Viruslar
Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Viruslar (lotincha:
virus — zahar) — faqatgina tirik hujayralarda ko
ʻpayib, oʻsimlik, hayvon va odamda
yuqumli kasallik qo
ʻzgʻatuvchi mikroorganizmlar. Oʻtmishda "Viruslar" termini har xil kasallik
qo
ʻzgʻatuvchilarga, ayniqsa nomaʼlum agentlarga nisbatan qoʻllanilgan. Fransuz olimi L. Paster bir qancha
kasalliklarning kelib chiqishida bakteriyalarning rolini isbotlab berganidan so
ʻng Viruslar tushunchasi
"mikrob" so
ʻzining sinonimi sifatida qoʻllanila boshlandi. Kasallik qoʻzgʻatuvchi bu ikki guruh agentlari,
ya
ʼni bakteriyalar bilan Viruslar oʻrtasidagi muhim farq rus olimi D. I. Ivanovskiy (1892) va keyinchalik
boshqalar tamaki mozaikasi hamda juft tuyoqli hayvonlarning oqsil kasali qo
ʻzgʻatuvchilari bakterial
suzg
ʻich (filtr)dan oʻtishini isbotlagach, aniqlandi.
Viruslar tabiatda keng tarqalgan, odam, hayvonlar va o
ʻsimliklarda har xil ogʻir kasalliklarni paydo qiladi.
Ular maxsus tarqatuvchi yoki mexanik yo
ʻl bilan tarqaladi. Koʻpchilik Viruslar yillab tiriklik xususiyatini
yo
ʻqotmaydi, qulay sharoitga (tirik hujayraga) tushib qolishi bilan kasallik qoʻzgʻata boshlaydi. Ayrim
Viruslar (mas., gripp Viruslar) tashqi muhitda o
ʻz xususiyatini yoʻqotadi. Viruslar qoʻzgʻatadigan
kasallikning paydo bo
ʻlishiga koʻpincha faqat bitta virus zarrasi sabab boʻlishi mumkin. Mas., bitta
poliomiyelit virusi zarrasi (molekulasi)dan bir necha soatda milliardlab Viruslar vujudga keladi.
Viruslarning ko
ʻpayishi sitoplazmadagi aminokislotalar bilan bogʻliq. Millionlab Viruslar molekulalari
yig
ʻindisi mikroskop ostida kristallar yoki X-tanachalar shaklida koʻrinadi. Kasallik holatini qoʻzgʻatish
xususiyati, kasallik qo
ʻzgʻovchi boshqa agentlarga nisbatan juda kichikligi va odatdagi sunʼiy ozuqali
muhitda rivojlanmasligi Viruslarning o
ʻziga xos xususiyatidir. Faqat baʼzi bakteriofaglar bundan mustasno,
ularni lab. sharoitida ko
ʻpaytirish mumkinligi isbotlangan. Lab.da oʻrganish imkoniyati boʻlgan barcha
Viruslar har xil fizik usullar bilan birmuncha aniq "o
ʻlchangan". Ularning diametri 10—300 mkm.
Tayoqcha, shar yoki ipsimon shaklda bo
ʻladi. Oʻsimlik va hayvonlarda kasallik qoʻzgʻatuvchi koʻpgina
Viruslar yumaloq shaklda. Bug
ʻdoy va beda mozaikasi Viruslar tashqi koʻrinishi bilan bakteriya tayoqchasi
yoki o
ʻqqa oʻxshaydi. Viruslar tuzilishini elektron mikroskop va rentgenda tadqiq qilish orqali baʼzi nozik
tarkibiy qismlari aniqlangan. Ularning hammasida ichki modda, asosan nuklein kislotadan iborat bo
ʻlib, u
oqsil qobiq bilan o
ʻralgan. Bir necha tur Viruslarning kimyoviy tarkibi oʻrganilgan, xolos. Vaksinalar
Viruslarning tuzilishi ham, chamasi oddiy bakteriyalarniki kabi murakkab. Uning tarkibida
nukleoproteinlar, uglevodlar va lipoidlar bor. Nuklein kislotasi dezvksiriboza shaklida, lipoidlar guruhi esa
xolesterol, fosfolipid va neytral moy ko
ʻrinishida uchraydi. Fitopatogen Viruslar tarkibida ribonuklein
kislota (RNK), hayvon va odamlarda kasallik qo
ʻzgʻatuvchi Viruslarda esa RNK yoki DNK
(dezoksiribonuklein kislota) bor. Ba
ʼzi Viruslar tozalangan preparatlar holida olinib, ularning bir qismi toza
haqiqiy kristallar (mas., tamaki nekrozining Viruslar), boshqalari esa suyuq kristallar (mas., tamaki
mozaikasi Viruslar) yoki shakleiz cho
ʻkmalar hosil qiladi. Viruslarni ajratib olish va tozalash uchun
ultratsentrifugalanadi, turli xil fizikkimyoviy usullardan foydalaniladi.
