Uy-joy fondidan foydalanish tizimini takomillashtirish



Yüklə 161,48 Kb.
səhifə1/7
tarix14.12.2022
ölçüsü161,48 Kb.
#74628
  1   2   3   4   5   6   7
SABUROV ELDORBEK (Uy-joy fondidan foydalanish tizimini takomillashtirish).


Reja:

  1. Uy-joy fondidan foydalanish tizimini takomillashtirish.

  2. Ko‘p kvartirali uy-joylarni boshqarish tizimini yanada takomillashtirish to‘g‘risida.

  3. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlariga kiritilayotgan o‘zgartirish va qo‘shimchalar.

UY-JOY FONDIDAN FOYDALANISH TIZIMINI TAKOMILLASHTIRISH.


O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev 24 aprel kuni «2017—2021 yillarda ko‘p xonadonli uy-joy fondini saqlash va undan foydalanish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi qarorni imzoladi. Qaror matni va uning sharhi O‘zA tomonidan e'lon qilingan.
Hozirgi paytda O‘zbekistonda 4 mingdan ziyod xususiy uy-joy mulkdorlari shirkati tomonidan 32,4 mingdan ortiq ko‘p xonadonli uyga xizmat ko‘rsatilmokda.
«Shu bilan birga, ushbu tarmoqda olib borilayotgan ishlar tahlili xususiy uy-joy mulkdorlarining ko‘p xonadonli uy-joy fondini saqlash, undan foydalanish va ta'mirlash borasidagi faoliyatida hal etilmagan qator muammolar borligini ko‘rsatmoqda», — deyilgan qarorning rasmiy sharhida.
Qayd etishlaricha, ko‘p xonadonli uy-joy fondini boshqarish va undan foydalanishda joylardagi ijro hokimiyati organlari va xususiy uy-joy mulkdorlari shirkatlari o‘rtasida kompleks yondashuv hamda o‘zaro hamkorlik mexanizmi shakllanmagan. Ko‘p xonadonli uy-joy fondini saqlash borasida ta'sirchan nazorat o‘rnatilmagan, ko‘p hollarda undan texnik foydalanish va aholining xavfsiz yashashini ta'minlash borasidagi me'yor va talablar buzilishiga yo‘l qo‘yilmokda. Ko‘p xonadonli uylarda ta'mirlash-tiklash ishlarini o‘tkazishning qoida va muddatlariga rioya etilmayapti, bu esa aholining haqli noroziligiga sabab bo‘lmoqda.
Prezidentning yangi qarori esa ko‘p xonadonli uy-joy fondining texnik holatini tubdan yaxshilash va undan oqilona foydalanish, ta'mirlash-tiklash ishlarini belgilangan muddatlarda olib borish, shuningdek, ko‘p xonadonli uylarga tutash hududlarni yanada obodonlashtirish uchun zarur shart-sharoit yaratish maqsadida qabul qilindi.


Yüklə 161,48 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin