Umar al-Xayyom 1048 yil 18 mayda Nishopur shahrida chodir tikuvchi kosib oilasida dunyoga kelgan. Uning «Xayyom» laqabi xam otasining chodir tikuvchilik hunariga monanddir
Umar al-Xayyom 1048 yil 18 mayda Nishopur shahrida chodir tikuvchi kosib oilasida dunyoga kelgan. Uning «Xayyom» laqabi xam otasining chodir tikuvchilik hunariga monanddir. Umar Xayyom Buxoro va Samarkand shaharlarida yashab, ta’lim olgan, ijod qilgan. Umar Xayyom Nishopur, Balx, Buxoro shaharlarida o’qiydi. Rivoyatlarga qaraganda Saljuqiylar vaziri Nizomulmulk unga Nishopur hokimligini taklif qiladi. Lekin Umar Xayyom bunga rozi bo’lmaydi. U 1074 yildan boshlab Isfaxon rasadxonasi ishlariga rahbarlik qilib, matematika, astronomiya sohasida tadqiqotlar olib boradi. Uning matematika, falakiyotshunoslik, falsafaga oid bir qancha asarlari va kashfiyotlari ma’lum. Masalan, 1077 yilda u yunon olimi Evklid kitobiga sharh yozib, butun sonlarning ildizini topish yo’llarini ko’rsatib beradi. 1079 yilda Xayyom yangi isloh qilingan kalendar ishlab chiqaradi. Bu kalendar Yevropada undan 500 yil keyin qabul qilingan va hozirgi vaqtgacha qo’llanilayotgan Grigorian kalendaridan ham aniqroq bo’lgan. Shuningdek uning «Risolatul-kavn vat-taklif» («Koinot va uning vazifalari»), «Risola fil-vujud» («Borliq haqida risola»), «Risola fi kulliyati vujud» («Borliq umumiyligi haqida risola») kabi asarlari ham mashhurdir. Umar Xayyom o’zini sira ham shoir deb hisoblamagan. Ruboiylarini ilmiy izlanishlardan charchagan paytida turli dafgarlarning hoshiyasiga bitgan. Qismat o’yinini qarangki, olim o’z umrining asosiy qismini sarflagan fanning turli sohalaridagi buyuk kashfiyotlari bir chekkada qolib, u ikkinchi darajali hisoblagan ruboiylari Xayyom nomini dunyoga taratdi. Umar Xayyomni dunyoga mashhur qilgan uning ruboiylaridir. Umar Xayyom shoir bo’lmagan, lekin hayot haqida ba’zi mulohazalarini 4qatorlik she’r qilib qog’ozga tushirib qo’yavergan. XVIII asrga qadar uning ruboiylari haqida tadqiqotlar olib borilmagan. U haqda dastlab Oksford universiteti professori Tomas Gayd, undan so’ng Fon Gomer Birgestel va Meme Nikoloslar tadqiqot olib borishgan. 1859 yili ingliz shoiri va tarjimoni Edvard FitzJerald Umar Xayyomning 70 ruboiysini tarjima qilib e’lon qilgandan so’ng, bu she’rlar juda mashhur bo’lib ketgan va ingliz tilidan jahonning boshqa tillariga ham tarjima qilingan. Xayyom ruboiylarining soni turli ma’lumotlarda 11 tadan 1200 tagacha ekanligi aytiladi. Xayyomga nisbat beriladigan ruboiylarni u yozganligiga ham turli shubhalar mavjud. Ayniqsa, zamondoshlari «katta ilm egasi, mutaffakir, taqvodor zot edi» deb ulug’lagan shoirning mayxo’rlik, yengil hayot, aysh-ishrat, kufr, dahriylik mavzularidagi ruboiylari ishonchsizdir. Bunday ruboiylar Islomga qarshi ba’zi toifalar tomonidan ataylab to’qib chiqarilgan, degan ma’lumotlar bor. Hatto Londonda saqlanayotgan Umar Xayyom ruboiyoti qo’lyozmasi ham soxta ekanligi aniqlangan. Umar Xayyom ruboiylari kirib bormagan o’zbek xonadoni bo’lmasa kerak. Uning falsafiy mazmuni teran va badiiy jihatdan pishiq ruboiylari atoqli mutarjim SH. Shomuhamedov tarjimasida bir necha marta nashr etilgan. Keyinchalik J. Kamol shoir ruboiylaridan bir qanchasini o’z aruziy vazni bilan o’zbek tiliga o’girdi. Avval tafakkurda tug’ilib, keyin qalb qo’riga yo’g’rilgan Umar Xayyom ruboiylari, bir so’z bilan aytganda, Olam va Odam haqida. Shoir dunyo evrilishlariga donishmandona bosiqlik, taassuf aralash loqaydlik bilan qaraydi: dunyoni o’zgartirishki qo’lingdan kelmas ekan, uni deb qayg’urish behuda. Uning uchun tug’ilish va o’lim, yaxshilik va yomonlik, halol va harom — bir xil: hammasi o’z tabiiy qonuniyatiga asoslanadi. Dunyoviy falsafa vakili sifatida Xayyom dunyoni aql elagida elaydi — Olam va Odam muammosini umumfalsafa mezoni bilan o’lchaydi. Shu ma’noda, Xayyom ijodida biz odamdan ham, olamdan ham ustun turadigan — dunyoni qamrab oladigan shafqatsiz falsafaga duch kelamiz. Lekin farang faylasufi Laroshfuko: «Falsafa o’tmish va kelajak kulfatlari ustidan tantana qiladi, lekin bugunning qayg’usi falsafa ustidan tantana qiladi», — degani kabi Umar Xayyom ruboiylari ham buyuk mutafakkirning falsafiy mezonlariga bo’ysunmagan, ularni yorib chiqqan zalvorli fikrlar po’rtanasi, beorom qalbiga sig’magan otashin tuyg’ular silsilasidir. Agar shunday bo’lmaganda, Xayyomning isyonkor she’riyati ham dunyoga kelmas edi.Buyuk olim, astronom Umar Xayyom 1122 yili Nishopurda vafot etadi.
Umar Hayyom. Sharqning eng yirik rasadxonalaridan bo’lgan Isfahon rasadhonasini 1076 yili Umar Hayyomning iltimosiga ko’ra Malikshoh qurdirgan edi. Olim bu rasadxonada olib borilgan ko’p yillik kuzatishlari natijasida o’zining «Malikshoh ziji» asarini yozadi.
Umar Hayyom xronologiya faniga qo’shgan katta hissasi kalendar islohotiga tegishlidir. Malikshoh Umar Hayyomga yil boshi Navro’z bahorgi teng kunlik bilan mos tushadigan yangi kalendar topshiradi. Umar Hayyom bu davrda qo’llanib kelingan mashhur Yulian kalendarining xatosi 128 yilda bir kunga teng ekanligi va bu xatoni takrorlamaslik uchun yangi kalendarning yillarini yangi kombinatsiyada tuzishni taklif qiladi. Yangi kalendar loyihasiga ko’ra, har o’ttiz uch yillik davrning dastlabki yigirma sakkiz yilida kabisa yillari xuddi kalendaridek etti kabisa yildan, sakkizinchi kabisa yili esa odatdagidek uch yildan so’ng emas, to’rt yildan so’ng beshinchi yili qabul qilinadigan bo’ldi. Natijada, Umar Hayyom kalendarning yil uzunligi 365 sutka 5 soat 49 minut 5,5 soniyaga teng bo’ldi. Ayni vaqtda Umar Hayyom kalendarining xatoligi aniqlangan
