EURASIAN JOURNAL OF ACADEMIC RESEARCH
Innovative Academy Research
Support Center
UIF =
8.1 |
SJIF =
5.685
www.in-academy.uz
Volume 3 Issue 6, June 2023 ISSN 2181-2020
Page 212
TA’LIMNI RAQAMLASHTIRISHGA OID ISLOHOTLARIDA
O‘QITUVCHINING RAQAMLI KOMPETENSIYASI
TUSHUNCHASI
Sherzod Karimov
Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi tasarrufidagi Bosh ilmiy
metodik markaz tayanch doktoranti
https://www.doi.org/10.5281/zenodo.8026653
ARTICLE INFO
ABSTRACT
Received: 05
th
June 2023
Accepted: 11
th
June 2023
Online: 12
th
June 2023
Ushbu maqolada zamonaviy ta’lim muhitida raqamli
ta’lim texnologiyalar yordamida o‘qitishning zamonaviy
metodikalarini amaliyotga tatbiq etish orqali ularning
raqamli kompetensiyasini rivojlantirishning nazariy
asoslari va ilmiy tahlillari ko‘rsatib o‘tilgan.
KEY WORDS
Uzluksiz
ta’lim,
pedagogik
ta’lim texnologiya, raqamli
kompetensiya,
zamonaviy
ta’lim, raqamli ta’lim.
Kirish.
O‘zbekiston ta’limi
sohasida bugungi kunga kelib, zamonaviy pedagog
kadrlarning yangi, ilg‘or, xorijiy tajribaga ega, malakali kadrlar bo‘lishini ta’minlashda raqamli
savodxonlik modeli ko‘plab raqamli savodxonlikni bog‘lab turuvchi jamiyat a’zolari o‘rtasida
o‘zaro axborotdan foydalanish, olingan ma’lumotlar orqali boshqa insonlarni xabardor qilish,
iste’molchining olgan ma’lumotiga bo‘lgan ishonchini mustahkamlash,
fundamental
ko‘nikmalardan yuqori, o‘zgaruvchan, insonning shaxsiy ehtiyojini tasvirlaydigan
elementlarni qamrab olmoqda.
XXI asr insoniyatning yangi turdagi axborot jamiyatiga o‘tishida raqamli
texnologiyalarni o‘rni alohida bo‘lib, atrof – muhitni raqamli texnologiya
orqali boshqarish
insonga yengillik taqdim etib kelmoqda. Raqamlashtirish bugungi jamiyatning soha
yo‘nalishlari jumladan madaniyat, ta’lim, turizm,
davlat organi, bank xizmati turlari,
iqtisodiyot yo‘nalishlari kabi soha tarmoqlari raqamlashtirishga o‘tkazilmoqda.