Viruslarning tasnifi (klassifikatsiyasi) va ularni ifodalaydigan belgilar hali qabul qilinmagan. Ularga ham
xuddi hayvonlar va o
ʻsimliklarga beriladigan tur va turkum nomi beriladi, xalq ifodalari, har xil
qisqartmalardan foydalaniladi, kasallanuvchi organizmning turkum nomi bilan atalib, yoniga raqam
qo
ʻyiladi yoki Viruslar morfologik, kimyoviy xossalari va reproduktiv xususiyatlariga binoan urug va
oilalarga birlashtiriladi. Viruslar urug
ʻining lotincha nomiga virus soʻzi (mas., Enterovirus), oilasi nomiga
viridae so
ʻzi (mas., Poxviridae) qoʻshilib yoziladi.
Viruslar organizmga har xil yo
ʻllar bilan kiradi, mas., Viruslar oʻsimlik hujayralariga chetdan faqat ular
shikastlanganida kirishi mumkin. Gripp Viruslar va b.da hujayra qobig
ʻini buzish xususiyatiga ega boʻlgan
fermentlari bor. Viruslar organizmga kirgach, infeksiyanint latent yoki yashirin davri boshlanadi. Ko
ʻpgina
Viruslar hujayralarda to
ʻplanib, hujayra ichida oʻziga xos tarkibiy qismlar hosil qiladi (qarang Virusli
granullyoz). Viruslar bilan zararlangan o
ʻsimliklar, odatda, butun hayoti davomida infeksiya oʻchogʻi boʻlib
qoladi. Viruslar ekologik, biologikva b. omillar ta
ʼsirida vujudga keladigan kuchli oʻzgaruvchanlikka ega.
Viruslar tabiatda keng tarqalgan bo
ʻlib, ular juda koʻp xoʻjayinga ega. Asosan, soʻruvchi hasharotlar,
kanalar va nematodalar bilan tarqaladi. Ba
ʼzi Viruslar urugʻlar orqali tarqaladi va deyarli barcha Viruslar
kasal o
ʻsimlik jinssiz koʻpaytirilganda avlodga oʻtadi. Viruslarning patologik taʼsiri xilma-xil boʻlib, asosan,
ularning ko
ʻpayishidan xoʻjayin organizmida yuz beradigan oqsil va nuklein almashinuvining buzilishi
bilan belgilanadi (qarang Virusli kasalliklar). Viruslarni virusologiya fani o
ʻrganadi.
Virusologiya
Mikroorganizmlar
O
ʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
M etyuz R., Virusi rasteniy, per. s angl., M., 1973; Virusi i mikrobi v jizni rasteniy [Sb. st.),
Kishinev, 1981.
Abdukarim Zikiryoev.
Ushbu maqola chaladir. Siz uni boyitib, (https://uz.wikipedia.org/w/index.php?title=Viru
slar&action=edit) Vikipediyaga yordam berishingiz mumkin.
Bu andozani aniqrog
ʻiga almashtirish kerak.
"https://uz.wikipedia.org/w/index.php?title=Viruslar&oldid=2515516" dan olindi
Bu sahifa oxirgi marta 11-Aprel 2022, 20:52 da tahrir qilingan.
Matn Creative Commons Attribution-ShareAlike litsenziyasi bo
ʻyicha ommalashtirilmoqda, alohida holatlarda
qo
ʻshimcha shartlar amal qilishi mumkin (batafsil).
Yana q.
Adabiyotlar