bo'lib izzat-hurmat topishi, jahongir bo'lishi, zaif bo'lib xorlikka tushishi, faqirlik jomasini kiyib, baxtsizlik yukini tortib e'tibordan qolishi, o'zgalarga tobe va qul, asir bo'lishi bolalikdan o'z ota-onalaridan olgan tarbiyalariga bog'liq. Bolalar axloqiy tarbiyani muhitdan oladilar, boshqacha qilib aytganda, bolalar suvga o'xshaydi, suv idishning shaklini olganidek, bolalar ham muhitning odob-axloqini qabul qiladilar”, deydi.Alixonto'ra Sog'uniy tarbiya xususida shunday yozadi: “Yolg'iz insonga emas, barcha jonlik mavjudotlarda ta'lim-tarbiya ta'siri ko'z oldimizda ko'rilib, buning natijalari butun dunyoga tarqalib turmoqda. O'qitish-o'rgatish buyon tursin, suhbat o'zi ham, suhbatdoshlarga o't bilan suvdek tez o'tadi. Shuning uchun ham har kimga, suhbat yo'ldoshlariga qarab baho beriladi”.Darhaqiqat, nafaqat bir oila, balki er sayyorasidagi har bir mamlakatning gullab-yashnashi, undagi yashovchi xalqlarning farog'ati ham shak-shubhasiz ta'lim va tarbiya tufaylidir.
Ma'lumki, ulug' mutafakkir Abu Ali ibn Sino merosida ilm va axloq uyg'unligi masalasi alohida o'rin tutadi. Allomaning “Tadbiri manzil” risolasida tarbiya masalasi ko'proq tahlil etilgan. Xususan, “Tadbiri manzil”da inson tayyor shaxsiy sifat, odat va ko'nikmalar bilan tug'ilmasligi qayd etiladi. Bunday xususiyatlar odamning ijtimoiy hayotida sekin-asta shaxsiy va o'zgalar tajribasi, avvalgi ajdodlar an'analari, ta'lim-tarbiya o'zgalarning ta'siri ostida shakllanadi. SHaxs kamolotida ijobiy fazilat va odatlarni qaror toptirish qanchalik qiyin va mushkul bo'lsa, ma'naviy qiyofaga yopishib olgan salbiy jihat va odatlardan xalos bo'lish shunchalik murakkabdir. Alloma nazdida bolalar tarbiyasini barvaqt boshlagan ma'qul: “Bola tana bo'g'inlari barqaror bo'lgan, uning tili to'g'ri, ravon gapirish va quloqlari tinglash va o'zgalar so'zlarini qabul qilish hamda o'rganilayotgan narsaga (tabiiy) moyillik paytdan boshlab uni ilmlar va axloq-odob (asoslari)ga o'rgatib borish lozim”.

Yüklə 141,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin