CENTRAL
ASIAN ACADEMIC JOURNAL
OF SCIENTIFIC RESEARCH
ISSN: 2181-2489
VOLUME 2
ǀ ISSUE 4
ǀ 2022
Scientific Journal Impact Factor (SJIF 2022=4.63)
Passport:
http://sjifactor.com/passport.php?id=22230
198
UZBEKISTAN |
www.caajsr.uz
ZULFIYA IJODIDA OKKOZIONAL SO`ZLAR DERIVATSIYASI VA
KONTEKSTUAL SINONIMLAR
Hilolaxon Ilxom qizi Umarova
Quva tumani 1-umumta’lim maktabi o`qituvchisi
Hilolaxonu@gmail.com
ANNOTATSIYA
Ushbu maqola okkozionalizm tadqiqiga bag`ishlangan bo`lib, okkozional
so`zlarning
vujudga kelishi, okkozional derivatsiya Zulfiya ijodi misolida tadqiq
etilgan.
Shuningdek, Zulfiya she’rlaridagi kontekstual sinonimlar ham
okkozionalizmlar bilan bog`liq holda tadqiq etilgan.
Kalit so`zlar: okkozionalizm, okkozional so`zlar,
derivatsiya, morfema,
derivatsiya, poetik nutq
DERIVATION OF OCCASIONAL WORDS AND CONTEXTUAL
SYNONYMS IN ZULFIYA'S WORK
ABSTRACT
This article is devoted to the study of occasionalism,
the formation of
occasional words, occasional derivation on the example of Zulfiya's work.
Contextual synonyms in Zulfiya's poems have also been studied in connection with
occasionalism.
Keywords: occasionalism,
occasional
words,
derivation,
morpheme,
derivation, poetic speech
KIRISH
Har bir ijodkor uslubida oʼziga xoslikni koʼrsatuvchi soʼzlar boʼlib, bu
okkozionalizm nomi bilan yuritiladi. Okkozionalizm nafaqat soʼz doirasida,
balki
morfemalar doirasida ham boʼlishi mumkin. Bunda ijodkor mavjud yoki mavjud
boʼlmagan
morfemalardan foydalanib, yangi hech qayerda uchramaydigan,
takrorlanmas yasama soʼzlarni hosil qilishi nazarda tutiladi.
ASOSIY QISM
Okkozionalizm atamasi lotincha “occasonalis” soʼzidan olingan boʼlib,
lugʼaviy maʼnosiga koʼra “tasodifiy” degan tushunchani bildiradi. Lingvistikaga oid
lugʼatlarda unga quyidagicha taʼrif beriladi: “Umum
tomonidan qabul qilingan