Variatsion qator grafiklar belgilar axamiyatini nazariy ajratish.
Rеja:
Variatsion qator grafiklar belgilar axamiyati
Gistogramma yasash Poligon yasash
Biologik tadqiqotlarda grafik tasvirlarning qo`llanilishi
Variatsion statistika — matematik statistikaning amaliy tarmogi; statistik tuplam (majmua)larda belgilarning taqsimlanishini oʻrganadi. Statistik toʻplam biron bir jihatdan uxshash juda koʻp obʼektlar yoki yalpi hodisalardan tashkil topadi. V.s. barcha biologik obʼektlarga xos boʻlgan oʻzgaruvchanlik koʻp uchraydigan biol., genetika va qishloq xoʻjaligi ekinlari seleksiyasida keng qoʻllaniladi. V.s. matematik statistikaning nazariy xulosalariga asoslanadi va asosan kuzatilayotgan obʼektdagi miqdoriy belgilarning oʻzgarishini oʻrganishda qoʻllaniladi. Bir guruhga mansub belgilarning u yoki bu darajada variatsiyalanishm tashqi muhit omillarining ayrim kuzatish obʼektlariga turlicha taʼsiri hamda ularning oʻziga xos xususiyatlariga bogʻlik. Belgilarning turli sharoitda oʻzgarishini oʻrganib, mazkur belgining qanchalik tashqi omillar taʼsiriga uchraganligini aniqlash mumkin. Ayniqsa miqdoriy belgilar juda oʻzgaruvchan. Seleksion-genetik materialni miqdoriy belgilar boʻyicha baholashda zaruriy ulchash, hisoblash, tarozida tortish, biokimyoviy tahlil ishlari amalga oshiriladi. Natijada hali tartibga kelmagan, „xom“ maʼlumot toʻplanadi.
Toʻgʻri maʼlumot olish va real mavjud boʻlgan qonuniyatlarni topish uchun toʻplangan faktik maʼlumotlar V.s. usullari bilan ishlanadi. Bu usullarda sifat va miqdor oʻzgaruvchanlikning asosiy koʻrsatkichlari: oʻrtacha arifmetik (x), dispersiya (st2), oʻzgaruvchanlik koeffitsiyenti (v,%) va oʻrtacha arifmetik xato (Sx) kabilar aniqlanadi. Dispersion analiz eng mukammal usul boʻlib, populyatsiyaning umumiy yoki fenotipik oʻzgaruvchanligini asosiy omil yoki asosiy omillar hamda muhit sharoiti taʼsiri bilan bogʻliq komponentlarga ajratish imkonini beradi. Bundan tashqari tadqiqotlarda belgilarning irsiylanishi va populyatsiyaning tanlashga koʻrsatadigan reaksiyasini baholashda genetik-statistik usullar ham qoʻllaniladi. Shuningdek, organizm belgi va xususiyatlarining korrelyativ bogʻlanish (qarang Korrelyatsiya) yoʻnalishi hamda kuchini, belgining muhit sharoitiga bogʻliq holda korrelyatsion oʻzgaruvchanligini aniqlashga imkon beruvchi korrelyatsion, regression va kovariatsion tahlillardan ham foydalaniladi.
To`plamda variantalar gruppalarga ajratilgandan so`ng, taqsimotning xaraktеri ozmi-ko`pmi oydinlashadi. Lеkin taqsimotni grafik tasvirlaganda uning xaraktеri yana ham yaqqollashadi.
Taqsimotni grafik tasvirlash usullari ichida juda ko`p qo`llanadigan ikkitasini: poligon va gistogramma yasashni ko`rib chiqamiz.
Dostları ilə paylaş: |