Yangi hayot uchun, yangi O`zbekiston uchun!



Yüklə 6,03 Mb.
tarix09.09.2023
ölçüsü6,03 Mb.
#142152
Qorako`l pedagogika kolleji


Qorako`l pedagogika kolleji “Yangi hayot uchun, yangi O`zbekiston uchun!” shiori ostida o`tkazilgan bilimlar kuni tadbiri
B A Y O N N O M A S I
04.09.2023 Qorako`l tumani
Qatnashdilar:
Kollej direktori: D.Bebitov
O`.I.B.D.O`: X.Altiyev
Yoshlar yetakchisi: Yu.Ravshanova
Kollej kafedra mudiri: F.Qadamova
Qorako`l pedagogika kolleji o'qituvchilari va o’quvchilari.
Tadbir O’zbekiston Respublikasi davlat madhiyasi bilan boshlandi. Tadbir 8.30 da boshlandi. Tadbirimizda 2-kurslardan 120 nafar o’quvchilar ishtirok etdilar. Tadbirni Kollej direktori D.Bebitov ochib berdi. U barchani bugungi kun bilan tabriklab O’zbekiston mustaqilligining 32- yilligi va keyingi yillar ichida erishgan yutuqlar haqida gapirib o’tdi. O’quvchilar qalbiga Vatanni jonidan ortiq sevish tuyg’usini jo qilish, ularning ota-bobolaridan el yurtini qadrlash fazilatini o’rganishga odatlantirish ona Vatanga munosib o’g’il –qiz bo’lib o’sishlari to’g’risida gapirib o’tdi.
O`.I.B.D.O` X.Altiyev mamlakatimiz mustaqilligining 32 yilligi arafasida, o’tgan davr mobaynida bosib o’tilgan murakkab yo’limizga yana bir bor nazar tashlash, mustaqil taraqqiyotimiz davomida amalga oshirilgan ishlar, erishilgan natijalarni xolisona baholash va ularning mohiyati va ahamiyatini keng jamoatchilik ongi sururiga yetkazish maqsadga muvofiqligi haqida to’xtalib o’tdi.
Shundan so’ng kollejning ichki tartib qoidalari bilan o’quvchilarni tanishtib o’tdi va bu qoidalarga qat’iy rioya qilishga chaqirdi.
O’quvchilar sahna chiqishlari bilan tadbirga ko’tarinki ruh bahsh etishdi.Shundan so’ng o’quvchilar sinf xonalariga kirib 2023-2024 o’quv yilining 1 -kunida tashkil etiladigan mustaqillik darslariga qatnashdi, mustaqillik darsi davomida o’quvchilar
O’zbekiston Respublikasining Markaziy Osiyo mintaqasida olib borayotgan tinchlikparvar tashqi siyosati Yangi O’zbekiston demokratik o’zgarishlar, keng imkoniyatlar va amaliy ishlar mamlakatiga aylanmoqda, Fidoiy tadbirkorlarimiz – yangi O’zbekistonning madadkorlari, O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat
Mirziyoyevning mamlakatimiz mustaqilligining 32-yilligiga bag’ishlangan bayram tantanasidagi nutqining mazmuni va mohiyati bilan tanishib chiqdilar.
T adbir so’ngida vatanni madh etuvchi taronalar jarang sochdi. Tadbirimiz ko’tarinki ruhda yakunlanib barcha o’quvchilar mustaqillik darslariga kirishdi.
Kollej direktori: D.Bebitov
O`.I.B.D.O`: X.Altiyev
Yüklə 6,03 Mb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin