Ish maydonning pastki qismda xususiyatlar inspektori paneli joylashgan. Agar ish maydonida biror-bir obyekt tanlanmagan bo`lsa yoki obyektlar umuman bo`lmasa, u holda xususiyatlar inspektori faqat rolikning umumiy xosslarini ko`rsatadi. Birob-bir obyektni tanlanganda xususiyatlar inspektori formati avtomatik ravishda o`zgaradai. Xususiyatlar inspektori paneli interfeysdan ajratib olish va uni ixtiyoriy qismida joylashtirish mumkin.
3-rasm.Xususiyatlarinspektoripaneli Bu holda xususiyatlar inspektori paneli quyidagi elementlardan tashkil tongan bo`ladi:
Size (o`lcham) tugmasi, bu tugma ish stolini (Flash-rolikni ko`rish uchun sahna o`lchami) joriy o`lchamni ko`rsatadi. Bu tugma bosilganda qo`shimcha DocumentProperties (hujjat xossalari) muloqot oynasi ochiladi, uning yordamida ish stoli o`lchamini o`zgartirish va boshqa qo`shimcha parametrarni o`rnatish mumkin;
Publish(Публиковать) tugmasi, bu tugma bosilganda rolikni avval o`rnatilgan parametrlari bilan birga publikatsiyasi (namoyishi) amalga oshiriladi. Rolikni publikatsiyasi Flash-rolikini FLA-formatidan SWF-formatiga konvertatsiya qilishdan iboratdir, bundan tashqari avtomatik ravishda rolikdan iborat Web-saxifa (HTML-fayl)
yaratiladi. Tugmada nublikatsiyani asosiy parametrlaridan biri- Flash-Player varianti aks ettiriladi;
Background (Fon) tugmasi, bu tugma bosilganda rolik foni (ya’ni, ish stoli rangi)ni tanash uchun rang majmuasi oynasi ochiladi;
Frame Rate (Kadrlar tezligi) matn maydoni. Bu maydon yordamida animatsiyani kadrlari almashish chastotasini o`rnatilishi mumkin (chastota sekund/kadr - frame per second, fps bilan o`lchanadi);
so`roq belgisi [?] tasviri tushirilgan tugma, HTML-xujjat formatidagi kontekst ma’lumotnomani chaqirish uchun xizmat qiladi;
yulduzcha tasviri tushirilgan tugma, bu tugma bosilganda Accessibility (Dostunnost) paneli ochiladi, bu panel rolikning barcha elementlariga qo`shimcha parametrlarni o`rnatish uchun xizmat qiladi. Masalan, ovoz o`rniga ekranda paydo bo`luvchi tegishli yozuvlar va boshqalar.