14-MA’RUZA
ULOQTIRUVCHI PORTLATISH YORDAMIDA HAR XIL
GRUNTLARDA CHUQURLIKLAR HOSIL QILISH USULLARI.
Kam
xarajatli
va
portlovchi
modda
zaryadlarini
initsiyalashning
ishonchliligini oshiruvchi uloqtiruvchi transheya zaryadlarini hosil qilishning
samarali usullarni ishlab chiqish uchun transheyali zaryad hosil qilishda uzluksiz
rejimda ishlovchi ETS-252 markali ekskavator yordamida transheya qazilib
portlovchi modda bilan zaryadlanadi. Portlovchi modda zaryadini initsiyalash
uchun oraliq detonatorlar o‘rnatiladi va detonatsiyalovchi shnur ulangandan so‘ng
transheyaning ustki qismi zaboyka qilinadi va portlatish ishlari amalga oshiriladi.
Bunda portlovchi modda zaryadi qatlamlar ko‘rinishda joylashtiriladi. Dastlab
qoplarga joylashtirilgan portlovchi modda zaryadi transheya tubiga joylashtirilib
uning ustidan qadoqlanmagan (sochma) (rossыpnoy) portlovchi modda zaryadi
joylashtiriladi. Bunda zaryadni initsiyalovchi oraliы detonatorlar qadoqlanmagan
(sochma) portlovchi modda qatlamiga joylashtiriladi. Sochma portlovchi modda
zaryadining qalinligi 0.1-0.2 m ni tashkil qiladi. Ushbu sxema quyidagi 16.1
rasmda ko‘rsatilgan
a) bo‘ylama kesimi b) ko‘ndalang
kesimi
16.1-rasm. Transheyali portlovchi modda zaryadi konstruksiyasini hosil
qilish usuli.
1-Qoplarga joylashtirilgan portlovchi modda zaryadi qatlami; 2-Detonatsiyalovchi
shnurlar; 3-Sochma portlovchi modda zaryadi qatlami; 4-oraliq detonatorlar; 5- zaboyka; 6-grunt
yordamida er yuzasida hosil qilingan qoplama (obvalovka).
Mazkur usulda uloqtiruvchi transheyali zaryadni hosil qilish quyidagi tartibda
amalga oshiriladi:
Transheya tubiga qoplarga joylashtirilgan portlovchi modda (masalan
granulit) qatlami -1 joylashtiriladi, uning ustidan kamida 2 ikki qator DSH tortilib,
uning ustidan qalinligi 0.1-0.2 m bo‘lgan sochma portlovchi modda qatlami -3
joylashtiriladi. Uning ustidan yana qoplarga joylashtirilgan portlovchi modda,
DSH va sochma portlovchi modda qatlamlari joylashtiriladi va h.k.
Bunda qatlam 3 ga oraliq detonatorlar 4 joylashtiriladi. Oraliq detonator
sifatida qoplarga joylashtirilgan og‘irligi 40 kg dan bo‘lgan ammmonit №6JV
portlovchi moddasidan foydalaniladi. SHundan so‘ng zaryad usti zaboyka 5
qilinadi va er yuzida qoplama (obvalovka) 6 qilinib portlatish ishlari amalga
oshiriladi.
Yuqori namlikdagi sharoitlarda transheyalarni o‘tishda sochma portlovchi
modda qatlamida bir biridan 15 m masofada qo‘shimcha detonatorlar ham
o‘rnatiladi.
Yuqoridagi usul yordamida transheyaning loyihaviy profiliga qo‘shimcha
ishlarsiz erishish mumkin.
Bunda portlovchi modda zaryadi qatlamining qalinligi va zaryad qatlamlari
soni hosil qilinayotgan transheya chuqurligiga bog‘liq holda aniqlanadi.
Yuqori namlikdagi sharoitlarda yuqoridagi konstruksiyani biroz o‘zgartirishga
to‘g‘ri keladi. CHunki odatdayuqoridagi usul yordamida transheya zaryadini hosil
qilishda portlovchi modda zaryadi transheyada 10 kundan 30 kungacha qolib
ketadi va buning natijasida nam tortib qolishi mumkin. Buning oldini olish uchun
portlovchi modda zaryadi qatlami polietilen plenkasi bilan o‘ralib portlovchi
moddaning nam tortib qolmasligai ta’minlanadi. Ushbu usulda uloqtiruvchi
transheya zaryadini hosil qilish uchun dastlab transheya tubiga polietilen plyonkasi
joylashtiriladi. Ushbu sxema quyidagi 16.2 rasmda ko‘rsatilgan.
a) bo‘ylama kesimi b) ko‘ndalang kesimi
16.2-rasm. YUqori namlikka ega bo‘lgan sharoitlarda transheyali
portlovchi modda zaryadi konstruksiyasini hosil qilish usuli.
1-Qoplarga joylashtirilgan portlovchi modda zaryadi qatlami; 2-Detonatsiyalovchi
shnurlar; 3-Sochma portlovchi modda zaryadi qatlami; 4-oraliq detonatorlar; 5- polietilen
plenkasi; 6-grunt yordamida er yuzasida hosil qilingan qoplama (obvalovka).
Bunda polietilen plyonkasining kengligi quyidagi formula yordamida
aniqlanadi:
L=3h , m;
(16.1)
Bunda: h- transheya zaryadining balandligi, m.
Suvli sharoitlarda uloqtiruvchi transheya zaryadi konstruksiyasi quyidagi
tartibda amalga oshiriladi.
Transheya tubiga gidroizolyasiya uchun polietilen plyonkasi 1 joylashtirilib,
uning ustidan sochma portlovchi modda zaryadi joylashtiriladi va uning ustidan
kamida ikki qator DSH 3 tortilib har 50 m da oraliq detonatorlar 4 joylashtiriladi
va uning ustidan yana sochma portlovchi modda zaryadi qatlami joylashtirilib
polietilen plyonkasi zaryad uski tomonidan mahkam o‘rilib yopiladi. SHundan
so‘ng zaboyka qilish va qoplama (obvalovka) hosil qilish va portlatish ishlari
amalga oshiriladi. Bunda oraliq detonatorlar sifatida qoplangan ammmonit №6 JV
yoki har birining og‘irligi 500 gr bo‘lgan trotil shashkalari qo‘llanilishi mumkin.
a) bo‘ylama kesimi b) ko‘ndalang kesimi
16.3-rasm. Suvli sharoitlarda transheyali portlovchi modda zaryadi
konstruksiyasini hosil qilish usuli.
1-Polietilen plyonkasi; 2-Sochma portlovchi modda zaryadi qatlami; 3-detonaziyalovchi
shnurlar; 4-oraliq detonatorlar; 5- zaboyka; 6-grunt yordamida er yuzasida hosil qilingan
qoplama (obvalovka).
Dostları ilə paylaş: |