15-Amaliy mashg’ulot
Mavzu: UMUMIY O’RTA TA’LIM MAKTABLARINING BIOLOGIYA
(SITOLOGIYA VA GENETIKA ASOSLARI) DAN DTS O’QUV DASTURLARI
VA DARSLIKLARNING TAXLILI
Darslikda
hujayraning tashqi, ichki tuzilishi ayniqsa organoidlarning tuzilishi,
funksiyasi, hujayraning kimyoviy tarkibi – anorganik moddalar, organik moddalar,
oqsillar,
uglevodlar, yog‘lar, nuklein kislotalar, moddalar va energiya almashinuvi
haqida ma’lumotlar berilgan. Organizmlarning ko‘payishi va individual rivojlanishi
bo‘limida
esa jinssiz, jinsiy ko‘payish, hujayralarning mitoz, meyoz bo‘linishi,
organizmlarning embrional, postembrional rivojlanishi haqida bilimlar keltirilgan.
Genetika va seleksiya asoslari bo‘limida esa genetik tushunchalar,
irsiyat qonunlari,
o‘zgaruvchanlik qonunlari, odam genetikasi, uning o‘rganish metodlari, o‘simliklar,
xayvonlar, mikroorganizmlar seleksiyasi to‘g‘risidagi ma’lumotlar yoritilgan. Darslikda
75 rasmlar berilgan. Ularning ko‘pchiligi rangli rasmlardir. Har bir paragraf so‘ngida
bilimni tekshirish uchun savollar, test topshiriqlar berilgan.
Darslik birinchi marotaba nashr qilinganligi
sababli unda bir qancha
etishmovchiliklar mavjud. Darslikda bir-biriga zid fikrlar uchraydi. Bir tomondan
darslik mualliflari tiriklikning molekula darajasini e’tirof etib, hayotning xujayrasiz
shakllariga misol qilib viruslarni oladilar va ularning tuzilishi,
hayot siklini
tushuntiradilar. Ikkinchi tomondan esa “viruslar tirik organizm hisoblanmaydi, chunki
ular hayotning xususiyatlarini o‘zida namoyon qilmaydi” deb o‘zlariga o‘zlari qarshi
fikrda bo‘ladilar.
3. Akademik litsey, kasb – xunar kollej o‘quvchilari uchun yozilgan biologiya
darsligi (mualliflar A.Abdukarimov, A. G‘ofurov, K. Nishonboev, J.Xamidov,
B.Toshmuxamedov,O.Eshonqulov) 8 bobdan iborat bo‘lib,
unda umum biologik
qonunlar, nazariyalar, genetik injeneriya va biotexnologiya, evolyusion ta’limot,
evolyusion dalillar, Erda xayotning paydo bo‘lishi
va tarixiy taraqqiyoti, odamning
paydo bo‘lishi, ekologiya asoslari, biosfera va uning evolyusiyasi kabi yirik mavzular
bor. Darslik 80 soatga mo‘ljallangan, 39 paragrafdan tashkil topgan. Boshqa biologiya
darsliklaridan farqli ravishda ushbu darslikda o‘quvchilarning mustaqil bilim
egallashlarini nazarda tutib, uyga beriladigan vazifalar o‘tiladigan mavzudan keyin emas
uning boshida qayd etilgan. Bu xar bir o‘quvchi o‘tiladigan dars mavzusini mustaqil
ravishda o‘qib darsga ma’lum darajada tayyorgarlik bilan kelishini ta’min etadi.
1. Darsliklarga qo‘yilgan talablarni aniqlang
.
2. Darslikning asosiy komponentlari nimalardan iborat?
3. Botanika darsligining tuzilishini va mazmunini aniqlang.
4. Zoologiya va botanika darsligidan nimalari bilan tafovut qiladi?
5. Zoologiya darsligida bilimlarni yoritish qanday prinsipga asoslangan?
6. Odam va uning salomatlik darsligini tahlil qiling.
7. 9-sinf biologiya darsligida qanday asosiy mavzular yoritilgan?
8. Maktab botanika, zoologiya, odam va uning salomatligi va biologiya (Sitologiya
va genetika asoslari) darsliklarining tuzilishi va mazmuni
bilan tanishib chiqing va
tubandagi jadvalni to‘ldiring.