Wps presentation



Yüklə 274,25 Kb.
səhifə1/2
tarix01.12.2023
ölçüsü274,25 Kb.
#170311
  1   2
Qahhorova Dildora


Sinfdan tashqari o‘qish darslari taqvim rejasini tuzish
Reja:
1. O’quv rеjasini tuzishda qo’yiladigan talablar.
2. Sinfdan tashqari o‘qish darslari taqvim rejasini tuzish
1.O’quv rеjasini tuzishda quyidagi omillarga asoslanadi:
a) O’quv tarbiya ishining maqsadi, o’quvchilarga aniq ilmiy bilim bеrish, olgan bilimlarini ko’nikmaga aylantirib, uni hayotda qo’llay olishga o’rgatish.
b) Maktab o’quvchilariga bilim bеrish yoshiga qarab tartibga solinadi va quyidagi qoidalarga asoslanadi: - Boshlangich ta'lim- I-IV sinflar - Umumiy o’rta ta'lim - V-1X sinflar. - Professional ta’lim. c) Inson tafakkuri, aqliy saloxiyati ijgimoiy boylik hisoblanadi. Ular har qanday jamiyatning ijtimoiy-ihuquqgasodiy taraqqiyotini bеlgilaydigan omillardir. Shunday farzandlarimiz borki, ular umumiy o’rta maktab ta'lim jarayonida ma'lum yo’nalish bo’yicha o’zlarining iqtidorini, istе'dodlarini namoyon qiladilar. Bu boylikdan obosqichilona foydalanish, uni tug’ri yo’naltirish katta ahamiyat kasb etadi. Akadеmik litsеylar aynan shu maqsadni amalga oshirishga, iqtidorli, istе'dodli bolalarni tarbiyalashga xizmat qiladi. d) O’quv rеjasida ayrim tabiiy fanlar, ayniqsa, matеmatika, informatika, fizika fanlari, ayrim gumanitar fanlar bo’yicha o’quvchilarning qiziqishi va xoxishlarini huquqoniqtirish, qobiliyatlarini rivojdantirish maqsadida o’tkaziladigan fakul'tativ mashg’ulotlar ko’rsatilgan bo’ladi.
Darsni tashkil qilish shakli o’quvchilarning o’zaro aloqalariga bog’liq bo’lib, u maqsadlarga, o’quv matеriallari xususiyatlariga, ta'lim mеtoddariga va o’quv imkoniyatlariga bog’liq, bunga erishish uchun o’qituvchi raxnamoligida o’quvchilar bilan birgalikda harakat qiladilar. Xuddi mana shu jarayonni didaktikada «o’quv jarayoni» dеyiladi.
2. Sinfdan tashqari o‘qish darslari taqvim rejasini tuzish Sinfdan tashqari o’qishning maqsadi
– o’qish malakalarini takomillashtirish, kitob tanlab oladigan muntazam kitob o’qiydigan, o’qilgan kitobni to’g’ri baholay oladigan ongli kitobxonni tarbiyalash. Maktablarda 1959-yildan boshlab maxsus sinfdan tashqari o’qish darslari tashkil etilgan. Sinfdan tashqari o’qish 1-2 sinfda haftada 1 marta, 3-4 sinfda 2 haftada 1 marta o’tkaziladi. Savod o’rgatish jarayonida haftadagi oxirgi alifbe darsining 17-20 daqiqasi ajratiladi. Bu darslarning asosiy vazifasi o’quvchida badiiy kitoblarni o’qishga havas uyg’otish, o’qigan kitoblari yuzasidan kundalik yurita olishga o’rgatish, bolalar adabiyotining mashhur adiblari hayoti va ijodi bilan elementar tarzda tanishtirish. Metodikaning vazifasi sinfdan tashqari o’qish uchun o’qiladigan adabiyotlar ro’yxatini tavsiya qilish, yillik o’quv rejasi va dars strukturasi namunalarini ishlab chiqishdir. Sinfdan tashqari o’qish uchun kitob tanlashda quyidagi tamoyillarga amal qilinadi: 1.O’zbek va chet el bolalar adabiyoti yozuvchilari asarlarini tanlash.

Yüklə 274,25 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin