Unutish deb, esga tushirishda ana shu tariqa qiynalib qolishni, shuningdek, zarur bo'lgan narsani shu onda esga tushira olmas- likni tushunamiz. Unutilgan deb, esda saqlanib qolmagan narsani emas, balki shu paytda esga tushira olmagan, esga tushish uchun qulay sharoit mavjud bo'lmagan narsani aytamiz. Shuning uchun, unutish — esda saqlashning aksi bo'lgan jarayon bo'lmay, balki esga tushirishning aksi bo'lgan jarayondir. U nutishning nerv-fiziologik asosi m uvaqqat bog'lanishlarning tormozlanishidir.

Unutish darajasi har xil bo'ladi. Materialni tamom yoki qisman unutish mumkin, ya’ni material butunlay esdan chiqib ketadi yoki uning faqat bir qismi unutiladi.

Material tez orada yoki birmuncha vaqtdan keyin unutilishi mumkin. Biror narsa ancha vaqtgacha unutilib turilishi mumkin, ya’ni bir narsani ancha vaqtgacha xotiraga keltira olmay turishimiz mumkin. Odatda, unutish vaqtincha bo'ladi, biz shu paytda zarur bo'lgan bir narsani darrov eslay olmaymiz, ammo bir necha vaqtdan keyin u esimizga tushadi. Bu hodi- saning sababi shuki, uzoq vaqt bir ish bilan mashg'ul bo'lganda miya po'stining tegishli nerv hujayralarida charchash yuz beradi va charchash haddan oshishi natijasida nerv hujayralarida ehtiyot yuzasidan saqlovchi tormozlanish paydo bo'ladi va vaqtincha esdan chiqarish ro'y beradi. Bir necha vaqt o'tgandan keyin charchash tugaydi, dam olgan nerv hujayralari normal ishlay boshlaydi va vaqtincha unutilgan narsa esga tushishi mumkin bo'ladi.