7.2. Auksionni o’tkazish tartibi Auksion davlat xaridlarining elektron tizimida boshlang’ich narxni qadam-baqadam pasaytirish yo’li bilan o’tkaziladi. Auksionni o’tkazish, kiritilgan ta‘minot summasiga muvofiq har bir lot bo’yicha auksiondan foydalanish, auksion g’oliblarini aniqlash, bitimni ro’yxatdan o’tkazish va shartnomani shakllantirish davlat xaridlarining elektron tizimi tomonidan avtomatik rejimda amalga oshiriladi. Davlat xaridlari tizimida ro’yxatdan o’tgandan so’ng, ishtirokchi Hisob-kitob kliring palatasiga avans to’lovini kiritadi. Bunda komission yig’imlar – shartnoma qiymatining 0,15% miqdoriga teng. Zakalat qiymati – boshlang‗ich narxining 3% ni tashkil etadi. Zakalat mablag’larini kiritmasdan siz elektron xaridlarida ishtirok etay olmaydi. Ishtirokchi elektron xaridlarda ishtirok etish uchun shaxsiy kabinetga elektron raqamli imzo yordamida kiradi. Har ikkala sayt bo‗yicha shaxsiy kabinetlar funktsional jihatdan o‗xshashdir. Elektron auksionda ishtirok etish uchun zarur lotni topish kerak bo’ladi. Buning uchun shaxsiy kabinetning o‗ng tomon burchakdagi ―Filtr ko‗rsatish‖ tugmasi bosiladi va ―Filtr bo’limiga o’tiladi.
Zarur parametrlar kiritiladi va Qidiruv tugmasi bosiladi. Qidirishni quyidagi parametrlar bo’yicha amalga oshirish mumkin:
lot raqami yoki nomi;
tovar kategoriyasi
ro’yxatdan tovar tanlash
o„rtacha summasi
hudud
tuman
buyurtmachining stir
muddati
Zarur lot tanlangandan so’ng siz bevosita onlayn auksionda ishtirok etishingiz mumkin. Har ikki yo’nalishda ham portalga joylashtirilgan lot 15 kun davomida faol bo’ladi. Shu vaqt mobaynida ishtirokchilar boshlang‗ich narxni 2% miqdorda bosqichma-bosqich pasaytirib borish yo’li bilan narx taklif qiladilar. Ishtirokchi tomonidan taklif etilgan narx boshlang‗ich narxdan 15% va undan past miqdorda bo’lsa, boshlang‗ich va taklif etilgan narx o’ rtasidagi farq qilayotgan qiymatda qo’svhimcha zakalat kiritilishi talab etiladi.
Agar auksionda bir nafar ishtirokchi ishtirok etgan bo’lsa yoki hech kim ishtirok etmagan bo’lsa, auksion o’tkazilmagan deb hisoblanadi va g’olib aniqlanmaydi. Davlat buyurtmachisi auksionni uch ish kuniga uzaytirishi yoki xaridni Qonun talablariga muvofiq elektron do’kon vositasida yoki eng yaxshi takliflarni tanlash orqali amalga oshirishi mumkin. Auksionni uzaytirish avvalgi auksion tamom bo’lgan paytdan e‘tiboran uch ish kuni ichida davlat buyurtmachisi tomonidan amalga oshiriladi.
Auksion uni otkazish haqidagi e‘londa ko’rsatilgan muddatda (sana va vaqt), biroq oxirgi taklif kelib tushgan vaqtdan so’ng besh minutdan kam bo’lmagan vaqtda tugagan deb hisoblanadi. Mazkur vaqt ichida yangi taklif berilgan taqdirda, ishtirokchilardan takliflarni qabul qilish muddati oxirgi taklif olingandan so’ng yana besh minutga uzaytiriladi. Bunda, auksionning tugash muddati operatorning ish kuni va ish vaqtiga to’g’ri kelishi lozim.
Ishtirokchi o’zi etkazib berishi mumkin bo’lgan tovar bo‗yicha buyurtmalarni qidirayotganda, tovarning etkazib berish shartlari, uning spetsifikasi va buyurtmachining alohida talablarini, albatta, ko’zdan kechirishi lozim. Agar ishtirokchi bu shartlarni bajara olmasa yoki tovar belgilangan talablarga mos kelmasa, u insofsiz ishtirokchilarningyagona reestriga kiritilishi mumkin.
Auksion natijasiga ko’ra buyurtmachi va etkazib beruvchining shaxsiy kabinetida elektron shaklda shartnoma shakllanadi. Buyurtmachi va ishtirokchi o‗rtasida elektron raqamli imzo yordamida tuzilgan shartnoma haqiqiy deb hisoblanadi Agar auksionda bir ishtirokchi yoki umuman hech kim ishtirok etmasa, auksion o‗tkazilmagan, deb hisoblanadi. Bunday hollarda buyurtmachi 3 kun ichida auksionni 5 kunga uzaytiradi.Bu holatda ham savdo bo’lib o’tmasa, buyurtmachi 10 kunlik tanlov o’tkazishi kerak bo’ladi.