UzAuto Motors’ning sof foydasi qariyb 70 foizga o‘sdi



Yüklə 19,28 Kb.
səhifə1/2
tarix07.11.2022
ölçüsü19,28 Kb.
#67887
  1   2
GM


UzAuto Motors’ning sof foydasi qariyb 70 foizga o‘sdi
UzAuto Motors kompaniyasi sof daromadini qariyb 70 foizga oshirishga muvaffaq bo‘ldi. Bu haqda Korporativ axborot yagona portaliga joylashtirilgan 2021-yilning birinchi yarmi bo‘yicha kompaniya moliyaviy hisobotida so‘z boradi.
Olti oy davomida avto ishlab chiqaruvchining sof foydasi 10,6 trillion so‘mni (Markaziy bankning 1-avgustdagi kursi bo‘yicha 996,5 million dollar) tashkil etgan. Bu 2020-yilning yanvar—iyun oylaridagi ko‘rsatkichdan 2,1 trillion so‘mga kamroq. Mahsulotlar tannarxi 2,2 trillion so‘mga kamayib, 8,4 trillion so‘mni tashkil etgan.
Asosiy faoliyatdan olingan foyda 393,6 milliard so‘mga oshib, 1,06 trillion so‘mga yetgan bo‘lsa, asosiy xarajatlar 212,3 milliard so‘mga kamayib, 1,1 trillion so‘mdan iborat bo‘lgan.
178,9 milliard so‘m miqdorida (2020-yil yanvar—iyunda 145,1 milliard so‘m to‘langan) soliqlar to‘lanishi natijasida UzAuto Motors sof foydasi 902,6 milliard so‘mni (84,6 million dollar) tashkil etgan. Bu o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 370,4 milliard so‘mga (69,6 foiz) ko‘proq (532,1 milliard so‘m) demakdir.
Gazeta.uz”ning yozishicha, katta ehtimol bilan kompaniya sof foydasining o‘sishi olti oy ichida qariyb barcha hamyonbop avtomobil modellarini — Spark, Nexia, Gentra va Cobalt (Damas va Labo’dan tashqari) — ishlab chiqarishni 143 mingtadan 108,7 mingtaga (24 foizga) kamaytirgani va yaqinda narxlari oshgan Trailblazer, Tahoe, Malibu premium-segment avtomobillarini ko‘proq sotgani bilan bog‘liq.
Mart oyida “O‘zavtosanoat” boshqaruvi raisi o‘rinbosari Azizbek Shukurov qimmatbaho avtomobillar — Equinox, Malibu va Tahoe — sotuvidan tushgan daromadlar Spark va Nexia kabi arzonlashtirilgan modellarni sotishdagi zararlarni qoplayotganini tan olgan edi.
“UzAuto Motors biznes modeli shunaqa qilinganki, iloji boricha ommaga moslashgan ‘budjetniy’ mashinalarga juda minimal daromad qo‘yilgan. Konfedensial tijoriy sirni ochyapman sizlarga, Spark, Nexia kabi mashinalarda (sotuvdan) daromad umuman yo‘q. Nafaqat daromad, balki yo‘qotish bor. Ommaga ko‘proq mashina yetkazish imkoniyatini yaratish uchun qimmat avtomobillarni kichik miqdorda daromadini baland qilib qo‘yamiz. Qimmat mashinadan olayotgan daromadimiz hisobiga arzon mashinadan yo‘qotayotgan pulni qoplayapmiz”, — deya tushuntirgan edi u.
Avvalroq UzAuto Motors kamroq avtomobil sotib, ko‘proq foyda olayotgani ma’lum bo‘lgandi. So‘nggi yillarda eksport qilinayotgan avtomobillarning o‘rtacha narxlari ikki barobarga — 4845 dollardan 9201 dollarga oshgan.


Yüklə 19,28 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin