Yarimo‘tkazgichli diodlarni tadqiq qilish



Yüklə 159,59 Kb.
tarix04.05.2023
ölçüsü159,59 Kb.
#107147
1-YARIMO‘TKAZGICHLI DIODLARNI TADQIQ QILISH




YARIMO‘TKAZGICHLI DIODLARNI TADQIQ QILISH

Ishdan maqsad:





  1. Yarim o‘tkazgichli diodning tuzilish va ishlash prinsipini o‘rganish;




  1. Yarim o‘tkazgichli diodning volt-amper xarakteristikasini (VAX) o‘rganish;




  1. Yarim o‘tkazgichli diodning VAXni olish, uning asosiy ko‘rsatkichlari bilan tanishish.

Nazariy qism:


Yarimo‘tkazgichli diodlar to‘g‘risida tushuncha

Yarimo‘tkazgichli diod elektr tokini bir tomonga o‘tkazuvchi ikki elektrodli elektron asbobdir. To‘g‘ri yo‘nalishda diodning qarshiligi kichik (ideal holda nol) teskari yonalishda esa katta (ideal holda cheksiz) bo‘ladi. Ko‘p hollarda diodni “to‘g‘rilagich” ham deb atashadi. Yarimo‘tkazgichli diodlar birinchi yarimo‘tkazgichli asboblardir.





1.1-rasm. Diodning belgilanishi va markirovkalanishi

Diodning musbat elektrodi – anodi A harfi bilan, manfiy elektrodi – katodi esa K harfi bilan belgilanadi. Odatda diodlarning anod va katodini aniqlab olish uchun, ularning katod qismiga ingichka chiziq chizilgan bo‘ladi.


Diodning tuzilishi. Agar p-tip va n-tip material bir-biriga birlashtirilsa, 1.2-rasmdagidek birikma hosil bo‘ladi.


p-tipdagi materialda elektr tashuvchi sifatida teshiklar, n-tipdagida esa elektronlar ishtirok etadi. Qarama-qarshi zaryadlarning tortishishi hisobiga p-tipdan teshiklarning bir qismi n-tomonga, n-tipdan esa elektronlarning bir qismi p-tomonga o’tadi.


1.2-rasm. Yarimo‘tkazgichli diodning hosil qilinishi

Ikkalasi ham birikish joyi tomon siljiganligi sababli teshiklar va elektronlar neytrallashish uchun qo‘shiladi va ionlarni hosil qiladi. Natijada, bu materiallarning birikish joyida p-n o‘tish yoki o‘tish baryeri sig‘imi deb nomlanuvchi manfiy va musbat ionlar hosil bo‘ladi (1.3-rasm).


1.3-rasm. Yarimo‘tkazgichli diodning tuzilishi


p tomonda manfiy ionlar va n tomonda musbat ionlar hosil bo‘lishi natijasida p-n birikmasining har ikki tomonida tor zaryadlangan soha hosil bo‘ladi. Bu sohada endi harakatlanuvchi zaryad tashuvchilar qolmaydi. Bu sohadagi ionlar harakatsiz bo‘lib, ular o‘rtasida hech qanday zaryad tashuvchisiz qolmaydi.


Ushbu soha p va n tip materiallar orasida to‘siq vazifasini bajargani uchun Baryer birikmasi deb ham ataladi. Yana boshqa nomi kambag‘allashgan soha bo‘lib, bunda ikkala sohada ham zaryad tashuvchilar kamayadi. Birikish joyida ionlar hosil bo‘lganligi sababli, shu joyda potensial to’siq deb nomlanuvchi potensiallar farqi hosil bo‘ladi. Potensial to‘siq teshiklar va elektronlarning ushbu sohani kesib o‘tishiga to‘sqinlik qiladi.


Barcha yarimo‘tkazgich diodlarni ikki guruhga ajratish mumkin: to‘g‘rilovchi va maxsus vazifalarni bajaruvchi. To‘g‘rilovchi diodlar – o‘zgaruvchan tokni o‘zgarmas tokka o‘zgartirishda foydalaniladi. To‘g‘rilanuvchi tok shakli va chastotasiga bog‘liq holda ular past chastotali, yuqori chastotali va impulsi diodlarga ajratiladi. Maxsus vazifalarni bajaruvchi diodlarda p-n o‘tishlarning turli elektrofizik xususiyatlaridan, masalan, teshilish hodisalaridan, fotoelektrik hodisalardan, manfiy qarshilikka ega sohalari mavjudligidan va boshqalardan foydalaniladi. Maxsus vazifalarni bajaruvchi diodlar, xususan, o‘zgarmas kuchlanishni barqarorlash, optik nurlanishni qayd etish, elektr sxemalarda signallarni shakllantirish va boshqa vazifalarni amalga oshirish uchun qo‘llaniladi.


