Ii qism. Davlat xaridlarini amalga oshrishning tartib-taomillari 6-bob. Elektron do„kon orqali davlat xaridlarini amalga oshirish tartibi


Elektron auksionda to’lovni o„tkazish va shartnoma shartlarini bajarilish tartibi



Yüklə 55,93 Kb.
səhifə6/14
tarix24.10.2023
ölçüsü55,93 Kb.
#160616
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14
DAV.XAR.Full

7.3. Elektron auksionda to’lovni o„tkazish va shartnoma shartlarini bajarilish tartibi
Buyurtmachi belgilangan muddatda to‗lovni amalga oshirmagan taqdirda, uning zakalat mablag’i 3 ish kunida Ijrochining Hisob-kitob kliring palatasidagi hisob varag‗iga o’tkaziladi. Ishtirokchi shartnoma bo‗yicha 100 % to‗lov o’tganligi haqidagi ma‘lumotni shaxsiy kabinet orqali ―Mening buyurtmalarim bo‗yicha shartnomalar ro’yxati‖ dan ko’rgandan so’ng tovar etkazib berishi kerak bo’ladi. Auksion tugaydigan vaqt kelganda portal auktsion o‗tkazilgan vaqt davomida berilgan takliflar orasida eng past narxni taklif qilgan taklifni avtomatik ravishda aniqlab oladi. Agar auksionda bir nafar ishtirokchi ishtirok etgan bo‗lsa yoki hech kim ishtirok etmagan bo’ lsa, auktsion o’tkazilmagan deb hisoblanadi va g’olib aniqlanmaydi, buyurtmachi auktsionni besh kunga uzaytiradi. Auksionni uzaytirish avvalgi auktsion tamom bo’lgan paytdan e‘tiboran uch kun ichida buyurtmachi tomonidan amalga oshiriladi. Auksionni uzaytirishda buyurtmachi boshlang‗ich narxni, texnik talablarni, xususiyatlarni yoki texnik topshiriqni qayta ko’rib chiqishga haqli. Tuzilgan shartnoma bo’yicha tovar etkazib berilganligi to’g’risida ma‘lumot taqdim etilmasa shartnoma bo’yicha tovarlarni etkazib berish muddati yakunlangandan so’ng 3 ish kuni mobaynida Hisob-kitob kliring palatasi byudjet va korporativ buyurtmachi tomonidan kiritilgan mablag‗larni qaytaradi, zakalat mablag’lari bundan mustasno. Sud yoki Davlat xaridlari sohasidagi shikoyatlarni ko’rib chiqish bo’yicha komissiyasining tegishli qarori qabul qilinguniga qadar buyurtmachi yoki ijrochining zakalatiga band qo’yadi.
8-MAVZU. ENG YAXSHI TAKLIFLARNI TANLASH
8.1. Eng yaxshi takliflarni tanlash tushunchasi va uni o„tkazish mezonlari.
Eng yaxshi takliflarni tanlash davlat xaridi quyidagi shartlar bir vaqtning o‗zida bajarilgan taqdirda amalga oshiriladi:  g‗olibni aniqlash mezonlari tovar (ish, xizmat) davlat xaridining nafaqat pul ifodasiga, balki miqdoriy va sifat bahosiga ham ega bo‗ladi;  tovarning (ishning, xizmatning) qiymati bir shartnoma bo‗yicha bazaviy hisoblash miqdorining yigirma besh ming baravarigacha (budjet buyurtmachilari uchun olti ming baravarigacha) bo‗lgan miqdorni tashkil etadi.
Agar O‗zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari va qarorlari, O‗zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari bilan davlat buyurtmachilariga tender o‗tkazmasdan xaridlarni amalga oshirish huquqi berilsa, xarid qilish tartib-taomili davlat xaridining summasidan qat‘i nazar tanlash orqali amalga oshiriladi. Bunda tovarlarning (ishlarning, xizmatlarning) qiymati bazaviy hisoblash miqdorining yigirma besh ming (budjet buyurtmachilari uchun olti ming) baravari miqdoridan oshgan hollarda davlat xaridiga doir texnik topshiriqlar qonunchilikda belgilangan tartibda ekspertiza uchun O‗zbekiston Respublikasi Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‗allikni qisqartirish vazirligi huzuridagi «Loyihalar va import kontraktlarini kompleks ekspertiza qilish markazi» davlat unitar korxonasiga kiritiladi. Tanlash majburiy tartibda elektron shaklda o‗tkaziladi. Davlat xaridini tanlash orqali amalga oshirish uchun davlat buyurtmachisining xodimlari orasidan kamida besh nafar a‘zodan iborat tarkibda xarid komissiyasi tuziladi. Tanlashni o‗tkazishda xarid komissiyasi a‘zolarining kamida uchdan ikki qismi hozir bo‗lishi lozim, har bir majlis va qabul qilingan qaror bayonnomalar bilan rasmiylashtirilishi kerak.



Yüklə 55,93 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin