Union intersect, va minus standart so’zlaridan foydalanish. Ishdan maqsad: Berilgan predmet soha malumotlar bazasidan foydalanib union intersect va minus standart so’zlaridan foydalanishni o’rganish.
Ushbu so’rovda union operatoridan foydalanib ikkita jadvaldagi turli xil ustunlar bir biriga birlashtirildi yani xodimlar jadvalidan lavozim ustuni va maxsulotlar jadvalidan nom ustini bir biri bilan birlashtirilgan.
Intersect operatori turli jadvallardagi oxshash ustunlardan olingan malumotlar kesishmasini chiqarish uchun ishlatilinadi, lekin ushbu operator ishlamaganligi sababli inner join va using kalit so’zlaridan foydalanildi.
Minus operatori to’plamlarni ayirmasini hisoblash uchun mo’ljallangan operator hisoblanib lekin ushbu operator ishlamaganligi sababli left join operatoridan foydalandim.
Standart funksiyalardan foydalanib so’rovlar yaratish. Ishdan maqsad: Berilgan predmet soha malumotlar bazasidan foydalanib standart funksiyalar asosida so’rovlar yaratishni o’rganish.
Ushbu so’rovda lower() va upper() standart so’zlaridan foydalanildi. Upper() buyrug’I jadvalning berilgan ustun nomini katta harflar yordamida ifodalash uchun lower() buyrug’I esa berilgan ustunni kichik harflar bilan ifodalash uchun ishlatilinadi.
Lpad() standart so’zidan foydalanish keltirilgan ushbu jadvalda qisqartma deb nom berilgan ustunda ushbu so’rov natijasini ko’rishimiz mumkin.
Ushbu so’rovda Rpad() standart sozidan foydalanilgan va undan chiqqan natijani qisqartma deb nomlangan ustunda aks ettirilgan.
Ushbu so’rovda length() funksiyasidan foydalanilgan ushbu funksiya berilgan ustundagi qiymatlarning uzunligini aks ettiradi.
Left() funksiyasining ishlatilishi korsatilgan ushbu so’rovda email ustunidan chapdan 9 ta elemntni aks ettrish uchun foydalanilgan.
Ushbu so’rovda esa right() funksiyasi yordamida email ustunidagi malumotlarni o’ngdan 9 tasini chop etishda foydalanilgan.
Agregat funksiyalardan foydalanish. ishdan maqsad: Berilgan predmet soha malumotlar bazasida agregat funksiyalardan foydalanishni o’rganish.
Sum() matematik funksiyasidan foydalanib berilgan ustundagi barcha qiymatlar qo’shiladi va ushbu so’rovda idlarning yeg’indisi aks ettirilgan.
Ushbu so’rovda avg() yani o’rtacha qiymat chiqarish funksiyasidan foydalanilgan va maxsulotlar jadvalining id ustunini o’rtacha qiymati chiqarilgan.
Ushbu so’rovda min() funksiyasi yordamida eng birinchi berilgan buyurtma firstOrder ustunida aks ettirilgan.
Ushbu so’rovda max() funksiyasidan foydalanib eng ko’p qilingan buyurtmaning sonini ko’rishimiz mumkin.
Count() so’rovidan foydalanilgan ushbu so’rovda maxsulotlar sonini sanash uchun count() funksiyasidan foydalanildi.
Ushbu sorovda rand() funksiyasi yani tasodifiy sonlar bilan to’ldirish amalidan foydalanilgan va narxlar ustuniga so’rovning natijasi aks ettirilgan.
Ushbu so’rovda round() yani yaxlitlash funksiyasidan foydalanilgan. Va maxsulot narxini uning id raqamiga bo’lib chiqqan natijani (nuqta) dan keying 3 xonagacha yaxlitlangan.
Belgilangan oraliqdagi barcha malumotlarni aks ettirish uchun between kalit so’zidan foydalanish mumkin.
Ushbu so’rovda mid() funksiyasidan foydalanib xodimlar jadvalining ism ustunidagi elementlarning boshidan 2 ta harfini aks ettirilgan 2 ustunda esa shu bosh harflarning to’liq ismi keltirilgan.
Bir nechta jadvallarni birlashtirish JOINlar bilan ishlash. Ishdan maqsad: Berilgan predmat soha malumotlar bazasidan foydalanib bir nechta jadvallarni birlashtirishni o’rganish, va joinlar bilan ishlash.
Ushbu so’rovda inner join va on kalit so’zlaridan foydalanib xodimlar va mijozlar jadvallaridagi ismi ustuni bir xil bo’lgan barcha malumotlar aks ettirilgan.
Ushbu so’rovda left join standart buyrug’I yordamida xodimlar ustuniga mijozlar ustuni qo’shildi va shartni qanoatlantirgan mijozlar ustunidagi malumotlat ham chop ettirildi. Shartlar qanoatlanmagan xolda mijozlar jadvali bo’sh qoladi va ularda null qiymatlar chop etilgan.
Right join buyrug’idan foydalanilgan ushbu so’rovda left joinda berilgan shart asosida right join amali bajarildi va shartni bajarmagan xodimlar ustunlarida null qiymatlar chop etildi.
Ushbu so’rovda cross join amalidan foydalanildi va jadvallar bir biriga berilgan shart asosida birlashtirildi.