O`quvchilarga pedagogik-psixologik xizmat kursatish orqali o`quv jarayoniga ijobiy munosabatni shakllantirish.
REJA
kIRISH
I BOB. Xalq ta`limi tizimida pedagogik-psixologik xizmat, uning maqsadi va vazifalari. a) Ta’lim jarayonida kuzatish va eksperiment metodlaridan foydalanish.
b) Ta’lim jarayonida suhbat, anketa va matematik statistika metodlaridan foydalanish.
II BOB Maktabda psixologik xizmatning tashkil qilinishi va psixologning o`qituvchi bilan hamkorligi. a) Pedagogik-psixologik konsiliumning maqsad va vazifalari. b) Psixologik-pedagogik konsilium funksiyalari. XULOSA FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR ILOVA
KIRISH
Maktabdagi psixologik xizmat respublika xalq ta`limi tizimidagi ixtisoslashtirilgan bo`lim bo`lib, uning asosiy vazifasi maktabdagi psixologik xizmat konstepstiyasi va psixologik xizmat to`g`risidagi nizomga binoan har bir bolaning psixik va shaxsiy tomondan to`ra rivojlanishiga yordam beradigan sharoitlarni ta`minlashdan iboratdir. Bunday sharoitlarni yaratmaslik o`quvchilarning yosh va individual imkoniyatlarini o`z vaqtida ishga solishga halaqit beradi va psixologik-pedagogik korrekstiya zarurligiga olib keladi.
Maktabdagi psixologik xizmat faoliyatining asosiy yo`nalishlarini quyidagicha ko`rsatish mumkin:
a) psixologik oqartuv ishlari; b) psixoprofilaktika; v) psixodiagnostika; g) psixik rivojlanish va psixokorrekstiya; d) psixologik maslahat; e) psixologik trening. a) Psixologik oqartuv ishlari-maktabning pedagogik jamoasini, o`quvchilarini va ota-onalarini psixologik bilimlarini egallashga jalb etishdan, o`quvchilar va ota-onalarning psixologik madaniyatini oshirish maqsadida turli ma`ruzalarni uyushtirish lozimdir.
b) Psixoprofilaktika-pedagog va ota-onalarda bolalarning har bir yosh davridagi psixik taraqqiyoti haqidagi psixologik bilimlarni egallash ehtiyojlarini tarkib toptirishga va bu bilimlarni bola shaxsining kamol topishi hamda aqliy taraqqiyotida izdan chiqishi mumkin bo`lgan har qanday imkoniyatlarning o`z vaqtida oldini olishga qaratilishi lozim.
v) Psixodiagnostika-maktab yoshi davrida psixologik-pedagogik tomondan chuqur o`rganib, ularning yakka psixologik xususiyatlarini ko`rsatib, mashg`ulot, o`qish hamda xulq-atvoridagi nuqsonlarning sabablarini aniqlab berishga qaratilishi lozim.
g) Psixik rivojlanish va psixokorrekstiya;
d) Psixologik maslahat-ishlari o`qituvchilar, ota-onalar, o`quvchilarning shaxsiy ishlari, kasbi va shu kabi boshqa aniq hayotiy muammolariga yordam berishga qaratiladi. Maktabdagi psixologik xizmatning asosiy vazifalari-tadqiqot ishlari, amaliy ishlar va tashviqot ishlaridan iborat o`nta vazifadan tashkil topadi.
e) Psixologik trening:
Trening boshlanishidan avval trening qatnashuvchilari tomonidan o`zining chaqiruv (karton qog`ozcha)lari to`ldiriladi, ya`ni treningda foydalaniladigan ismini yozadi.
Qatnashuvchi o`zini xohlagan ismini, do`stini yoki tanishlaridan birini ismini, taniqli siyosatchi yoki taniqli san`atkorimi, yoki bo`lmasa sizga yoqqan mashhur insonning ismimi, kim bo`lishidan qat`iy nazar tanlashda erkinlik mavjud. Ismi katta harflar bilan aniq qilib yoziladi, chaqiruvchi kiyimi ustiga to`g`nag`ich bilan shunday qistiriladiki, uni hamma ko`ra olishi va oson o`qiy olishi kerak. Shu paytdan boshlab, treningda qatnashuvchilar trening davomida bir-birlariga shu ism bilan murojaat qiladilar. Qatnashuvchilar bir-birlari bilan tanishib olishlari uchun, rahbar yoki o`yinni olib boruvchi, trener, 3-5 daqiqa vaqt ajratishi lozim.
I BOB. Xalq ta`limi tizimida pedagogik-psixologik xizmat, uning maqsadi va vazifalari. Xalq ta`limi Vazirligi qoshidagi psixologik xizmat markazi psixologik xizmatini tashkil etish va boshqarishga muvofiqlashgan markaz tariqasida xizmat qiladi. bu markaz tarkibida psixologlar, pedagoglar va tibbiy xodimlardan iborat 3-5 kishilik doimiy ishlaydigan xodimlar bo`lishi zarurdir.
Viloyat xalq ta`limi boshqarmalari, Qoraqalpog`iston xalq ta`limi Vazirligi va Toshkent shahar xalq ta`limi boshqarmasi qoshidagi psixologik xizmat bo`limlari o`z hududlaridagi psixologik xizmatlarni tashkil etish va ularni nazorat qilish vazifalarini bajaradi. Bu bo`limlar 2-3 kishilik xizmat xodimlariga ega bo`lishi kerak.
Tuman, shahar xalq ta`limi qoshidagi psixologik xizmat xonalari tajriba almashish, o`z hududidagi psixologik xizmatlarni birlashtirish vazifalarini bajaradi. Bunday xonalar 2 kishilik xizmat xodimiga ega bo`lishi zarur.
Bu tizimni amaliy ravishda joriy etish maktablaridagi ta`lim-tarbiya jarayonini tubdan takomillashtirish imkoniyatini beradi, bu esa mustaqil O`zbekiston Respublikasining xalq ta`limi haqidagi konstepstiyasi, yangi qonun, milliy maktablar haqidagi qonuni amalga oshirishni, yanada yaxshiroq ta`minlagan bo`lur edi.
a) Ta’lim jarayonida kuzatish va eksperiment metodlaridan foydalanish.
Kuzatish metodi: bu metod yordamida shaxs va jamoaning turli xil xayot va faoliyat sharoitida bolaning his-tuyg`usi, hatti-harakat va xulqini tashqi ifodasi o`rganiladi. Sinchiklab va har tomonlama kuzatish yo`li bilan to`plangan materiallarni analiz qilish orqali bevosita idrok etish mumkin bo`lmagan turli psixik komponentlar, tafakkur va tuyg`ular, munosabatlar va motilar aniqlanadi. Bular bola shaxsi va jamoa psixologiyasining rivojlanishiga oid bo`lgan xarakterli tendenstiyalarni bilib olishgi, ularni boshqarish yo`llarini belgilashga, bola shaxsida estetik, axloqiy va psixologik sifatlarni shakllantirishga yordam beradi.
Kuzatishlar predmetlari psixikaning turli ko`rinishlari: psixik jarayonlar, psixik holatlar, shaxsning psixik xususiyatlari bo`lishi mumkin. Bu metod darsni psixologik analiz qilishda, o`quvchiga psixologik-pedagogik xarakteristika tuzish uchun asosiy materialini olishda yordam beradi. Kuzatish ma`lum dasturda olib borsagina samarali bo`ladi. Kuzatish hodisalarni yoppasiga kuzatish va tanlab kuzatish turlariga bo`linadi.
Yoppasiga kuzatganda, ma`lum vaqt ichida hamma psixik jarayonlarning ifodalanishi qayd qilinadi (darsda, uy vazifasini bajarishda, biror to`garakda qatnashishda va hokazo).
Tanlab kuzatganda, o`rganilayotgan maqsadga taaluqli narsalargina qayd qilinadi. Kuzatilganda hodisalarni yozib olish bilan bir qatorda, uni suratga olish, kinoga olish, ovozni yozib olishdan ham foydalaniladi. Yuqorida aytilganidek, o`rganilayotgan kishilarning xatti-harakatini tabiiy holda qayd qilish uchun kuzatilayotganlarga kuzatishni sezdirmaslik kerak.
Kuzatish natijalarini aniq, ob`ektiv miqdor va sifat ko`rsatkichlarida ifodalab bo`lmaydi. hozirgi zamon psixologik tadqiqotlarda kuzatish yo`li (bilan o`zidagi psixik) tabiiy eksperiment metodi bilan birlashib ketmoqda.
Psixologiyada o`z-o`zini kuzatish metodidan ham foydalanishadi. Tadqiqotchi o`z-o`zini kuzatish (metodidan ham foydalaniladi) yo`li bilan o`zidagi psixik hodisalarni tekshiradi. O`z-o`zini kuzatish metodida kishining ko`rgan va eshitgani, xis qilayotgani, nimaga qiziqayotgani, nimani xohlayotgani va boshqalar haqida og`zaki gapirib berish formasidan foydalanish mumkin. O`z-o`zini kuzatish metodidan odamning psixik xususiyatlarini o`rganish maqsadida qilinadigan suhbatning tarkibiy qismi sifatida foydalaniladi.