Yangi korxonalarni tashkil qilish asosida nima yotadi?



Yüklə 19,52 Kb.
səhifə1/3
tarix07.01.2024
ölçüsü19,52 Kb.
#202634
  1   2   3
Amaliy mashg2


Amaliy mashg’ulot

  1. Yangi korxonalarni tashkil qilish asosida nima yotadi?

Iqtisodiyotning jadal rivojlanishi va ishlab chiqarish kuchlarining o`sishi
faoliyat yuritayotgan korxonalardan tashqari, yangi korxonalarni tashkil qilish va
ishga tushirishga tayanadi. Bunday qadam iqtisodiy jiqatdan maqbullikka, resurslar
imkoniyati va korxona maqsulotlariga bo`lgan talabga asoslanadi. Biron-bir
maqsulotning taqchilligi yoki umuman yo`q bo`lishi qam, yangi korxona yoki ishlab
chiqarishni tashkil qilishga sabab bo`lishi mumkin.


  1. Qaysi omillar yangi korxona tashkil qilish zaruriyatini asoslab beradi?

Korxona mulkini shakllantirish manbalari:
1) Muassislarning pul va moddiy ko’rinishdagi badallari;
2) Mahsulot (ish, xizmat) sotishdan va boshqa turdagi faoliyatdan olingan daromadlar.
3) Qimmatbaho qog’ozlardan olingan daromadlar;
4) Banklar va boshqa kreditorlardan olingan kreditlar;
5) Byudjetdan olinuvchi mablag’lar (dotatsiya), kapital qo’yilmalar;
6) Korxona, tashkilot va fuqarolarning beg’araz va xayriya badallari, shuningdek, almashtirish?meros va sovg’a tariqasida olinuvchi mulk;


  1. Yangi korxonalarni tashkil qilishdan maqsad nima?

Yangi korxona tashkil qilishdan asosan quyidagi maqsadlar ko’zlanadi.
- iste’molchilar talab qilayotgan mahsulot ishlab chiqarishni ko’paytirish va uni sotishdan foyda (daromad) olish.
- ishlab chiqarishga ish bilan band bo’lmagan aholini jalb qilish va shu orqali ish bilan ta’minlashdagi ijtimoiy muammolarni xal qilish.
- ishlab chiqarishga mavjud qo’shimcha resurslarni jalb qilish.
- fan-texnika yutuqlaridan foydalangan holda yangi sanoat mahsulotlarini ishlab chiqarish.
- yakka tarzda yoki hamkorlikda faoliyat yuritish uchun kichik korxona (o’rtoqchilik kabi) tashkil qiluvchi alohida fuqarolar yoki shaxslar guruhi a’zolarining shaxsiy ehtiyojlarini qondirish.
- ishlab chiqarishni mustahkamlash va rivojlantirish hamda bozor muhitini kengaytirish.



  1. Yüklə 19,52 Kb.

    Dostları ilə paylaş:
  1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin