Xavflarning kvantifikatsiyalarining soni, balli va boshqa usullarini taxlil qilish
XAVFLARNING KVANTIFIKATSIYALARINING SONI, BALLI VA BOSHQA USULLARINI TAXLIL QILISH
Reja:
IKirish
II.Asosiy qism
Xavflar taksonomiyasi;
Xavflar kvantifikatsiyasi;
Sabablar va oqibatlar;
Tavakkal nazariyasining asosiy qoidalari.
IIIXulosa
IV.Foydalanilgam adabiyotlar
Xavf–hayotiy faoliyat xavfsizligi fanining markaziy tushunchasidir. Bunda bevosita va bilvosita kishi sog‘lig‘iga salbiy tasir qiladigan yoki ko‘ngilsiz oqibatlarga olib keladigan voqea, hodisa, jarayon va obektlar tushuniladi. Analiz maqsadiga qarab havfni harakterlovchi belgilar miqdorini oshirish yoki kamaytirish mumkin.
Energiyasi mavjud kimyoviy yoki biologik aktiv moddalarda xavf har doim yashiringandir.
Xavflar taksonomiyasi.
Taksonomiya – bu murakkab xodisalarni, tushunchalarni kishi faoliyatiga qaratilgan narsalarni, turkumlash va sistemalash haqidagi fandir.U faoliyat havfsizligi sohasida nazariy bilimlarni uyushtirishda, xavflarni tartibini yanada chukurroq o‘rganishda katta ahamiyatga ega.Taksonomiya bu yangi fan bo‘lib, xali to‘la ishlab chiqilmagan, shuning uchun hozirgi ishlab chiqilgan qismlarni ko‘rib chiqamiz.
a) kelib chiqishi bo‘yicha xavflar tabiiy, texnik, ekologik va aralash bo‘ladi. Rasmiy standartga asoslanib xavflar xili bo‘yicha fizik, kimyoviy, biologik va ruhiy bo‘ladi. Salbiy oqibatlarni ro‘y berishi bo‘yicha xavflar impulsiv (yani beixtiyoriy harakat) va kumulyativ (to‘satdan bo‘luvchi) turlariga bo‘linadi.
b) xavfni tarqalishiga yo‘l qo‘ymaslik bo‘yicha litosfera, gidrosfera, atmosfera va koinot bilan bog‘liq bo‘ladi.