II QISM. DAVLAT XARIDLARINI AMALGA OSHRISHNING TARTIB-TAOMILLARI 6-BOB. ELEKTRON DO„KON ORQALI DAVLAT XARIDLARINI AMALGA OSHIRISH TARTIBI 6.1. Elektron do„kon tushunchasining mohiyati Elektron do‗kon maxsus talablar tatbiq etilmaydigan iste‘mol tovarlarining va boshqa tovarlarning (ishlarning, xizmatlarning) davlat xaridlarini amalga oshirish uchun mo‗ljallangan maxsus axborot portalidagi maxsus maydonchadir. Elektron do‗konda: bir shartnoma bo‗yicha bazaviy hisoblash miqdorining yigirma besh ming baravarigacha (budjet buyurtmachilari uchun bazaviy hisoblash miqdorining ikki ming besh yuz baravarigacha) qiymatdagi tovarlarning; bir shartnoma bo‗yicha bazaviy hisoblash miqdorining yuz baravarigacha (budjet buyurtmachilari uchun bazaviy hisoblash miqdorining ellik baravarigacha) qiymatdagi ishlarning, xizmatlarning davlat xaridlari amalga oshirilishi mumkin. Elektron do‗kon orqali budjet buyurtmachisi tomonidan ayni bir turdagi tovarlarning davlat xaridi bir moliya yili davomida bazaviy hisoblash miqdorining o‗n ming baravarigacha amalga oshirilishi mumkin. Elektron do‗kon orqali budjet buyurtmachisi tomonidan ayni bir turdagi ishlarning, xizmatlarning davlat xaridi bir moliya yili davomida bazaviy hisoblash miqdorining besh yuz baravarigacha (korporativ buyurtmachilar uchun bazaviy hisoblash miqdorining bir ming baravarigacha) amalga oshirilishi mumkin. Byudjet buyurtmachisi elektron do‗konda ishtirok etish uchun davlat xaridlari tizimida birja va Moliya vazirligi bilan yo‗lga qo‗yilgan axborot almashinuvi orqali avtomatik tarzda ro‗yxatdan o‗tkaziladi. Byudjet buyurtmachisi davlat xaridlari tizimida ro‗yxatdan o‗tgandan keyin, tashkilot nomiga birjaning Hisob-kitob kliring palatasida hisob varaq ochiladi. Korporativ buyurtmachi esa elektron davlat xaridlari tizimida ro‗yxatdan o‗tish uchun davlat xaridlari bo‗yicha maxsus portal – xarid.uzex.uz saytiga kiradi. Saytining o‗ng tomon tepa qismidagi
―Royxatdan otish‖ tugmasi bosiladi. Birjaning barcha savdo 75 platformalarida ro‗yxatdan o‗tishni ko‗zda tutuvchi sahifasida
―Elektron raqamli imzo bilan‖ doirasiga belgi qo‗yiladi. Davlat xaridlaridagi korporativ buyurtmachi tanlanadi. Oferta bilan tanishib chiqilgandan so‗ng,
―qabul qilaman‖ katagiga belgi qo‗yiladi va―Ro‗yxatdan o‗tish‖ tugmasi bosiladi. Ochilgan keyingi sahifada so‗ralgan ma‘lumotlar kataklari to‗ldiriladi va belgi qo‗yilib,
―Jo‗natish‖ tugmasi bosiladi