bo’lib, u 19,5 soniyani tashkil etdi. Bu kalendardagi xatolik 4500 yildagina bir sutkani tashkil qiladi demakdir. Mazkur natija kalendar qanchalik mukammal tuzilganligidan dalolat beradiю Umar Hayyom kalendari Malikshoh tomonidan 1079 yil (hijriy kamariy 471 yil)da qabul qilindi. Umar Hayyom kalendari Eronda XIX asrning o’rtalariga qadar ko’llanilgan. Bu kalendar Umar Xayyom kalendari deyilishi bilan barga Malikshoh sharafiga «Jaloliy kalendari» deb ham yuritilgan. Uning xronologiya faniga oid yana bir mashxur asari «Navro’znoma»dir. Asarda quyosh kalendari tarixi batafsil bayon qilinadi. Navro’z kunining qanday belgilangani, qanday nishonlangani to’g’risida ma‘lumotlar hamda oy nomlarining lug’aviy ma‘nosini ham beradi.1 Umar Hayyom boshchiligidagi hay‘at yangi yilni bahorgi tengkunlikdan boshlaydi va buning uchun kabisa yili tanlab olinadi. Bu kalendarda ham Yazdigird yil hisobidagi kabi bir yil 12 oyga bo’linadi va har bir oy 30 kundan iborat bo’ladi. Bu kalendarda Yazdigird kalendaridan farqdi o’laroq kabisa yiliga 6 kun ham qo’shilgan. Kalendarda har 33 yil bir davr (sikl) hisoblangan. Unda har o’ttiz uch yilda sakkiz marta kabisa yili kelgan. Bunda kabisa kuni etti marta to’rtinchi yil oxiriga, sakkizinchi kabisa kuni esa beshinchi kabisa yili oxiriga qo’shilgan. Bu kalendar xijratning birinchi yili (622 yil) dan boshlab hisoblanadi. Kalendarning tatbiq etilgan kuni hijriy 471 yil 10 ramazon, (Yazdigir hisobi bo’yicha 448 yil 19 fevraldin) milodiy 1079
yil 16 martga to’g’ri keladi. Ushbu sana hijriy-shamsiy hisobi bo’yicha 458 yilning
birinchi boshlanish kuni - bahorgi tengkunlik kuni (Navro’z) bo’ldi. Bu kalendar saljuqiylar sultoni Jaloliddin Malikshoh nomi bilan Jaloliy kalendari deb nom oldi. Umar Xayyom kalendari dunyoda bugungi kungacha yaratilgan mukammal kalendarlardan biri hisoblanadi. Unda xatolik bir sutkaga etish uchun 4500 yil kerak bo’ladi. Bu esa kalendarning anikdik darajasi qanchalik yuqori ekanligini ko’rsatadi. Jaloliy (Umar Hayyom) kalendari XIX asr o’rtalarigacha Eronda qo’llanildi. Keyinroq hijriy-shamsiy kalendari isloh etilib, oylarning kun mikdori burj oylarining kun miqdoriga to’g’rilanadi. Shu vaqtdan boshlab hijriy-shamsiy kalendarida qadimgi Eron oylarining nomi ham qo’llanila boshlandi. 1 1925 yilning 21 martida Eronda yangi Quyosh hijriy kalendari joriy etildi.Bu kalendarning erasi hijriy, ya‘ni 622 yilning bahorgi tengkunligidan boshlanib, oddiy va kabisa yillarining uzunliklari 365 (366) kundan har yilning 12 oyidan dastlabki olti oyi 31 kundan, keyingi beshtasi esa 30 kundan va oxirgi o’n ikkinchi oyi oddiy yillari 29, kabisa yillari esa 30 kundan edi. Ayni vaqtda Eronshshg rasmiy kalendari hisoblangan bu kalendarda oylar, Qadimgi Yazdigard III kalendaridagi oylar nomi bilan ataladi. Ushbu kalendarda kunlar sonining yuqoridagidek taksimlanishi tasodifiy bo’lmay, Quyoshning yillik ko’rinma harakatini o’ziga aks ettiradi.