Vaziyatli masala



Yüklə 16,65 Kb.
tarix25.01.2017
ölçüsü16,65 Kb.
#6366
Vaziyatli masala

1. Bemor 68 yosh, UASH ko’rigiga birnecha oydan beri bezovta qilayotgan isitma, balg’amli yo’tal, kechqurun kuchayuvchi beldagi doimiy og’riq, ozish, holsizlikka shikoyat qilib keldi. Anamnezida surunkali bronxit, bemor chekadi. So’nggi yillarda hech qanday tekshiruvlardan o’tmagan. 10 kg ga ozgan. Obyektiv teri ranggi yer ranggi tusli rangpar, tinch holatdagi xansirash. O’pkalarda susaygan vezikulyar nafas fonida tarqalgan quruq xirillashlar, chap kurak osti sohasida nafas eshitilmaydi. Yurak tonlari bo’g’iq. Jigar qovurg’a yoyidan 5 sm chiqib turadi, qattiq, palpatsiyada sezuvchanligi saqlangan.

UQA: Hb-83г/л, erit.-3,2*1012 , leyk.-9,7*10 9, t/y 7%, s/y 49%, eoz-4%, limf-39%, mon-1%, EChT43 мм/ч.

Ko’krak qafasi rentgenografiyasi – bronx-o’pka suratining deformatsiyasi, ildiz oldi limfa tugunlari kattalashgan, limfangait, chap o’pka pastki bo’lagi atelektazi, undan yuqoriroqda noaniq konturli soyalanish, o’ng o’pka shaffofligi kuchaygan.


1. Yuqoridagi shikoyatlar va simptomlar kuzatiladigan kamida to’rtta kasallikni keltiring;

2. Dastlabki tashxis;

3. Informativ tekshiruv usullari;

4. Tashxisni tasdiqlash uchun qanday zamonaviy informativ tekshirish usulini tayinlaysiz;

5. UASh taktikasi;

_____________________________________________________________________________

2. 18 yoshli qizda, dengizdagi yozgi ta’tildan so’ng yuzida eritema, poliartrit, soch to’kilishi, yurak urib ketishi, haroratning 39 С gacha ko’tarilishi paydo bo’ldi. UASh ga murojaat qildi.
1. Yuqoridagi shikoyatlar va simptomlar kuzatiladigan kamida to’rtta kasallikni keltiring;

2. Dastlabki tashxis;

3. Informativ tekshiruv usullari;

4. Bu kasallik qaysi guruhga kiradi hamda shu guruhga kiruvchi yana uch kasallikni keltiring;

5. UASh taktikasi;
_____________________________________________________________________________

3. 56 yoshli erkakda, quyoshda 2 soat davomida qolib ketgandan 2-3 kun o’tgach paraorbital sohada ko’kish shish, yuzida eritema, tana haoraritining 39 C gacha ko’tarilishi, mushaklarda og’riq, holsizlik paydo bo’ldi. UASh ga murojaat qildi.


1. Yuqoridagi shikoyatlar va simptomlar qaysi kasalliklarda kuzatiladi;

2. Dastlabki tashxis;

3. Informativ tekshiruv usullari;

4. Tashxisni tasdiqlash uchun qanday zamonaviy informativ tekshirish usulini tayinlaysiz, shuningdek qaysi mushak fermentlari bu patologiyada yuqori bo’ladi;

5. UASh taktikasi;

________________________________________________________________________

4. Bemor 34 yoshli ayol, bitta farzandi bor, bir avval abort qildirgan. Shundan so’ng harorat ko’tarilishi bilan qaltirash paydo bo’lgan. Ginekologda endometrit tashxisi bilan davolangan. Bir oydan so’ng mushaklarda, bo’g’imlarda og’riq, oyoq qo’llarning muzlashi paydo bo’ldi. Hozirda UASh ko’rigida tizza va qo’llarning mayda bo’g’imlaridagi og’riqqa, qo’l va oyoq uchlarining muzlashi, qattiq ovqatlarni yutishga qiynalishi, umumiy holsizlik va tana haroratining ko’tarilishiga shikoyat qiladi. Bemor unda qizilo’ngach raki bo’lishi mumkinligidan qo’rqadi. Obyektiv ko’rikda terisi rangpar, qo’l kaftlari sovuq, qo’ltiq osti limfda tugunlari kattalashgan, og’riqsiz. Tanglayi toza. O’pkalarda vezikulyar nafas. Yurak tonlari bo’g’iq. Puls minutiga 80 ta, ritmik. AQB 100/60 mm.sim.ust. Qorni yumshoq, og’riqsiz.
1. Yuqoridagi shikoyatlar va simptomlar kuzatiladigan kamida to’rtta kasallikni keltiring;

2. Dastlabki tashxis;

3. Ushbu kasallika ko’proq qaysi a’zolar zararlanadi hamda kamida beshta ushbu kasallikka xos belgini sanab bering;

4. Tashxisni tasdiqlash uchun qanday zamonaviy informativ tekshirish usulini tayinlaysiz;

5. UASh taktikasi;

_______________________________________________________________________

5. Bemor 23 yosh qiz, to’piq va tizza bo’g’imlari shishi va og’riq, ko’zlari tinishi, yurak sohasidagi sanchuvchi og’riq, yurak urib ketishiga shikoyat qilib keldi. 2 hafta oldin sovuq qotgandan keyin kasallangan. Ko’z yosh oqishi, ko’zlarda og’riq, keyin esa bo’g’imlarda shish kuzatilgan. Tana harorati ikki davomida yuqori bo’lgan. Ko’ruvda: blefarokonyuktivit belgilari, bo’g’imlar sohasida shish, yurak cho’qqisida sistolik shovqin. YQS-100 ta minutiga. EKG da: o’ng ko’krak ulanmalarida manfiy T tishcha. EChT-30 mm/s. АSLО-250, С reak. oqsil+, DFA–0,27. LOR konsultatsiyasi: surunkali tonzillit. Bemor so’zlariga ko’ra bunday holat ikki yildan beri kuz oyida kuzatilmoqda.
1. Yuqoridagi shikoyatlar va simptomlar kuzatiladigan kamida uchta kasallikni keltiring;

2. Dastlabki tashxis;

3. Ushbu kasallikning birlamchi profilaktikasi qanday olib boriladi;

4. UASh taktikasi va davolash tamoyillari;


_____________________________________________________________________________

6. Bemor 24 yoshli qiz, shikoyatlari: bo’g’imlarda og’riq, tana haroratining davriy ko’tarilishi, yo’tal, ko’ngil aynishi, qusish, ko’rish o’tkirligining pasayishi, teri qichishishi, soch to’kilishi. Bemor bir necha yildan beri kasal.Больная 24 лет, жалобы на боли в суставах, периодическое повышение температуры, кашель, тошноту, рвоту,

Obyektiv: umumiy ahvoli o’rta og’irlikda. Teri va shilliq qavatlari rangpar. Yuzida eritematoz toshmalar. Quyosh nurida qavarchiqlar paydo bo’ladi. O’ng tomon pastki bo’limlarda to’mtoq tovush, auskultativ: susaygan vezikulyar nafas, sanoqli nam xirillashlar. Yurak chegaralari chap tomonga 1,5 sm kengaygan. Ps 90ta minutiga. AQB 110/60 mm.sim.ust. Yarali stomatit. Qorin yumshoq, epigastral sohada og’riqli. Jigar +4 sm.

UQA: Нb-60 g/l, er –2,5 mln, leyk.-4 ming. EChT-40 mm/ s. Qondagi mochevina - 10 mmol/l; kreatinin - 0,8 mmol/l. USA: nisbiy zichligi -1012, oqsil -2,65%, er -10-12, gialinli, donador silindrlar.

1. Yuqoridagi simptomlar kuzatiladigan kamida beshta kasallikni keltiring;

2. Dastlabki tashxis;

3. Ushbu patologiyaga xos bo’g’imlar zararlanish belgilaridan kamida uchta belgini sanab bering;

4. UASh taktikasi va davolash tamoyillari;


_________________________________________________________________________

7. Bemor 22 yosh, jismoniy harakatda xansirash, yurak urib ketishi, yurak sohasida og’riq, bo’g’imlarda og’riq, tana haroratining 37,5С gacha ko’tarilishiga shikoyat qiladi. Obyektiv: umumiy holati qoniqarli, lablar sianozi, o’pkalarda tarqalgan xushtaksimon quruq xirillashlar. Auskultativ: 1 ton kuchayishi, cho’qqida presistolik shovqin. Rentgenologik: kontrast modda yuborilganda qizilo’ngachning kichik radiusli ravoq bo’ylab og’ishi kuzatiladi. EKG: xilpiroq aritmiya.

1. Yuqoridagi shikoyatlar va simptomlar kuzatiladigan kamida uchta kasallikni keltiring;

2. Dastlabki tashxis;

3. Ushbu patologiyada bo’g’imlarning zararlanishini belgilovchi kamida uchta belgini keltiring;

4. UASh taktikasi va davolash tamoyillari;


_____________________________________________________________________________

8. Bemor 39 yoshli erkak, shikoyatlari: tana haroratining 39 C gacha ko’tarilishi, tovon va kaftlarning assimetrik polinevriti, mialgiya, AQB 200/140, uch oy ichida 10 kg ga ozish, yurak chap tomonga 2sm kengaygan, cho’qqida sistolik shovqin, Krulov bo’yicha jigar chegaralari 10-9-8 sm, taloq paypaslanmaydi.

QUA: Hb 125 g/l, leyk6,5*109 l, EChT42 mm/s, HbsAg musbat. USA: nisbiy zichligi 1014, oqsil 0,099‰, koptokcha filtratsiyasi 85ml/min. EKG: chap qorincha gipertrofiyasi, oldingi to’siq sohasida miokard o’choqli o’zgarishlari.

1. Yuqoridagi simptomlar kuzatiladigan kamida beshta kasallikni keltiring;

2. Dastlabki tashxis;

3. Ushbu patologiyaga xos kamida to’rtta sindromni sanab bering;



4. UASh taktikasi va davolash tamoyillari;
Yüklə 16,65 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin