Ii qism. Davlat xaridlarini amalga oshrishning tartib-taomillari 6-bob. Elektron do„kon orqali davlat xaridlarini amalga oshirish tartibi


Boshlang’ich narxni pasaytirish uchun o„tkaziladigan auksionning mohiyati va uni o„tkazish mezonlari



Yüklə 55,93 Kb.
səhifə4/14
tarix24.10.2023
ölçüsü55,93 Kb.
#160616
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14
DAV.XAR.Full

7.1. Boshlang’ich narxni pasaytirish uchun o„tkaziladigan auksionning mohiyati va uni o„tkazish mezonlari
Boshlang‗ich narxni pasaytirish uchun o’tkaziladigan auksion vositasidagi davlat xaridi quyidagi shartlar bir vaqtning o’zida bajarilgan taqdirda amalga oshiriladi:
 tovarning standart xususiyatlarga ega bo’lishi;
tovarning texnik, ekspluatatsiya qilinish xususiyatlarini va boshqa xususiyatlarini baholash hamda taqqoslash zarurati mavjud emasligi;
 tovarning qiymati bir shartnoma bo’yicha bazaviy hisoblash miqdorining yigirma besh ming baravarigacha (budjet buyurtmachilari uchun olti ming baravarigacha) bo’lgan miqdorini tashkil etishi kerak.
Xizmatlar va ishlarning davlat xaridi auksion ob‘ekti bo’la olmaydi. Auksion faqat elektron shaklda o’tkaziladi. Auksionda ishtirok etish uchun davlat buyurtmachisi maxsus axborot portali orqali davlat xaridlarining elektron tizimiga e‘lon joylashtiradi. Auksion o’tkazilishi to’g’risidagi e‘lon u amalga oshirilishidan kamida besh ish kuni avval joylashtirilishi kerak. Auksion o’tkazilishi to’g’risidagi e‘londa quyidagi ma‘lumotlar bo’lishi kerak:
 davlat buyurtmachisining nomi va manzili;
 auksionning birinchi va oxirgi kuni (auksion o‗tkaziladigan davr);
 auksion predmetining boshlang‗ich narxi;
 auksion predmeti va uning xususiyati (auksion predmetining tasnifi);
tovarning miqdori;
 tovarlarni yetkazib berish muddatlari va shartlari;
 tovarlar yetkazib beriladigan joy (manzil);
 tovarning amaldagi standart talabiga muvofiqligini tasdiqlovchi hujjat mavjudligi haqidagi talab;
 tovar majburiy sertifikatlashtirilishi talab etiladigan hollarda, muvofiqlik sertifikati va sanitariya-epidemiologik xulosa mavjudligi to‗g‗risidagi talab;
 zarur bo‗lganda, litsenziya, ruxsat etish xususiyatiga ega boshqa hujjat yoxud faoliyatni boshlagani haqidagi xabarnoma mavjudligi to‗g‗risidagi talab;
 tovarning o‗ziga xos xususiy parametrlarini ifodalovchi shartlar.
Auksion o‗tkazilishi to‗g‗risidagi e‘lonning va davlat buyurtmachisi buyurtmanomasining matniga auksion predmetiga taalluqli bo’lmagan va ishtirokchilar o‗rtasida raqobatni cheklaydigan talablarni kiritish taqiqlanadi. Maxsus axborot portali orqali davlat xaridlarining elektron tizimiga joylashtirilgan auksion o‗tkazilishi to‗g‗risidagi e‘lon avtomatik ravishda davlat buyurtmachisining buyurtmanomasi etib o’zgartiriladi.

Yüklə 55,93 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin