Millatlararo tillar, xalqaro tillar, sun’iy tillar



Yüklə 40,56 Kb.
səhifə1/5
tarix03.12.2023
ölçüsü40,56 Kb.
#171717
  1   2   3   4   5
Mavzu


Mavzu : Millatlararo tillar, xalqaro tillar, sun’iy tillar
Reja:

  1. Sotsiolingvistikaning asoslar;

  2. Millatlararo tillar;

  3. Xalqaro tillar;

  4. Sun’iy tillarning qo’llanilishi;

  5. Esperanto tili

Adabiyotlar:



  1. “Tilshunoslik asoslari” I. Yo’ldoshev , O’. Sharipova // Toshkent “Iqtisod-moliya” 2007

  2. Svadost E.P., Kak vozniknet vseobshiy yazik? Moskva, 1968;

  3. Abduvahob Madvaliyev Problemi interlingvistiki, Moskva, 1976;

  4. Reformatskiy A.A., Vvedeniye v yazikovedeniye, Moskva, 1998.

  5. O’zbekiston ensiklopediyasi. Ikkinchi jild. Toshkent, 2001-yil

  6. O’zbekiston ensiklopediyasi. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil



Xalqaro tillar — turli davlatlar xalqlarining aloqa vositasi boʻlib xizmat qiladigan tillar. Tabiiy tillarga va sunʼiy tillarga boʻlinadi. Tabiiy Xalqaro tillarning xalqarolik vazifasi aniq boʻlsa-da, milliy yoki qabilaviy tillardan foydalanishga nisbatan ikkinchi darajali hisoblanadi. Sunʼiy Xalqaro tillarning xalqarolik vazifasi birlamchi hisoblansa-da, ular har doim ham roʻyobga chiqmagan, chunki bunday tillarning hammasi ham millatlararo aloqaaralashuv amaliyotida qoʻllanavermagan
Tabiiy Xalqaro tillar qadimda va oʻrta asrlarda mintaqaviy xarakterga ega boʻlgan (ularning qoʻllanishi muayyan mintaqa, hudud bilan chegaralangan). Chunonchi, Qadimiy Sharq xalqlarida aloqa vositasi sifatida xitoy tili (iyeroglifik shaklda), Gʻarbiy Osiyoning qadimiy davlatlarida turli davrlarda shumer, akkad va oromiy tillari qoʻllangan. Yunon tili ellinistik dunyoning, lotin tili esa turli tillarda soʻzlashuvchi Rim imperiyasining umumiy tili boʻlgan. Oʻrta asrlarga kelib Yaqin Sharq hududida arab va fors tillari, slavyan mamlakatlarida esa qadimiy slavyan tili Xalqaro tillar vazifasida qoʻllana boshlagan. Yangi davrda, maʼlum obyektiv sabablar tufayli avvaldan saqlanib qolgan mintaqaviy Xalqaro tillar guruhi bilan bir qatorda dunyo miqyosida qoʻllanuvchi Xalqaro tillar (jahon tillari) ham paydo boʻldi.
U yoki bu tilning Xalqaro tillar darajasiga koʻtarilishi ekstralingvistik (siyosiy, iqtisodiy va madaniy) va lingvistik (til funksional tizimlarining rivojlanganligi, sohaviy terminologiyalarning mavjudligi va b.) omillar yigʻindisi bilan belgilanadi. Jahon tillari soni tobora ortib bormoqda. 18-asrdan soʻng ("fransuz tili umumiy til boʻlgan asr" deb ham nomlanadi) asta-sekin ingliz va nemis tillari, 20-asrdan esa rus va boshqa bir qancha tillar jahon miqyosida qoʻllana boshladi. Xalqaro tillarning xalqaroligi ularning xalqaro tashkilotlar yoki konferensiyalarning (BMT, YUNESKO) "rasmiy" yoki "ishchi" tili sifatida tan olinishi tufayli ushbu maqomda yuridik jihatdan mustahkamlanishi bilan belgilanadi (mas., ingliz, arab, ispan, xitoy, rus, fransuz tillari BMTning rasmiy va ishchi tillari hisoblanadi).
Xalqaro tillarni koʻp millatli davlat ichida qoʻllanuvchi, millatlararo aloqa vositasi hisoblanuvchi tillardan farqlash kerak. Baʼzi tillar ham xalqaro, ham millatlararo til sifatida qoʻllanishi mumkin (mas., rus va xitoy tillari).
Sunʼiy Xalqaro tillar deganda aloqaaralashuv uchun maxsus shakllantirilgan yasama kommunikativ tizimlar tushuniladi. Lotin tilining xalqarolik vazifasi susayishi munosabati bilan 17-asrdan boshlab sunʼiy tillarning koʻplab loyihalari paydo boʻla boshladi. 1629-yilda fransuz faylasufi R.Dekart lingvoloyihalash nazariyasiga asos soldi. 17—19-asrlarda sunʼiy tillarni yaratuvchilar koʻpincha tabiiy tillarni nomukammal tillar sifatida tanqid qilib, sunʼiy tillarni tabiiy tillarga almashtirilishi zarur boʻlgan universal tillar deb baholaganlar. 18-asr oʻrtalarida xalqaro aloqaning maxsuslashgan vositasi hisoblangan va tabiiy tillar bilan yonma-yon mavjud boʻlgan sunʼiy tilning yordamchilik, vositachilik xususiyati haqida tasavvur shakllandi. 1879-yilda yaratilgan volapuk ham ogʻzaki, ham badiiy ijod sohasidagi aloqa doirasida qoʻllangan dastlabki sunʼiy tildir. 1884—89- yillarda volapuk tarafdorlarining 3 ta xalqaro konferensiyasi oʻtkazilgan, unda dunyoning turli mamlakatlarida bir necha oʻnlab gaz. va jur.lar nashr etilgan boʻlsa-da, bu harakatlar uzoq davom etmadi. Faqat esperantogina (1887-yilda yaratilgan) keng ommalashib, unda koʻp kishilar soʻzlashadigan boʻldi. Shunday boʻlsada, esperanto har doim tor doiradagi yordamchi, ikkilamchi til sifatida qoʻllangan. Sunʼiy tillardan ido (1907), oksidental (1921-22) va interlingva (1951) ham u qadar muvaffaqiyat qozonmay, tor kommunikativ doirada qoʻllanib kelmoqda (yana qarang Sunʼiy tillar). Lekin mazkur sunʼiy Xalqaro tillarning barchasi gʻarbiy tillar materiallari negizida shakllangan boʻlib, sharq tillari uchun begona hisoblanadi. Oʻtgan asrning 90-yillarida Oʻzbekistonda va bir qator turkiyzabon davlatlarda turkiy xalqlar uchun mushtarak boʻlgan xalqaro til — oʻrta turk tilini yaratishga va joriy qilishga urinishlar, daʼvatlar boʻlgan boʻlsa-da, bu urinishlar hozircha biron-bir ijobiy natija bergani yoʻq. Haqiqiy Xalqaro tillar faqat tarixiy jarayonda aniq mavjud boʻlgan milliy tillar bazasida vujudga kelishi mumkin.

Sotsiolingvistika (lot societas — jamiyat va lingvistika) — tilshunoslik, sotsiologiya (jamiyatshunoslik), ijtimoiy psixologiya va etnografiya fanlari tutashmasida rivojlanuvchi va tilning ijtimoiy tabiati, uning ijtimoiy vazifalari, ijtimoiy omillarning tilga taʼsir koʻrsatish mexanizmi hamda tilning jamiyat hayotida tutgan oʻrni bilan bogʻliq koʻplab muammolar majmuini oʻrganuvchi ilmiynazariy soha. Ushbu muammolarning ayrimlari (“til va jamiyat”) umumiy tilshunoslik doirasida ham oʻrganiladi. Sotsiolingvistikaning fanlararo maqomi u foydalanadigan tushunchalar majmuida namoyon boʻladi. Chunonchi, sotsiolingvistik tahlilning asosiy tushunchasi deb qaraladigan til jamoasi ham ijtimoiy, ham lisoniy belgilar asosida aniqlanadi. Sotsiolingvistikaning eng muhim tushunchalaridan biri lisoniy vaziyat tushunchasi boʻlib, u muayyan etnik birliklar yoki maʼmuriy hududiy birlashmalarda muomala aloqa izchilligini taʼminlaydigan tilning (tillar, mintaqaviy umumiy tillar, hududiy va ijtimoiy lahjalarning) yashash shakllari majmui sifatida taʼriflanadi. Lisoniy vaziyatning ekzogloss (turli tillar majmualari) va endogloss (muayyan bir tildagi kichik tizimlar majmualari) guruhlari farqlanadi.


Sotsiolingvistika til va jamiyat munosabatlarini tahlil qilar ekan, umumiy va xususiy qonuniyatlarga tayanadi. Sotsiolingvistika tilning ijtimoiy tabiatini yoritishda tarixiylik, hayotiylik, meyoriylik, hududiylik kabi qator mezonlarga amal qiladi. Avvalo, til voqelik sifatida mavjud bo’lishi uchun muayyan tarixiy taraqqiyot bosqichidan o’tishi kerak. Tilning paydo bo’lishi, yaxlit tizim tarzida shakllanishi, ijtimoiy hodisa sifatida mavjudligi uning tarixiyligi bilan bog’liq.Tilning hayotiyligi uning aloqa-munosabat vositasi sifatida mavjudligidir. Tilda so’zlashuvchi jamiyat bo’lmasa, u o’lik tilga aylanadi. Til hayotiy bo’lishi uchun shu tildan foydalanadigan jamiyat zamr bo’ladi. Bazan o’lik tillar hayotiylik belgisiga ega bo’lishi mumkin, bunga ivrit tili misol qilib keltiriladi. Bu qarashni nisbiy deb baholash kerak.
Xalqaro tillar — turli davlatlar xalqlarining aloqa vositasi boʻlib xizmat qiladigan tillar. Tabiiy tillarga va sunʼiy tillarga boʻlinadi. Tabiiy Xalqaro tillarning xalqarolik vazifasi aniq boʻlsada, milliy yoki qabilaviy tillardan foydalanishga nisbatan ikkinchi darajali hisoblanadi. Sunʼiy Xalqaro tillarning xalqarolik vazifasi birlamchi hisoblansa-da, ular har doim ham roʻyobga chiqmagan, chunki bunday tillarning hammasi ham millatlararo aloqa-aralashuv amaliyotida qoʻllanavermagan. Tabiiy Xalqaro tillar qadimda va oʻrta asrlarda mintaqaviy xarakterga ega boʻlgan (ularning qoʻllanishi muayyan mintaqa, hudud bilan chegaralangan). Chunonchi, Qadimiy Sharq xalqlarida aloqa vositasi sifatida xitoy tili (iyeroglifik shaklda), Gʻarbiy Osiyoning qadimiy davlatlarida turli davrlarda shumer, akkad va oromiy tillari qo’llangan. Yunon tili ellinistik dunyoning, lotin tili esa turli tillarda soʻzlashuvchi Rim imperiyasining umumiy tili boʻlgan.
Sunʼiy tillar — muayyan maqsadni koʻzlab yaratiladigan va tabiiy tillarning oʻrinbosari sifatida qoʻllanadigan tillar. Sunʼiy tillar maxsuslashuvi moʻljaliga qarab, shuningdek, tabiiy tillar bilan oʻxshashlik darajasiga koʻra farqlanadi: xalqaro yordamchi tillar, matematik yordamchi tillar, informatsion tillar. Xalqaro yordamchi tillar, tabiiy tillar bilan yuqori darajada oʻxshash boʻlgan, umumisteʼmolga moʻljallangan, maxsuslashmagan tillardir. Xalqaro muomala vositasi sifatida Sunʼiy tillar yaratish gʻoyasi fransuz olimi R. Dekart va nemis olimi G. Leybnitsga tegishlidir. Bular tushunchalarning mantiqiy tasnifiga tayanuvchi ratsional til loyihalari boʻlgan. XVII—XIX-asrlarda bunday tillarning 1000 ga yaqin loyihasi yaratilgan boʻlsada, ularning ayrimlarigina (volapyuk, esperanto, ido, interlingva) amalda qoʻllangan. Sunʼiy tillar aprior (tabiiy tillarga bogʻliq boʻlmagan), aposterior (ta biiy tillarning matyorialini oʻzlashtirgan) va aprioraposterior (aralash) tillarga boʻlinadi.
Til, ehtimol, insonning milliy identifikatsiyasining asosiy omilidir. Bu bizni ma'lum bir tarzda gapirishga, fikrlashga va hatto his qilishga majbur qiladi, bu ma'lum bir tilda so'zlashuvchilar tomonidan atrofdagi dunyoni idrok etish va baholashning o'ziga xos xususiyatini tashkil qiladi. Til qanchalik boy va rang-barang bo‘lsa, intellektual rivojlanish salohiyati o‘z tashuvchisiga ega bo‘ladi, chunki lingvistik shakl va elementlarning boyligi, ko‘p qirraliligi inson tafakkurining teranligini belgilaydi. Bizga esa bu chinakam bebaho ne’mat ajdodlarimizdan meros qolgan.

Yüklə 40,56 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin