Vatanga xizmat oliy himmat



Yüklə 20,73 Kb.
tarix22.05.2023
ölçüsü20,73 Kb.
#120066
Лойиҳа “Ватанпарвар оила” ҳарбий ватанпарварлик мусобақаси


Yoshlarni vatanga bo‘lgan muhabbatini yanada oshirish maqsadida “Vatanga xizmat oliy himmat” shiori ostida harbiy-vatanparvarlik musobaqalarini tashkil etish va o‘tkazish


KONSEPSIYaSI
1. Musobaqaning maqsadi
Loyiha O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoevning Oliy Majlisga Murojaatnomasida belgilangan vazifalar kelib chiqib, aholi ayniqsa, yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, ularda mardlik, jasurlik sifatlarini hamda turli hayot sinovlariga chidamlilik kabi sifatlarni shakllantirish, ota-bobolarimiz qoldirgan boy ma’naviy me’rosimizdan yaqindan tanishtirishdan iboratdir.
2. Musobaqani o‘tkazishdan ko‘zlangan asosiy vazifalar
Yoshlarni vatanparvar shaxslar qilib tarbiyalash, ularda ona vatanga bo‘lgan muhabbatini yanada oshirish, ularda axloqiy madaniyatni shakllantirish va ularni foydali mehnatga jalb etish;
– vatanga tinchlik va totuvlikni ta’minlash, shukronalik tuyg‘ularini yanada kamol toptirish;
– vatanga sodiqlik, mehr-oqibat va kattalarga hurmat kabi azaliy qadriyatlarimizni yoshlarga yanada kengroq yetkazish;
– “Vatanga xizmat oliy himmat” shiori ostida harbiy-vatanparvarlik musobaqalari orqali yoshlarda jamoa bo‘lib harakatlanish, bunda vatanga xizmat qilishing roli va ahamiyatini oshirish va bu orqali yoshlarning mamlakatimizda amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlarda daxldorlik tuyg‘ularini shakllantirishdan iborat.
3. Musobaqani amalga oshirish mexanizmi va shartlari
Vatanparvar oila” harbiy-vatanparvarlik musobaqalari O‘zbekiston Respublikasi Yoshlar ishlari agentligi, Mudofaa vazirligi, Iki ishlar vazirligi, Adliya vazirligi, oliy harbiy bilim yurtlari, Oila va xotin-qizlar davlat qo‘mitasi, harbiy-ma’muriy sektorlar va O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasi bilan birgalikda tashkil etiladi.
Musobaqalar 5 bosqichda jumladan, mahalla, sektor, tuman (shahar), viloyat va respublika bosqichlaridan iborat tartibda 4 ta vatanparvar oila (tanishtiruv), sport estafetasi, aqliy hujum (bilimlar bellashuvi) va harbiy texnikalardan foydalanish kabi shartlar asosida o‘tkaziladi.
Musobaqalarni tashkil etish va o‘tkazish yuzasidan respublika, viloyat, tuman (shahar), sektor bo‘yicha Ishchi guruhlari tuziladi va loyiha Nizomi ishlab chiqilib amalga oshiriladi.
Musobaqalarga oilasida muddatli va shartnoma asosida harbiy xizmatni o‘tayotgan ota, ona va farzand bo‘lgan oilalardan tashqari millati, tilidan qat’iy nazar barcha oilalar jalb etilishiga alohida e’tibor qaratiladi.
Respublika bosqichi g‘oliblari O‘zbekiston Respublikasi Davlat Mustaqilligi arafasida ikkinchi, uchinchi o‘rin sohiblariga pul mukofotlari hamda birinchi o‘rin sohiblariga O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti sovrini sifatida mamlakatimizda ishlab chiqarilgan yengil avtomashina yoki g‘olib oila farzandlariga (bir nafari) oliy harbiy bilim yurtiga imtiyozli kirish yo‘llanmasi taqdim qilinadi.
4. Kutilayotgan natija
Aholi ayniqsa, yoshlar ongida tinchlikni asrash, Vatan sarhadlarini munosib himoya qilish, harbiylik sohasiga bo‘lgan qiziqish ortadi.
Yoshlarning bo‘sh vaqti mazmunli tashkil etiladi, foydali mehnat va uning afzalliklari, ota-ona hamda kattalarga hurmat tuyg‘ulari shuningdek, yon atrofda bo‘layotgan voqealarga bo‘lgan munosabati shakllanadi.
5. Yukuniy qoidalar
Musobaqa jarayonlari ijtimoiy tarmoqlar bilan bir qatorda ommaviy axborot vositalari, jumladan xususiy va davlat telakanallari orqali onlayn yoritib boriladi.
Musobaqa g‘oliblari qo‘shimcha xomiylik mablag‘lari, harbiy-ma’muriy sektorlar hisobidan esdalik sovg‘alari va qimmatbaho sovg‘alar taqdim qilinishi mumkin.
Musobaqaning natijadorligi va ko‘lamidan kelib chiqib, loyiha bir yilda ikki marotaba tashkil etilishi mumkin.
Yüklə 20,73 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin