Yarimo‘tkazgich diodlar va ular asosidagi qurilmalar xarakteristikalari



Yüklə 373,05 Kb.
səhifə1/5
tarix10.12.2022
ölçüsü373,05 Kb.
#73660
  1   2   3   4   5
Презентация1

Yarimo‘tkazgich diodlar va ular asosidagi qurilmalar xarakteristikalari.

  • Reja:
  • Yarim o’tkazgichli diodlar haqida umumiy malumotlar;
  • Yarim o’tkazgichlarning shartli belgilanishi ayrim formulalari hamda Ebers-Moll tenglamasi;
  • Tunnel va o’girilgan diodlar;
  • Stabilitronlar;
  • Fotodiodlar, nurlanuvchi diodlar, optronlar;

Yarim o’tkazgichli diodlar haqida umumiy malumotlar:

  • Yarimo’tkazgiclı diod deb bir (yoki bir necha) elektr o‘tishlarga ega ikki elektrodli elektron asbobga aytiladi. Diodlar radioelektron qurilmalarida ishlatilishi va bajaradigan vazifasiga muvofiq tasniflanadilar.
  • Barcha yarimo'tkazgich diodlarni ikki guruhga ajratish mumkin: to'g'rilovchi va maxsus vazifalarni bajaruvchi. To'g'rilovchi diodlar o'zgaruvchan tokni o'zgarmas tokka o'zgartirish uchun qo'llanadi. To'g'rilanuvchi tok shakli va chastotasiga bog'liq holda ular past chastotali, yuqori chastotali va impuls diodlarga ajratiladi. Maxsus vazifalarni bajaruvchi diodlarda p-n o'tishlarning turli elektrofizik xususiyatlaridan, m asa lan , teshilish hodisalaridan , fotoelektrik hodisalardan manfiy qarshilikka ega sohalari mavjudligidan va boshqalardan foydalaniladi. Maxsus vazifalarni bajaruvchi diodlar, xususan, o'zgarmas kuchlanishni barqarorlash, optik nurlanishni qayd etish, elektr sxemalarda signallarni shakllantirish va boshqa vazifalarni amalga oshirish uchun qo'llaniladi.

To’g’irlovchi diodlar:

  • To'g'rilovchi diodlar o'zgaruvchan kuchlanishli elektr manbalarni o'zgarmasga o'zgartirish uchun ishlatiladi. To'g'rilovchi diodlarning asosiy xususiyati bir tom oniam a o'tkazuvchanlikni namoyon qilishdan iborat. Diodga to'g'ri kuchlanish berilganda undan katta tok o'tadi, teskari kuchlanish berilganda esa, tok deyarli oqmaydi.
  • Past chastotalarda ishlovchi diodlar (past chastotali diodlar). Past chastotali to'g'rilovchi diodlarning asosiy vazifasi sanoat chastotali (50 Gs) o'zgaruvchan tokni o'zgarmas tokka o'zgartirishdan iborat. Bunda diod to'g'rilangan tokning yuqori qiymatini ta’minlashi zarur. To'g'rilovchi diodlar odatda kichik, o'rta va katta quvvatli diodlarga ajratiladi va mos ravishda 0,3 A gacha, 0,3 A dan 10 A gacha ham da 10 A dan katta toklarda ishlashga m o'ljallanadi. Past chastotali diodlarning p-n o'tish yuzasi boshqa diodlamikiga nisbatan kattaroq bo'ladi.

Yüklə 373,05 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin