Vii va VIII bob fe’llari. Tayanch so’z va iboralar



Yüklə 18,78 Kb.
tarix12.06.2022
ölçüsü18,78 Kb.
#61300
9 maruza (2)


MAVZU 9. Egaga ta’sir qiluvchi yuklamalar.
Re’ja:
1.Egaga ta’sir qiluvchi yuklamalar.
2.Mutlaq inkor yuklamasi. VII va VIII bob fe’llari.
Tayanch so’z va iboralar: egaga ta’sir qiluvchi yuklamalar, ,inkor yuklamalari, masdar, sifatdosh, mayllar, modal so’zlar

Egaga ta’sir qiluvchiyuklamalar sodda yig'iq gaplarda eganing oldidan kelib, uni tushum kelishigida boshqaradi, kesim esa asl holida qoladi1:


إن yuklamasi gapdan ko'zlangan ma'noni ta'kidlash va kuchaytirish uchun qo'llanadi:
الجمل صبور.- Tuya chidamlidir.
إن الجملَ صبورٌ.Haqiqatda tuya chidamlidir.
أن yuklamasi to'ldiruvchi ergash gap bilan bosh gapni o'zaro biriktiruvchi ergashtiruvchi bog'lovchi vazifasida keladi, shu bilan birga o'zidan keyin kelayotgan so'zni tushum kelishigida boshqaradi:
بلغنى أن زيدا ذاهب – Bilishimcha, Zayd ketayotgan ekan.
كأن yuklamasi o'xshashlikniifodalaydi:
كأن زيدا الأسد – Zayd go'yo sherga o'xshaydi.
كأن الكتاب أستاذ – Kitob xuddi ustoz kabidir.
لكن yuklamasi gapdagi bir ma'noniikkinchi ma'noga zidlash uchun qo'llanadi:
امتنع المطر لكن السحاب كثير– Yomg'ir tindi, biroq hali bulut ko'p.
كثر البلح لكن الثمن مرتفع – Xurmo ko'payib ketdi, lekin narx hanuz qimmat.
لعل yuklamasi odatda (amalga oshishi mumkin bo'lgan) orzu-umidni va ehtimollikniifodalash uchun ishlatiladi.
لعل المنزل قريب – Koshki, uy yaqin bo'lsa…
لعل البليد مجتهد – Ehtimol, tentak ham tirishqoq bo'lib qolar.
ليت yuklamasi ko'pincha (amalga oshishiimkonsiz bo'lgan) xohish-istakniifodalash uchun qo'llanadi:
ليت الشباب عائد – Koshki,yoshlik qaytib kelsa.
Ba'zan mazkur إن، أن، كأن، لكن، ليت، لعل yuklamalariga egani bosh kelishikda boshqaruvchiما yuklamasi(ما الكافة) qo'shilib keladi.
إن+ما tuzilishida vujudga kelganإنما yuklamasiistisno va cheklov ma'nolariniifodalaydi:
إنما الأعمال بالنيات Amallar niyatlarga bog'liqdir.
إنما أنت منذر من يخشاها Sen undan qo'rqadiganlarni ogohlantiruvchisan xolos.
أنما yuklamasiifodalaydigan ma'no ham إنما niki bilan bir xil, lekin qoidaga ko'ra أنما yuklamasi gapning o'rtasida keladi:
ستعلمون أنما يكافأ المُجِدّ Hali tirishqoq inson mukofotga sazovor bo'lishini bilib olasiz.
لكنما yuklamasi ma'nosi jihatidan لكن dan farq qilmaydi, grammatik jihatdangina bir-biridan farq qiladi:
الرجل بخيل ولكنما ابنه جواد (Bu) kishi xasis,lekin o'g'li saxiydir.
ليتما yuklamasi o'zidan keyin kelayotgan so'zni tushum va bosh kelishiklarda boshqarishi mumkin;
ليتما الناسَ منصفون Qani endi odamlar insofli bo'lishsa!...
ليتما الحياةُ خاليةٌ من الكدر Koshki, hayot dilxiraliklardan xoli bo'lsa!
لعل yuklamasi ayrim hollarda لعلما shaklida ham uchrashi mumkin:
لعلَّما الصناعةُ ناهضةٌ Ajabmaski, sanoat o'ssa.
كأنما yuklamasi ko'proq badi'iy adabiyotlarda o'xshatish ergash gapli qo'shma gaplar tarkibida uchraydi:
وما بَلَغْتُ بابها حتى شَهِدْتُ الناس يتزاحمون وَيَتَدَافَعون، كأنما همفي مَلْحَمَةٍ أو مَعْركةٍ حامية
Uning eshigi oldiga borganim hamonoq ko'rdimki, odamlar xuddi qirg'inbarot jang maydonidagidek bir-birlari bilan qirpichoq bo'lib yotibdilar.


1Hifni Nasif الدروس النحوية (Ad- durus an-nahviyya), Iskandariya, 2007 y. s-.469



Yüklə 18,78 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin