ICARHSE
International Conference on Advance Research in Humanities, Applied Sciences and
Education
Hosted from New York, USA
https://conferencea.org May 28
th
2022
314
QADIMGI SHARQDAGI DASTLABKI AXLOQIY G‘OYALAR
VA QARASHLAR
Muzaffarov Umidjon Ismoil o’g’li,
Nozima Nurillayeva,
Toshkent viloyat Chirchiq davlat pedagogika instituti talabalari
Ilmiy rahbar: Adambayev Umidbek Xaitbayevich
TVCHDPI o‘qituvchisi
Anotatsiya: Ushbu maqolada Qadimgi Sharq xalqlarining axloqiy ta’limotlari, axloqiy
madaniyati, o‘sha davr axloqiy madaniy tadbirlari va huquqiy me’yorlari, axloq va dinning
uzviy uyg‘unliklari natijasida axloqiy g‘oyalarning o‘zgarishi va buning qanchalik darajada
ahamiyatliligi to‘g‘risida fikr mulohaza yuritamiz.
Kalit so‘zlar: Axloq, Qadimgi Sharqdagi axloqiy g‘oyalar, g‘oya, din, axloqiy huquqiy
me’yorlar, ta’limot, sharq allomalari, e’tiqod.
Ushu maqolamda qadimdan hozirgi kungacha bo‘lgan davrda Sharq xalqlarida rivojlangan va
rivojlanib kelayotgan va bunga o‘z xissasini qo‘shgan allomalar haqida so‘z yuritiladi.Bu o‘z
o‘zidan albatta axloq o‘zi nima degan masalani keltirib chiqaradi.
“Axloq - so‘zi arab tildan olingan bo‘lib, insonning muomala va ruhiy xususiyatlari majmuyini,
fe’lini tabiyatini anglatadigan xulq so‘zining ko‘plik shaklidir. Axloq-jamiyat inson, zamin
ba’zan insoniyat tarixiga namuna bo‘la oladigan umumbashariy ahamiyatga ega ijobiy xatti-
harakatlar yig‘indisi, inson kamoloti darajasini belgilagan ma’naviy hodisadir”[1].
Haqiqatdan ham shunday, axloqning shakillanish davri yoshligimizdan boshlanadi. Aynan
yoshligida bola aqlan va ma’nan rivojlanadi, muloqot doirasi kengayadi va shaxsiy ijobiy
xususiyatlarini namoyon qilishni boshlaydi. Takidlashimiz joizki biz sharq xalqlari sirasiga
kiramiz. Bizning ota-bobolarimiz ham Uyat, andisha, odob-axloq hayo singari chinakam
insoniy fazilatlarni ulug’lovchi va insonlardan talab qiluvchi islom diniga etiqod qilib
kelganlar. Axloq esa har bir insonning go’zal fazilatidir.
Qadimgi Sharq xalqlarida ham axloqiy qarashlar turli davrlarda turli ko‘rinishda bo‘lgan,
axloqning rivojlanishi qadimgi sharq xalqlarida pand-o‘gitlar, maqol-matal, bitiklar va didaktik
yo‘nalishlarda vujudga kelgan. Qadimgi Sharq xalqlarida xususan Somir, Bobil, Misr, keyin
o‘z hududlarimizda ham axloqiy ta’limotlarining turli darajalari yuzaga keladi rivojlanadi.
Axloqshunoslikning rivojlanishida “Qadimgi SHarq allomalarining izlanishlari” muhim
ahamiyat kasb etadi.“Al-Xorazmiy” Sezgi orqali bilish bu qisman bilish bo‘lsa, mantiqiy bayon
orqaliy bilish esa haqiqiy bilishning muhim” tomonidir.[2]Bunda quyidagi fikirlar aytilmoqda,
biz sezgan hamma narsalarimizni, hodisalarimizni avvalo biz nima ekanligini tushunishimiz
kerak degan fikrga kelamiz.
Al-Termiziy “Insonlarni ,halolikga,adolat va e’tiqodli bo‘lishga hidoyat qiladi”[3]. AL-
Termiziyning bu qarashlarida ma’lum bo‘ladiki, har bir ishni boshlayotgan inson avvalo
halolikga, adolatga va albatta e’tiqodli bo‘lishga e’tibor berish, kerak. Abu Nasr Farobiyning
axloqiy ma’rifiy qarashlari ahohida ajralib turadi. Uning: “Insonning kamolotga yetishishida
ham aqliy, ham axloqiy tarbiyaning o‘zaro aloqasi muhim”[4] degan fikirni bayon etadi. Bunda
insonlarni komil inson bo‘lib voyaga yetishida aql bilan birga axloqning o‘rni beqiyos degan
fikrga kelishimiz mumkin. Aynan Farobiy komil insonni tarbiyalash haqida o‘z qarashlarini
asarlarida aytib o‘tadi. Ulardan “Fozil odamlar shahri “asarida axloq-odobi yetuk inson o‘n
Dostları ilə paylaş: |