Virus va Antivirus dasturlar. Arxivatorlar



Yüklə 9,3 Kb.
səhifə1/4
tarix07.01.2024
ölçüsü9,3 Kb.
#205568
  1   2   3   4
Virus va Antivirus dasturlar mustaqil ish

Virus va Antivirus dasturlar. Arxivatorlar

Komilov Jasurbek Erkinjon o’g’li – Bugalteriya hisobi va audit

(Iqtisod – Axborot komplekslari va texnologiya fanidan mustaqil ishi)

Operatsion tizim mavjudki, albatta viruslar ham mavjuddir. Windows, linux, macos va hattoki telefonlardagi operatsion tizimlarda ham viruslar mavjud.

Virus – bu dasturchi tomonidan tuzilgan, kompyuter ish faoliyatini tekis ishlashiga halaqit beradigan, oqibatda kompyuterni yoqilishini ham taqiqlab qo‘yadigan dasturdir. Bu dasturlar asosan internet tarmog‘i orqali foydalanuvchi kompyuteriga tushadi. Albatta, bu dastur, internet foydalanuvchisi bilmagan holda o‘z kompyuterida paydo bo‘ladi.

Viruslar kompyuterlarda o‘zini har hil tutadi. Ba’zi birlari kompyuteringizni kerakmas fayllar bilan to‘ldirsa, yana ba’zilari operativ xotirani ko‘p qismini ishlatib, kompyuteringizni qotirib qo‘yadi, viruslarning bir qismi esa, kerakli fayllaringizni yoki tizim fayllarini o‘chirib sizga zarar yetkazadi. Shulardan saqlanish uchun viruslarning turini bilib olish lozim, ya’ni qaysi virus nima ish qiladi va bundan saqlanish o‘z o‘zidan kelib chiqadi. Quyida viruslarning 3ta turini sanab o’tamiz…

Troyanlar (Trojan Horses) – Qadimgi yunonlarning Troyaga yurishlari davrida qo‘llagan hiylasi, ya’ni troyaliklarni otga ishqiboz ekanligidan foydalanib, ularga katta yog‘och ot sovg‘a qilishlari va bu otning troyaliklar mag‘lubiyatiga olib kelishi voqeasidan olingan nom. Hozirda troya oti iborasi «hosiyatsiz sovg‘a” degan ma’noni bildiradi. Kompyuter va internet dunyosida troyanlar «hosiyatsiz programma” deb nomlanishi maqsadga muvofiq. Troyanlar odatda internet orqali tarqaladi. Troyanlar kompyuteringizga o‘rnashib olib, dastlab foydali programma sifatida o‘zlarini tanishtiradilar, lekin ularning asl vazifasi foydalanuvchiga noma’lumligicha qoladi. Yashirin ravishda ular o‘zlarining yaratuvchisi (cracker – yovuz haker) tomonidan belgilangan harakatlarni amalga oshiradilar. Troyanlar o‘z-o‘zidan ko‘paymaydi, lekin kompyuteringiz xavfsizligini ishdan chiqaradi: troyanlar kerakli ma’lumotlaringizni o‘chirib yuborishi, kompyuterdagi ma’lumotlarni kerakli manzilga jo‘natishi, kompyuteringizga internetdan ruxsatsiz ulanishlarni amalga oshirishi mumkin.


Yüklə 9,3 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin