Xalq banki



Yüklə 4,23 Mb.
tarix20.10.2023
ölçüsü4,23 Mb.
#158132
Xalq banki

Xalq banki

Oʻzbekistonda birinchi bank muassasasi 1875-yil Toshkentda ochilgan Rossiya imperiyasi davlat bankning filiali boʻlgan. 19-asrning oxirida Turkistonda rus kapitali ishtirokidagi Oʻrta Osiyo aksiyadorlik banki (1881), Volgakama banki (1893), Rus-Xitoy (Rus-Osiyo) banki (1903), Azov-Don savdo banki (1910), Nijniy Novgorod-Samara banki (1899), Poltava Yer banki (1901)ning filial, boʻlim va agentliklari faoliyat olib bordi.

1995 — 96-yillarda „Asaka“ ixtisoslashtirilgan davlat-aksiyadorlik tijorat banki, „Aloqabank“ aksiyadorlik tijorat banki, „Toshkentijtimoiyuyjoy-bank“ aksiyadorlik tijorat banki, „Uzsayohatinvestbank“ Oʻzbekiston aksiyadorlik tijorat investitsiya banki va „Zamin“ ixtisoslashtirilgan davlat-aksiyadorlik ipoteka banklari tashkil etildi. „Oʻzdehqonsanoatbank“ aksiyadorlik tijorat banki „Paxtabank“ ixtisoslashtirilgan aksiyadorlik tijorat bankiga, „Oʻzjamgʻarmabank“ Xalq bankiga aylantirildi. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2015-yil 24-apreldagi “Aksiyadorlik jamiyatlarida zamonaviy korporativ boshqaruv uslublarini joriy etish chora-tadbirlari to'g'risida”gi PF-4720-sonli Farmoniga asosan bank nomi “Aksiyadorlik tijorat Xalq banki” nomiga o'zgartirildi

Umumiy bo`lim Hukumatning doimiy ravishda qo'llab-quvvatlashi tufayli Xalq bankining salohiyati yanada oshib bormoqda. Mustaqillik yillarida Xalq banki mamlakat iqtisodiyotining pul-kredit sohasidagi islohotlar jarayonida hukumatning moliya agenti sifatida faoliyat olib borib, zimmasiga yuklangan mas’uliyatli vazifalarni doimiy ravishda ado etib kelmoqda. Bank o'z salohiyatini barqarorlashtirish, aholining ishonchini qozonish, mamlakat bank xizmatlari bozoridagi o'z mavqei va rolini mustahkamlash uchun barcha sa'y-harakatlarini safarbar etmoqda. Bugungi kunda Xalq banki O'zbekiston bank tizimining muhim bo'g'ini hisoblanadi. Uning 197 ta hududiy va tuman (shahar) filiallari, 100 ta bank xizmatlar ko'rsatish markazi 2931 ga yaqin kassalar iqtisodiyotning real sektoriga – kichik biznes subyektlari va aholiga keng qamrovli bank xizmatlarini ko'rsatib kelmoqda.

Xalq bankining asosiy vazifalaridan biri O'zbekistonning keksa fuqarolarini nafaqalar bilan o'z vaqtida ta'minlashdan iborat. O'zbekiston Respublikasi «Fuqarolarning jamg'arib boriladigan pensiya ta'minoti to'g'risida»gi Qonuniga asosan fuqarolarning davlat pensiya ta'minotiga qo'shimcha tariqasida jamg'arib boriladigan pensiya ta'minoti tizimi yo'lga qo'yilgan. Xalq banki yagona, o'z filiallarini bir-biri bilan bog'lovchi va yetarlicha himoyalovchi elektron baza yaratish uchun ko'p ishlarni amalga oshirdi. Xalq banki jamoasi doimiy ravishda o'z oldiga yangi strategik maqsad va vazifalarni qo'yib keladi. Ayni paytda mazkur qadam mijozlarga xizmat ko'rsatishning sifat jihatidan yangi darajasiga chiqishga, raqobatbardosh pozitsiyaga erishishga, investitsion jozibadorlikni ta'minlashga, boshqaruv va texnologik jarayonlarni modernizatsiyalash hisobiga moliya xizmatlar bozorida qator ko'rsatkichlar bo'yicha peshqadam pozitsiyani egallashga xizmat qilmoqda.

O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2015-yil 24-apreldagi “Aksiyadorlik jamiyatlarida zamonaviy korporativ boshqaruv uslublarini joriy etish chora-tadbirlari to'g'risida”gi PF-4720-sonli Farmoniga asosan bank nomi “Aksiyadorlik tijorat Xalq banki” nomiga o'zgartirildi.O'zbekiston Respublikasi Hukumatining 1995-yil 4-oktabrdagi Qaroriga asosan «O'zjamg'armabank» Davlat-tijorat Xalq banki etib qayta tashkil etildi.Aksiyadorlik tijorat Xalq banki O'zbekistonning qadimiy banklaridan biri hisoblanadi. Toshkentda birlamchi jamg'arma kassalar 1875-yilda tashkil etilgan.Xalq banki Oʻzbekiston moliya bozorida oʻz mavqeini yanada mustahkamlash maqsadida 2019-yilda koʻrsatilayotgan moliyaviy xizmatlar sifatini xalqaro standartlar darajasiga koʻtarishda innovatsion yangilanishlarga jadallik bilan kirishdi. Yaʼni bank oʻz-oʻzini yangilab, transformatsiyani izchillik bilan amaliyotga tatbiq etyapti.Bu kabi oʻzgarishlar samarasi Xalq banki ustav kapitali oʻsishida ham yaqqol namoyon boʻlmoqda. Jumladan, bank ustav kapitali qoʻshimcha 227,9 mln. AQSH dollariga ortdi.

Kredit shartnomasi

E’tiboringiz uchun raxmat

Bajardi: Xurramov Sherbek


Yüklə 4,23 Mb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin