Ufasoft Miner Ushbu dastur ishchi ko’rsatgichlarini sozlash mumkinligi tufayli mutaxassislar orasida ancha ommabop hisoblanadi. Har bir foydalanuvchi, o’z istak-xoxishiga ko’ra, video karta bo’yicha, yadrolar soni bo’yicha



Yüklə 360,31 Kb.
Pdf görüntüsü
tarix06.12.2022
ölçüsü360,31 Kb.
#72639
RAQAMLI IQT- 6-MAVZU





Ufasoft Miner
Ushbu dastur ishchi ko’rsatgichlarini sozlash
mumkinligi tufayli mutaxassislar orasida
ancha ommabop hisoblanadi. Har bir
foydalanuvchi, o’z istak-xoxishiga ko’ra, 
video karta bo’yicha, yadrolar soni bo’yicha, 
oqimlar bo’yicha va pu’llar manzillari
bo’yicha o’zgartirishlar kiritishi mumkin. 


BFG Miner 

Bu dasturda esa foydalanuvchilar
qo’l rejimida pullarni sozlashi va
komp’yuter ventilyatorining
tezligini boshqarishi mumkin. 


Phoenix 

Ushbu dastur juda samarador ishlaydiganlar
qatoriga kiradi va ish unumdorligini 20% gacha
ko’tarish imkonini beradi. Dasturni yuklash uchun
kriptovalyuta mayningiga mutaxassislashgan
saytlarining biriga kirish yoki shunday tematik
forumlarga kirish talab etiladi. 


Solo-mayning

jarayoni virtual pullarni mustaqil ravishda topishini anglatadi. 
Ammo, yuqorida ko’rsatib o’tilganidek, bu ish xozirgi davrda
ancha murakkab bo’lib qoldi va uni yo’lga qo’yish uchun
professoionalizm hamda yaxshigina investitsiya talab etiladi. 
Albatta ko’pchilik insonlar bunday miqdorda pul mablag’lariga
ega emas, shuning uchun ham maynerlar “pu’l” deb atalmish
guruhlarga birlashib ish yuritadilar. 


RDP-mayning
Bulutli deb nomlangan texnologiyalarning keng miqyosda ishlatilishi
kriptovalyutalar topishning RDP-mayning kabi kolletivizmga
asoslangan turlari paydo bo’lishiga olib keldi. Uning quyidagi ijobiy
tomonlari mavjud: 

Juda qimmat turadigan mayner qurilmalarini sotib olishning shart emasligi; 

Hisoblash quvvatlarini arzonga ijaraga olish yoki ularni doimiy ishlatish
uchun qo’lga kiritish; 

Mayninglik faoliyatini kam mablag’ sarf qilgan xolda amalga oshirish; 

Kriptovalyutalarning RDP-mayning usuli kapital qo’yilmalarni asta-sekin
ko’paytirishni ko’zda tutadi. Pullarni bosqichma-bosqich ko’paytirish yoki
olingan dividentlarni reinvestitsiya qilish ham mumkin. 


Xozirgi davrdagi asosiy kriptovalyutalarning
qisqacha tavsifi quyidagi jadvalda keltirilgan: 


LTC (http://litecoin.org) - Litecoin

Ushbu kriptovalyuta ommaviyligi jihatidan ikkinchi o’rinda
turadigan kriptovalyutadir. Unda bloklar har 2,5 daqiqada
generatsiya qilinadi va unda 84 million pul birligi mavjud. 
Tizimning murakkabligi har bir 2016 blokda o’zgarib turadi (3,5 
kunda) va har bir blok uchun mukofotlanuv – 50 LTC har 840 000 
blokda ikki barobar kamayadi. Xeshlashtirish algoritmi «scrypt» 
turiga mansub. 


NMC (http://namecoin.info) - Namecoin

Namecoin kriptografik jihatdan himoyalangan va .bit deb nomlangan
domen zonasida ishlash uchun yaratilgan. Ushbu «valyuta» Bitcoin 
kontseptsiyasiga asoslangan bo’lib, u bilan bir xilda hisoblanilishi
mumkin. Pullarning o’zi .bit zonasidagi domenlarni qayd qilishga
asoslangan. Bitcoin kriptografik tizimchasi tufayli bunday domenlar
ularning egalaridan boshqalar tomonidan o’zgartirishga qarshi
himoyalangan. Ammo DNS-serverni o’z shaxsiy kompyuterida ko’rib
chiqish imkoniyati har bir ishtirokchi uchun mavjud. 


NVC (http://novacoin.org) - Novacoin

Novakoin tizimini yaratishdan asosiy maqsad PPCoin larning
afzalliklarini yana bir marta qaytarish bo’lgan. Ammo bunda uning
juda ham katta emissiya xajmi kabi kamchiliklaridan qutulishga
harakat qilingan. NVC o’zida xeshlashtirish algoritmi sifatida Scrypt
funktsiyasidan foydalanadi. Emissiyaning chegaraviy tezligi 100 
martagacha kamaytirilgan, murakkablik oshishi bilan
mukofotlanishning kamayish tezligi esa qiyaligi biroz kamroq bo’lgan
chiziq ko’rinishida amalga oshirilgan


RUC (https://www.rucoin.org) - Rucoin

Ushbu kriptovalyuta tangalarni scrypt hamda sha256d sxemalari
orqali generatsiya qiladi. Tarmoqning xakerlar xujumidan
himoyalanish kattaligi 51% ga teng bo’lib, u mayningda
generatsiya qilingan bloklarning katakchalari nomi bilan amalga
oshirilgan. 


Yüklə 360,31 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin