“Uzluksiz kasbiy rivojlantirish – 2022” loyihasi



Yüklə 82 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə1/4
tarix14.12.2023
ölçüsü82 Kb.
#179589
  1   2   3   4
7tCxKrV5IAG9P7mZAjkUsHkihUGzsFIKGCrIczwl



A.AVLONIY NOMIDAGI XALQ TA’LIMI MUAMMOLARINI 
O‘RGANISH VA ISTIQBOLLARINI BELGILASH ILMIY-TADQIQOT 
INSTITUTI 
 
 
 
 
“Uzluksiz kasbiy rivojlantirish – 2022” loyihasi 
 
 
 
Fandagi yangiliklar, fanni o‘qitishning dolzarb masalalari 
moduli bo‘yicha 
 
“Boshlang‘ich sinflarda tabiiy va amaliy fanlarni o‘qitish” 
 
o‘quv kursining
“O‘quvchilarda tabiatshunoslik faniga oid tushuncha va tasavvurlarni 
shakllantirishning metodik asoslari” mavzusidan ma’ruza matni 
 
 
 
 
 
 
 
Ma’ruzasi: Qoraboyev Husniddin Kamolovich 
Toshkent 2021


3- mavzu: O‘quvchilarda tabiatshunoslik faniga oid tushuncha va 
tasavvurlarni shakllantirishning metodik asoslari. 
R E J A :
1.
O‘quv jarayonida tabiatshunoslik tushunchalarini shakllantirish. 
2.
Umumiy tushunchalarni shakllantirishda tabiat vositalarining roli. 
3.
Tabiatshunoslik darslarida tushunchalarni shakllantirish. 
4.
O‘quv jarayonida mantiqiy tafakkur va nutqni rivojlantirish. 
Boshlang‘ich sinflarda tabiat to‘g‘risidagi bilimlar tarkibiga jonsiz tabiat 
jismlari va hodisalari, o‘simlik va hayvonlar, odam tanasining tuzilishi va 
salomatlikni muhofaza qilish, yilning har xil fasllarida qishloq xo‘jalik mehnati 
to‘g‘risidagi tasavvur va tushunchalar, oddiy geografik tasavvur hamda tushunchalar 
kiradi. 
Bolalar maktabga kelishi bilan o‘qituvchi rahbarligida atrof olam bilan 
maqsadga yo‘nalgan holda tanishib boradilar. Atrof olam bilan dastlabki tanishish 
ularning sezgi organlarining qabul qilishiga asoslanadi. Olamni bilib olishning 
birinchi bosqichi bolalarning barcha yangiliklarni qarab chiqishga, iloji bo‘lsa 
ushlab ko‘rishga qaratilgan tug‘ma intilishdir. Shunga ko‘ra dastlabki tasavvurlar va 
tushunchalarni shakllantirishda o‘quvchiga o‘rganish obyekti bilan bevosita 
muloqotda bo‘lish imkoniyatini berishi kerak. 
Ekskursiyalarda, kuzatishlar vaqtida o‘quvchilar kundalik hayotning 
narsalarini qabul qilib, ulardagi o‘xshashlik va tafovut belgilarini topadilar. Ularda 
“oddiy tushunchalar” shakllanadi. Fikrlash jarayonida bolalarda aniq fikrlar vujudga 
keladi. (Fikrga ega bo‘lish — nimanidir tasdiqlash yoki rad etish demakdir. Masalan, 
“Bu gul qizil”, “Bu o‘simlik g‘o‘zadir”). Fikr hosil bo‘lishida fikrlash jarayoni: jism 
va hodisalarni tahlil qilish, sintezlash, taqqoslash va umumlashtirish katta o‘rin 
oladi. Fikr bevosita qabul qilish va tasavvurlar asosida shakllanadi. Masalan, 
“Daraxt ildizi, tana (poya), barglar, gullar va mevalardan iboratdir” degan fikr 
daraxtlarni kuzatish, ularning xususiyatlarini aniqlash va tahlil qilish, o‘simlikning 
atalgan qismlarini taqqoslash, tegishli xulosa chiqarishga asoslangan. Fikrlash 
faoliyati jarayonida bolalarda atrof olam to‘g‘risida tushunchalar shakllanadi. 


Tushuncha ochib beriladigan fikrlar yig‘indisi uning mazmunini tashkil qiladi. 
Tabiat jismlari yoki obyektlarining birortasi to‘g‘risida bolalar qanchalik ko‘proq 
fikr aytsalar, tushunchalar mazmun jihatidan boyroq bo‘ladi. Bu fikrlarda 
ifodalangan belgilar qanchalik muhim bo‘lsa, shunchalik tushuncha mazmun 
jihatidan chuqur bo‘ladi. 
Tabiatshunoslikni o‘rganishda bolalar oladigan tushunchalar jo‘g‘rofiy 
(umumiy, alohida va yig‘ma) va biologik (tur va avlod) tushunchalariga bo‘linadi. 
Tabiatshunoslikda bolalar Toshkent, Sirdaryo, Tyan-Shan tog‘lari kabi 
yagona tushunchalar, tog‘lar, daryolar, shaharlar kabi umumiy tushunchalar, archa, 
qarag‘ay, terak, na‘matak, jasmin, kulrang quyon, oq quyon kabi tur tushunchalari, 
daraxt, buta, quyonlar va boshqa avlod tushunchalari bilan uchrashadilar. 
Tabiatshunoslikni 
o‘qitish jarayonida jo‘g‘rofiy tushunchalarni biologik 
tushunchalar bilan bog‘lanishiga e‘tibor bermoq zarur. 
Tabiatshunoslik tushunchalarini shakllantirish va ularni kichik yoshli maktab 
o‘quvchilari tomonidan o‘zlashtirilishining xususiyatlari. 

Yüklə 82 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin