Windows 7 OTda dasturlardan foydalanishni cheklash siyosati Kirish: Kompyuterda qoʼshimcha dasturlardan foydalanilganda kompyuter qurilmasini ruxsat etilgan dasturlarni aniqlash orqali uni begona noaniq dasturlardan himoya qilish imkonini yaratish kerak boʼladi. Buni taʼminlash uchun har bir foydalanuvchi oʼz OT ning dasturlardan foydalanishning cheklanganlik siyosatini sozlashi kerak boʼladi.
Ishdan maqsad: Dasturlardan foydalanishning cheklanganlik siyosati haqida amaliy koʼnikmalarni xosil qilish.
Kerakli jixozlar: Kompyuter, Windows 7 OT, printer, daftar, А4 formatdagi oq qogʼoz.
Har bir tinglovchi uchun ishchi stantsiya ajratilgan kompьyuter sinfi;
Mahalliy (lokal) xisoblash tarmogʼi;
Oʼrnatilgan Windows7operatsion tizimi.
Qisqacha nazariy maʼlumot: Windows muhitida ishlash uchun MMS ishlatiladi. Аsosan Windows sistemasida hamma uchun boshkaruv interfeyslarini taʼminlaydigan asbob-uskunalarni chaqirish uchun moʼljallangan. MMSda xavfsizlik lokal paramertlarini oʼrnatish uchun secpol. msc ni buyruqlar qatoridan tanlash lozim.
Lokalnaya politika bezopasnosti oynasi ochilgandan soʼng Politiki organichennogo ispolzovaniya programm boʼlimidan Dopolnitelniy pravila boʼlimini tanlaymiz.
Dopolnitelniy pravila boʼlimi tanlangandan soʼng, ekranning oʼng tomonida oyna hosil boʼladi. Bu oynada sichqonchani oʼng tugmasini bosish orqali Sozdat pravilo dlya puti... boʼlimini tanlaymiz.
Sozdanie pravilo dlya putioynasidan biz Put boʼlimidan Obzor tugmasini bosib, kerakli faylni tanlab OK tugmasini bosamiz.
C:\Program Files\AIMP3\AIMP3.exefaylining xavfsizlik darajasi (Uroven bezopasnosti) Zapresheno ekanligini koʻrishimiz mumkin. AIMP3.exe faylini xavfsizlik darajasini tekshirib koʻrishimiz uchun esa, kompyuterni qayta yuklashimiz (Perezagruzka) kerak boʻladi.
Kompyuter qayta yuklangandan keyin AIMP3.exe fayliga murojat qilganimizda, faylga xavfsizlik darajasi oʻrnatilganligini koʻrishimiz mumkin.
Windows 7 Professionalda dasturlardan foydalanishning cheklangan siyosati lokal kompyuterda dasturiy taʼminotni ishga tushirish imkoniyatini beradi.
Dasturlardan foydalanishning cheklanganlik siyosati paramertlarini tahlil qilish. Dasturlardan foydalanishning cheklanganlik siyosati yordamida kompyuter qurilmasini ruxsat etilgan dasturlarni aniqlash orqali uni begona noaniq dasturlardan himoya qilish imkonini beradi. Bunday siyosatda xesh uchun, sertifikat uchun, yoʻnalish uchun va internet muhiti uchun qoidalar yordamida aniqlanadi.
Dasturiy taʼminot ikki bosqichda amalga oshiriladi: cheklanmagan va cheklangan.
Dasturlardan foydalanishning cheklanganlik siyosatlari ishonchsiz dasturlar va nomaʼlum dasturlar ishlatilishini tekshiradi. Tashkilotlarda tekshirilgan va juda yaxshi maʼlum va mashhur dasturlari ishlatiladi. Administratorlarda qoʻllab-quvvatlash xizmati bu dasturlarni qoʻllab-quvvatlash uchun tashkil etilgan. Boshqa dasturlarning foydalanuvchilari ishga tushirilganida ular oʻrnatilgan dasturiy taʼminot bilan komplektga kelishi, berilgan sozlamalarni oʻzgartirishi yoki yeng yomoni viruslar boʻlishi yoki “troyanchilar” dasturini yoʻqotilgan tizimdan olishlari mumkin.
Ishni bajarish tartibi: Dasturlardan foydalanishning cheklanganlik siyosatlari orqali biror dastur ishlashiga (masalan, matn muharririga, oʻyin dasturlarga va x.k.) cheklov qoʻyish bajarilsin.