Yangi tovarlar uchun narx strategiyasi


O‘zgaruvchan narxlar strategiyasi



Yüklə 19,2 Kb.
səhifə3/4
tarix04.06.2022
ölçüsü19,2 Kb.
#60643
1   2   3   4
Yangi tovarlar uchun narx strategiyasi

O‘zgaruvchan narxlar strategiyasi. 
O‘zgaruvchan narxlar ko‘proq 
bozorda, individual bitimlar tuzilganda, uchraydi. O‘zgaruvchan narxlar 
zargarlik, osori atiqa (antikvar) buyumlar sotiladigan do‘konlarda 
foydalaniladi. Bunday narxlardan, shuningdek, sanoatga mo‘ljallangan 
(sanoat tovarlari) tovarlarda ham foydalaniladi. Masalan, mashina va 
uskunalarning lizing bozorlarida bir xil narx bo‘yicha tuziladigan 
shartnomalar kamdan kam uchraydi. Bu strategiyaga muvofiq korxona-
lar xaridorning savdolashishga qodirligiga yoki ularning xarid kuchiga 
bog‘liq holda bitta tovar yoki xizmatning narxini o‘zgartiradi. 
Savdolashishni biladigan xaridorlar buni bilmaydiganlarga nisbatan 
kamroq pul to‘laydilar. Zamonaviy raqobatli bozorlarda korxonalar 
o‘zgaruvchan narx strategiyasini yanada ko‘proq o‘tkazadilar. 

Imtiyozli narxlar strategiyasi. Bu strategiyaning mohiyati 
shundaki, sotuvchi (masalan universamda) eng xaridorgir tovarga 
me’yordagi bahosidan, hatto tannarxidan arzonroq narx belgilaydi. 
Savdo uchun bunday strategiyaning maqsadi – xaridorlarni ular ushbu 
arzon tovar bilan bir qatorda yana boshqa tovarlarni ham normal narxda 
sotib olish umidida do‘konga jalb etish, ishlab chiqaruvchilar uchun esa 
– hamma assortiment guruhiga xaridorlar qiziqishini orttirish. Do‘konlar 
bu strategiya bilan o‘z tovar aylanmalarini sezilarli orttirishga erisha-
dilar. 
Zarar ko‘rayotgan yetakchi qo‘yilgan maqsadini realizatsiya qilishi 

uchun tanlangan tovar narxlarga nisbatan o‘ta ta’sirchan odamlar 


tomonidan tez-tez xarid qilinadigan bo‘lishi kerak. Tovarni narxi oson 
eslab qolinadiganini (shakar, sut) tanlash lozim. Xaridorlar xaridlarini 
qaytara borib (bir narsani bir necha marta xarid qilib), shu do‘konga 
kelishga o‘rganib qolishi mumkin. Biroq shuni ham e’tiborga olish 
kerakki, tanlangan tovarlarni juda uzoq vaqt pasaytirilgan narxlarda 
sotish xaridorlarning bunday narxlar normal (tabiiy), deb qabul qilishiga 
olib kelishi mumkin. Imtiyozli narxlar strategiyasi uzoq vaqt uchun 
to‘g‘ri kelmasligi ana shundan kelib chiqadi.
Raqobat sharoitiga mo‘ljallangan narxlar strategiyalari quyidagilar-
ni o‘z ichiga oladi: 


Yüklə 19,2 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin