Yangi tovarlar uchun narx strategiyasi



Yüklə 19,2 Kb.
səhifə1/4
tarix04.06.2022
ölçüsü19,2 Kb.
#60643
  1   2   3   4
Yangi tovarlar uchun narx strategiyasi


YANGI TOVARLAR UCHUN NARX STRATEGIYASI


Past narxlar strategiyasi. Past narxlar strategiyasi tovarni sotib 
oluvchilar uning qiymatini idrok etadigan darajadan pastroq, ya’ni 
tovarni o‘z narxidan ko‘ra pastroq baholashni belgilashni ko‘zda tutadi. 
Bu strategiya tadbirkorlar tomonidan bankrotlikdan qochib, ishlab 
chiqarish quvvatini oshirib yuborganda, korxona o‘z mahsulotini bozor-
da uzoq vaqt mavjud bo‘lishini hisobga olmagan holatlarda qo‘llaniladi. 
Past narx strategiyasi sifatli o‘rtadan past (lekin yomon emas) 
tovarlarga nisbatan ham qo‘llaniladi va ularga uzoq muddatga past 
darajadagi narxni o‘rnatishni ko‘zda tutadi. 
Past narxlar strategiyasi, shuningdek, yangi tovarni bozorga olib 
chiqishda uni bozorga tez singib ketishi «yorib o‘tish», iloji boricha 
ko‘proq miqdordagi xaridorlarni qamrab olishi potensial raqobatchi-
larning bozorga kirishini cheklash yoki sekinlashtirish maqsadlarida 
narx belgilashda qo‘llaniladi. «Yorib o‘tish» strategiyasi bozorda o‘z 
o‘rnini mustahkamlab olgandan keyin narxni asta-sekin oshirib borishni 
ko‘zda tutadi. Bu strategiya: agar xaridorlar narx darajasiga yuqori 
ta’sirchanligi bilan xarakterlansa, ushbu tovar ommaviy ishlab 
chiqarilib, mahsulot birligiga xarajatlar ishlab chiqarish hajmi oshishi 
bilan tez pasaysa, agar raqobatchilarning ushbu korxona bilan 
taqqoslanganda xarajatlari ancha yuqori bo‘lsa va ular «narxlar urushi» 
dan qochish uchun o‘z narxlarini pasaytirmasalar muvaffaqiyatli bo‘lishi 
mumkin. 

Past narxlar strategiyasi yangi tovarni bozorga kiritish bosqichida 


uning sotilish istiqbolini aniqlash, narxning maqbul darajasini topish 
imkonini beradi, firmaga o‘zi hatto orzu qila olmaydigan bozorlarga 
kirishga ham imkoniyat berishi mumkin. 
Mahsulot birligini qoplashning past summasiga qaramasdan bu 
strategiyada savdoning hamma hajmini qoplab yuqori summa bilan 
ta’minlanadi. Past narxlar strategiyasi «tez» foyda olishdan ko‘ra uzoq 
vaqt foyda olishni ko‘zda tutadi. Yangi mahsulot ishlab chiqishga ketgan 
xarajatlar bu strategiyada «qaymog‘ini olish» strategiyasiga nisbatan 
ancha vaqt o‘tgandan keyin qoplanadi. 
Past narxlar strategiyasi bozorga tez «yorib kirish» maqsadida firma 
uchun xavfli bo‘lishi mumkin. Past narxlar firmaning ishlab chiqarish 
imkoniyatlaridan sezilarli oshib ketuvchi talabni keltirib chiqarishi 
mumkin. Shunday holat yuz berishi mumkinki, uning oqibatida firma 
narxni oshira olmasligi, natijada u moliyaviy yo‘qotishlarga duch kelishi 

mumkin. Past narxlar strategiyasi uzoq muddatli foydaga ziyon 


yetkazishi mumkin. 


Yüklə 19,2 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin