Вегетатив аъзолар: илдиз ва унинг вазифаси



Yüklə 17,91 Kb.
səhifə1/2
tarix25.12.2023
ölçüsü17,91 Kb.
#197049
  1   2
botanika

Reja:




  1. Ildiz va uning xususiyatlari.

  2. Ildiz sistemasi va uning klassifikatsiyasi.

  3. Ildiz metomorfozi.

1. Ildiz o`sishi chegaralanmagan, asosiy vegetativ organ hisoblanadi. Ildiz rinevidlar, psilofitlar va moxsimonlardan tashqari barcha yuksak o`simliklar uchun xosdir. Bu o`simliklarda ildiz vazifasini rizoidlar bajaradi. Ildiz yuksak o`simliklarning ayrim vakillari: shumg`iya va zarpechakda bo`lmaydi. Ularning parazitlik bilan hayot kechirishi ildizni yo`qolishigi olib kelgan.


Ildiz poyadan quyidagi belgilari bilan farq qiladi:
1. Yerning magnit maydonining tortish kuchiga qarab intilib o`sadi.
2. Geotropizm xodisasi yaxshi ifodalangan.
3. O`sish konusi ildiz qini bilan o`ralgan.
4. Ildiz xech qachon barg hosil qilmaydi.
O`simlik hayotida ildiz quyidagi fiziologik va maxanik vazifani bajaradi.
1. Tuproqdan suv va unda erigan mineral moddalarni qabul qiladi. Bu vazifani ildizning birlamchi tuzilishga ega bo`lgan yosh qismlari, ildiz tukchalari va mikoriza xasil qilgan qismi amalga oshiradi.
2. O`simlikni tuproqqa biriktirib turadi. Natijada o`ziga xos mustaxkamlik amalga oshadi. Masalan 4 oylik makkajo`xorini sug`irib olish uchun 130 kg kuch kerak bo`ladi.
3. Organik moddalarni sintez qiladi.
4. O`simlikni tuproqdagi mikroorganizmlar bilan munosabati amalga oshadi.
5. Zapas oziq moddalarni to`planishiga xizmat qiladi. Masalan: sabzi, lavlagi, turp, sholg`omda va hokozo.
6. Vegetativ ko`payishga xizmat qiladi.
Ildizning tuproqda tarqalishiga qarab yuzada joylashgan, chuqurda joylashgan guruhlarga ajratish mumkin.
A. P. Modestov fikricha, makkajuxori, bug`doy, suli kabi o`simlik ildizlari 200-250 sm, kungaboqar va lavlagi 270-280, beda 10-15 m, yantoqda undan ham chuqurda joylashadi. Bir tup kuzgi bug`doy ildizi uzunligi 600 km, yon va ildiz tukchalari bilan birgalikda 10000 km uzunlikni 200 m2 yuzani tashkil qiladi.
Ildizning chuqurlikda joylashish xususiyatini o`simlikka agrotexnik ishlov berishda nazarda tutish lozim.
2. Ildiz sistemasini klassifikatsiya qilishda uning kelib chiqishi, shoxlanishi va morfologik tuzilishi nazarda tutiladi.
Kelib chiqishiga ko`ra ildizlar 3 guruhga bo`linadi. 1. Asosiy ildiz. 2. Yon ildiz. 3.Qo`shimcha ildizlar.
Asosiy ildiz urug`ning murtak qismidagi murtak ildizchasining rivojlanishidan hosil bo`ladi. Asosiy ildizdan hosil bo`ladigan ildizlarni birinchi tartibli yon ildizlar, birinchi tartiblidan hosil bo`lganlarni ikkinchi tartibli, uchinchi tartibli va hokazo. qushimcha ildizlar yer osti o`zgargan novdalar, piyozboshlar, tuganaklar va ildizpoyalardan hosil bo`ladi.
Asosiy, qushimcha va yon ildizlar o`simlikning ildiz sistemasini hosil qiladi. Tuzilishiga ko`ra o`q va popuk ildizlar hosil bo`ladi. O`q ildiz ikki pallali o`simliklar uchun xos bo`lib unda asosiy ilidz yaxshi rivojlangan bo`ladi. Popuk ildizda asosiy ildiz yaxshi rivojlanmaydi, uning o`rniga yon ildizlar taraqqiy etgan bo`ladi. Bunday ildizlar bir pallali o`simliklar uchun xosdir.
3. Ildiz metomorfoziga ildiz mevalar kiradi (sabzi, lavlagi, turp, sholg`om). Ildizmevalar 3 qismdan tuzilgan bo`ladi. Bosh, bo`yin va haqiqiy ildiz qismidan.
Ildizmevaning bosh qismida barg va bargli kurtaklar joylashgan bo`ladi. Morfologik nuqtai nazardan bu qism qisqargan poya bo`lib unda cheksiz barglar mutevka shaklida joylashadi. Ildizmevaning bo`yin qismi poyadan kelib chiqqan, silliq barg va ildiz hosil qilmaydi.
Ildizmevaning haqiqiy ildiz qismi boshqa qismlaridan ko`p miqdorda yon ildizlar hosil qilishi bilan farqlanadi.
Ikki yillik yovvoyi o`simliklar ildizmevalari tuproqda kishlab ikkinchi yili gul. meva va urug` hosil qiladi. Ildizmevalar anotomik tuzilishiga ko`ra bir kambiyli va ko`pkambiyli bo`ladi.
Bir kambiyli ildizmevalarning ayrimlarida zapas oziq moddalar ikkilamchi po`stlarida to`planadi (sabzida), ayrimlarida; masalan: turipda oziq moddalar ksilemada to`planadi.
Ko`p kambiyli ildizmevalar kandlavlagida hosil bo`ladi. Bunday tuzilishda ildizmevaning markazida kselma joylashib uni tashqi qismidan kambiy o`rab turadi. Kambiyni tashqi tomonidan floema o`rab turadi. Kandlovlagida uchlamchi tuzilishi xarakterli bo`lib, zapas oziq moddalar halqalarida to`planib boradi. Halqalar soni 8....10 tagacha bo`lishi mumkin. Bunday tuzilish tabiatda kam uchraydi. Uni sho`radoshlar oilasi vakillarida ham uchratish mumkin. Ildiztuganaklar yon va qo`shimcha ildizlarda zapas oziq moddalarni to`planishidan hosil bo`ladi. Tashqi ko`rinishiga ko`ra ildiz tuganaklari kartoshka tuganaklarini eslatadi, lekin ularda kurtakni yo`g`onlashgan qismi yo`qligi bilan farq qiladi. Kurtaklar faqat ildiz bo`yin qismida joylashadi. Ildiz tuganaklari faqat, kartoshka gul kabi o`simliklarda uchraydi.
Nafas oluvchi ildizlar tropik botqoqliklarda o`suvchi o`simliklarda hosil bo`ladi.
Havo ildizlari tropik o`rmonlarda o`suvchi o`simliklarda hosil bo`ladi. Bunday ildizlar qushimcha hosil bo`lib atmosferadan havo parlarini qabul qilib ba`zan tuproqqa borib taqaladi va o`simlikka suyanchiq vazifasini bajaradi.
Bunday ildizlar epifit o`simliklarda kam hosil bo`ladi. Epifit o`simlik deb boshqa o`simlik tanasidan substrat tarikasida foydalanadigan, parazitlik qilmay hayot kechiradigan o`simliklar tushuniladi. Masalan: uzum- tok, qo`ypechak. Ilashuvchi ildizlar havo ildizlarining o`zgarishi natijasida hosil bo`ladi. Bunday ildizlar tropik o`rmonlarida o`suvchi o`simliklarda hosil bo`lib, ko`pchilik lianalar ular vositasida tik o`suvchi daraxtlarga yopishib ularni vertikal tutib turadi.
Adabiyotlar:



Yüklə 17,91 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin