“Gidroliz” so‘zi yunoncha “gidro” — suv, “lizis” — parchalayman degan ma’noni anglatadi.
Tuzlar bilan suv orasida sodir bo‘ladigan reaksiyalar gidroliz reaksiyalaridir. Tuzning dissotsiatsiyalanishidan hosil bo‘lgan ionlarni suv bilan o‘zaro ta’sirlashuvidan kuchsiz elektrolitning hosil bo‘lishi gidroliz deb ataladi.
Toza suv juda ham kuchsiz elektrolit hisoblanib, uning dissotsiatsiyalanish darajasi a = 10 –9 ga teng bo‘ladi. Demak, suv juda ham oz bo‘lsa-da ionlarga ajraladi: H2O H+ + OH–.
Toza suvdagi H+ v a OH– ionlari konsentratsiyasi bir-biriga teng: [H+] = [OH–]. Bunda teng miqdorda H+ va OH– ionlari bo‘lgan eritma neytral muhitli bo‘ladi.
H+ ionlari ortiqcha bo‘lgan eritma kislotali, OH– ionlari ortiqcha bo‘lgan eritma esa ishqoriy muhitda bo‘ladi.
Ayrim tuzlarning suvdagi eritmalari indikatorlar rangini o‘zgartiradi. Demak kimyoviy reaksiya sodir bo‘lgan.
Tuz hosil bo’lishida qatnashadigan kislota va asoslarning kuchli va kuchsiz bo’lishiga qarab mahsulot turi 4 ta bo’lishi mumkun: 1. Kuchli kislota va kuchsiz asosdan hosil bo’lgan tuzlar. 2. Kuchli asos va kuchsiz kislotadan hosil bo’lgan tuzlar. 3. Kuchsiz asos va kuchsiz kislotadan hosil bo’lgan tizlar. 4. Kuchli kislota va kuchli asoslardan hosil bo’lgan tuzlar.
1.Kuchli asos va kuchli kislotadan hosil bo’lgan tuzlar gidrolizlanmaydi, ular suvda eriganda neytral bo’ladi (masalan NaCl, KNO3).
2. Kuchsiz asos va kuchli kislotadan hosil bo’lgan tuzlar (masalan, NH4Cl, CuSO4, ZnCl2) gidrolizi. Bu turdagi gidrolizning mohiyati shundaki, erigan tuz kationi o’ziga suvdan gidroksil ionlarini biriktirib oladi; shu sababli eritmada vodoaod ionlari kontsentratsiyasi ortib ketadi, masalan: