Ushbu amaliyot avvalida, men professor-o’qituvchilar dars mashg’ulotlarini kuzatishdan boshladim



Yüklə 11,1 Kb.
tarix21.06.2023
ölçüsü11,1 Kb.
#133444
1 semestr


Men Xolboyeva Dilshoda 2021-2022- o’quv yillari uchun mo’ljallangan magistrlik faoliyatim davomida ushbu o’quv yilining I semestr ( dekabr va fevral oylari uchun) ishlab chiqilgan “Ilmiy-pedagogik ish dasturi” bo’yicha bir qator amaliyotlarni o’tadim. Jumladan, amaliy, seminar va ma’ruza mashg’ulotlarini kuzatib, ularni tahli qildim hamda dars o’tish metodlari, talabalar bilan o’zaro muloqot tartib-qoidalari hamda bir qator o’quv dasturiga oid bo’lgan me’yoriy hujjatlar bilan tanishib chiqdim. Bunda menga ilmiy-pedagogik ish rahbarim va kafedraning yetakchi professor-o’qituvchilari yaqindan yordam berishdi.
Ushbu amaliyot avvalida, men professor-o’qituvchilar dars mashg’ulotlarini kuzatishdan boshladim. Sababi dars mashg’ulotlarining Oliy Ta’lim tizimida tashkil etilishi kerak bo’lgan tartibini yaqindan kuzatishni va uni tahlil qilib olishni, tanishishni maqsad qilib qo’ydim. Dars jarayonini tahlil qilish bilan bir qatorda muayyan ta’lim yo’nalishi bo’yicha talab etiladigan o’quv dasturlari, calendar-tematik ish rejasi va fan dasturi haqida tushunchaga ega bo’ldim. Bunda professor-o’qituvchining shaxsiy ish rejasi va papkasini tahlil qilish orqali kerakli tushuncha va ma’lumotlarga ega bo’lib bordim.
Bir necha ma’ruza va amaliy dars mashg’ulotlarini tahlil qilar erkanman, menda ushbu dars jarayonlarini tashkil etish bo’yicha texnologik xarita shakllandi, ya’ni fan dasturi nima, dars jarayonida nimalarga e’tibor berish kerak, dars o’tish uchun professor-o’qituvchidan qanday normalar talab etiladi bularning barchasi haqida umumiy bilimga ega bo’ldim. Ma’ruza matni, mustaqil ish dasturi va yakuniy hamda oraliq nazorat uchun savollar, test topshiriqlari tuzishimda menga ilmiy-pedagogik ish amaliyoti rahbarim va kafedraning yetakchi professor-o’qituvchilari o’z ko’maklarini ayamasdan yo’l-yo’riq ko’rsatishdi. Ba’zi xato va kamchiliklarim ustida ishlashi kerakli va ushbu materiallar yuzasidan yana ham to’liqroq ma’lumotlar olishim kerakligini ham tushuntirib berishdi.
Tasdiqlayman________
Xorijiy tillar kafedrasi
kafedra mudiri Fozilov O.Yu
Yüklə 11,1 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin