4-variant
Sirtqi bo’lim talabalari uchun “Umumiy psixologiya” fanidan sessiya oralig`i nazorat ishi topshiriqlari
1 – topshiriq. Berilgan savollarga yozma tarzda javob tayyorlang
Emotsiya psixologiyasining nazariy yondashuvlari
Emotsional holatlari
Emotsional reaksiyalarning neyrofiziologik va bioximik asoslari. Har xil modallikdagi emotsiyalar tavsifi
1 – topshiriq. JAVOBLAR:
1. Emotsiya psixologiyasining nazariy yondashuvlari. Hissiyot bu odamning yuksak ehtiyojlarni qondirish yoki qondirilmaslik qobiliyatining mavjudligi va psixik obraz yarata olish natijasida uning tevarak atrofdagi olamga bo’lgan munosabatlarining ongda aks ettirilishidan iborat jarayon. Inson umri davomida borliqdagi narsa, kimsa, voqea va hodisalarga o’zining ijobiy yoki salbiy munosabatini bildiradi bu uning hissiy kechinmalari bo’lib emotsiya orqali namoyon qiladi. Emotsiyasiz inson mavjud emas, har birimizda emotsiya mavjud. Emotsiya kundalik hayotimizni va tajribamizni boyitadi. Hissiyotlar ruhiy jarayonlarning eng muhim tomonlaridan birini tashkil qilib, inson tomonidan borliqni his qilishni xarakterlaydi. Hissiyotlar 2 xil vazifani bajaradi. Bular signal va boshqaruvdir. Signal bizga tashqi muhitdan ta’sir ettirilgan stimul vazifasini bajaradi va biz signalni sezgilarimiz orqali qabul qilamiz. Shu orqali biz ta’surotlarni farqlaymiz va muvofiq ravishda emotsiyamizni ma’lum qilamiz. Shuning bilan birga emotsional reaksiya mavjud bo’lib u quyidagicha tafsiflanadi. Emotsional reaksiyalar yuzaga kelayotgan kechinmalarni, ularni chaqiruvchi tashqi holatlarga bog’liqligi bilan xarakterlanadi. Bunda reaksiyalar bizning borliqqa qanday ko‘z bilan qarashimizga bog‘liq. Kishilar idrok qilayotgan (ko’rayotgan, eshitayotgan), bajarayotgan, o‘ylayotgan, orzu qiladigan narsalarga befarq bo‘lmaydilar. Bir xil predmetlar, shaxslar, harakatlar, voqealar bizni quvontiradi, boshqalari xafa qiladi, yana boshqalari g‘azab-nafratimizni uyg‘otadi. Biz xavf ostida qolganimizda qo‘rquvni his qilamiz. Dushman ustidan g‘alaba qozonish yoki qiyinchilikni yengish bizda zavq uyg‘otadi. Odamlarning o‘zi bilayotgan va bajarayotgan narsaga munosabatini boshdan kechirishi his –tuyg’ular (yoki emotsiyalar) deyiladi. His – tuyg‘ularning manbai biz idrok qiladigan, ish ko‘radigan predmetlar va hodisalarning xususiyatlari vujudga keltiradigan ehtiyojlar, intilishlar, istaklardir. Bizning faoliyatimizni (mehnat, o‘qish, o‘yin) uning muvaffaqiyati va mag‘lubiyatini ham his – tuyg‘ular uyg‘otadi. Hissiyot voqelikni aks ettirilishidir. Odam ayni bir paytda tirik organizm va jamiyat a’zosi bo’lishi bilan birga, o’z miyasida alohida shaxs sifatida, ayrim ob’ektlar bilan qiladigan ob’ektiv munosabatlarni aks ettiradi. Odam miyasida olamning aks ettirishni ana shunday o‘ziga xos tomoni hissiyot sohasi yoki inson shaxsining emotsional tomoni hisoblanadi. Hissiyot odam miyasida uning real munosabatlarining, ya’ni ehtiyojlar sub’ektining uning uchun ahamiyatli bo‘lgan ob’ektlar bilan bo‘lgan munosabatlarning aks ettirilishidir. “Hissiyot” tushunchasini faqat tirik mavjudotlar miyasida ularning ehtiyojlarini qondiradigan va qondirishga qarshilik qiladigan ob’ektlarga bo‘lgan munosabatlarni aks ettirish haqida gap ketganda qo‘llash mumkin. Belgilari xususan, yaqqol namoyon bo`ladigan, hissiyotlarning ichdan kechirishdan iborat bo‘lgan ruxiy jarayon sodir bo`lishining konkret shaklinigina emotsiya deb ataladi. Masalan, vatanparvarlik, muhabbat, javobgarlik hissini emotsiya deb bo‘lmaydi.Chunki ularni biz tashqi tomondan ko’rolmaymiz his qilolmaymiz, bular hissiyot bo’lganligi tufayli faqatgina ichki dunyo orqali his qila olamiz. Ammo affektiv holatda emotsiyani yaqqol sezamiz. Affekt bu – tashqi yoki ichki omillar ta’siriga javoban paydo bo‘luvchi, somatovegetativ ko‘rinishlar bilan namoyon bo‘luvchi, qisqa muddatli, kuchli musbat yoki manfiy emotsiyadir. Shu bilan bir qatorda “Patalogik affekt” ham mavjud. Patalogik affekt – to‘satdan, intensiv ruhiy jarohatga javoban yuzaga keluvchi, ongning jarohatlovchi kechinmalarga konsentratsiyasidir. Ko‘pchilik uchun qiziq va muhim hisoblangan hissiy-emotsional holat bu stressdir. Stress – organizmning noospetsifik reaksiyasidir, har qanday noxush ta’sirga javoban umumiy moslashuv sindromi. Stress - jiddiylik holati. Keskin vaziyat sababli yuzaga keladigan emotsional holatlar stress yoki jiddiylik holati deb ataladi. Stress - turli jismoniy va aqliy ishlar haddan oshib ketib, xavfli vaziyat tug‘ilgan paytlarda, zaruriy choralarni tezlik bilan topishga to‘g‘ri kelganda vujudga keladigan harakatdir. Stress holatining paydo bo‘lishi va o’tishining psixologik xususiyatlarini bilish uchuvchilar, kosmonavtlar, elektrostantsiya operatorlari, dispetcherlar, mashinistlar, haydovchilar, sudyalar, korxona rahbarlari, o‘quvchilardan imtixon oladigan pedagoglar va boshqalar uchun ham muhimdir. Odam tashqi muhitdagi turli-tuman narsa va hodisalarni idrok qilar ekan, hech vaqt bu narsalarga batamom befarq bo‘lmaydi. Odamning aks ettirish jarayoni doimo faol xarakterga egadir. Aks ettirish jarayoni quyidagilarni qamrab oladi:
a) shaxsning ehtiyojni qondirish imkoniyatiga egaligini;
b) qondirishga yordam beradigan yoki qarshilik ko‘rsatadigan ob’ektlarga sub’ekt sifatida qatnashishi;
v) uni harakat qildiruvchi bilimga intiltiruvchi munosabatlar va hokazo.
Chunki odam atrofidagi har turli narsalarni idrok qilib aks ettirar ekan, bu narsalarga nisbatan ma’lum munosabatda bo‘ladi. Masalan, bizga ayrim narsalar yoqsa, ya’ni kayfiyatimizni ko‘tarib yuborsa, boshqa bir narsalar yoqmaydi va kayfiyatimizni buzib, dilimizni xira qiladi. Ba’zi bir ovqatni odam juda ham yoqtiradi, boshqa bir ovqatni esa mutlaqo ko‘rgisi kelmaydi yoki ayrim odamlar bizga xush keladi yoki boshqa bir odamlar esa noxush keladi. Umuman odam atrofidagi hamma narsalarga nisbatan munosabatda bo‘ladi va uning munosabatlari ham aks ettiriladi.Kishilar idrok qilayotgan, ko‘rayotgan, eshitayotgan, bajarayotgan, o‘ylayotgan, orzu qiladigan narsalarga befarq bo‘lmaydilar. Bir xil predmetlar, shaxslar, xarakterlar, voqealar bizni quvontiradi, boshqalari xafa qiladi yana boshqalari g‘azab, nafratimizni uyg‘otadi. Biz xavf ostida qolganimizda qo‘rquvni his qilamiz, dushman ustidan g‘alaba qozonish yoki qiyinchilikni engish zavq uyg‘otadi.
Hissiyot bizning tuyg‘ularimizning o‘ziga xos aks ettirish jarayoni bo‘lib, bunda narsa va hodisalarni aks ettirish jarayonida bizda tug‘iladigan ichki kechinmalar va munosabatlar aks ettiriladi. Demak, hissiyotlar o‘z- o‘zidan yuzaga kelmasdan, tashqi olamdagi narsa va hodisalarning ta’siri bilan bog‘liq ravishda yuzaga keladi.
Dostları ilə paylaş: |