Agar yarimo‘tkazgichning p – sohasiga musbat, n – sohasiga manfiy tashqi kuchlanish manbai ulansa, kuchlanishning kichik qiymatida ham undan nisbatan katta toklar o‘tishi mumkin. Shuning uchun yarimo‘tkazgichning bunday yo‘nalishi to‘g‘ri yoki o‘tkazuvchi yo‘nalish deyiladi. Yarimo‘tkazgichli diodga teskari ulangan kuchlanish qancha katta bo‘lsa ham undan o‘tadigan tokning qiymati juda kichik bo‘ladi va bu yo‘nalish teskari yo‘nalish deyiladi (1.4-rasm).


1.4-rasm. Yarimo‘tkazgichli diodning ulanishi


mA


V
mkA

1.5-rasm. Yarimo‘tkazgich diodning volt-amper xarakteristikasi


Diodning statik volt-amper xarakteristikasi 1.5-rasmda keltirilgan


bo‘lib, yarimo‘tkazgichli diodning to‘g‘ri va teskari yo‘nalishlaridagi qarshiliklari bir-biridan keskin farq qiladi: to‘g‘ri yo‘nalishda ulangan diodning qarshiligi kichik, teskari ulangan diodniki esa katta bo‘ladi. Shu sababdan diod bir tomonga elektr tokini yaxshi o‘tkazadi, ikkinchi tomonga esa yomon o‘tkazadi.


Yarimo‘tkazgichli diodni ishlashini tadqiq qilish


Ishni bajarish tartibi:


Ushbu tajriba ishini Multisim dasturiy paketida amalga oshiramiz.

1. Yarim o‘tkazgichli diodni to‘gri yo‘nalishda ulangandagi VAXini tekshirish. Diodning VAXini 1N4004 diodi misolida ko’rib chiqamiz (1.6, a-rasm).


a) b)

1.6-rasm. Yarimo‘tkazgichli diodning to‘g‘ri (a) va teskari (b) ulangandagi volt-amper xarakteristikasini tekshirish sxemasi

Elementlar kutubxonasidan 1N4004 modeldagi yarimo‘tkazgichli diod, elektr qarshiligi 1 kOm bo‘lgan o‘zgaruvchan va 100 Omga teng bo‘lgan o‘zgarmas qarshilik, o‘zgarmas tok manbai, elektr o‘lchash asboblari: mikroampermetr, milliampermetr, voltmetr hamda millivoltmetrni olamiz.


Sxema ishlashi uchun ushbu tugmani bosish kerak. O‘zgaruvchan qarshilikni 0 va 1 k oralig‘ida o‘zgartirib, diod toki ning dioddagi kuchlanish ga bog‘liqlik grafigini tuzing va uni 1.1-jadvalga kiriting.


1.1-jadval


Yarim o‘tkazgichli diodning to‘g‘ri ulanish volt-amper xarakteristikasi



R

5

15

25

35

45

55

65

75

80

85

90

95

100

7


2. Yarimo‘tkazgichli diodni teskari yo‘nalishda ulangandagi VAXini tekshirish. Diodning VAXini 1N4004 diodi misolida ko’rib chiqamiz (uning teshilish kuchlanishi 400 V ga teng) (1.6, b-rasm).

Diod toki ning dioddagi kuchlanish ga bog’liqlik grafigini tuzing va uni 1.2-jadvalga kiriting.


1.2-jadval


Yarim o‘tkazgichli diodning teskari ulanish volt-amper xarakteristikasi

R

5

15

25

35

45

55

65

75

80

85

90

95

100































































































































Olingan ma’lumotlar asosida (1.1-1.2-jadvallar) 1N4004 diodning VAXsi grafigini chizing.


Hisobot mazmuni



  1. Laboratoriya ishining bayoni.

  2. O’lchash natijalari jadvallari.

  3. Diod VAXi grafiklari.

Nazorat savollari:



  1. Yarim o‘tkazgichli diod qanday tuzilgan?

  2. p-n o‘tish joyi nima va uning qanday xususiyatlari bor?




  1. Yarim o‘tkazgichli diodlar o‘z vazifalari bo‘yicha qanday turlarga bo‘linadi?




  1. Diodning volt-amper tavsifi deb nimaga aytiladi va u tajribada qanday olinadi?




  1. Yarim o‘tkazgichlarda xususiy teshik va elektron o‘tkazuvchanligi tushunchalari nimani bildiradi?




  1. Yarim o‘tkazgichli diodlar qanday asosiy ko‘rsatkichlari bilan tavsiflanadilar?




  1. Quyidagi tushunchalar nimani bildiradi: diodning o‘zgarmas tok bo‘yicha qarshiligi, o‘zgaruvchan tok bo‘yicha qarshiligi? Differensial qarshilik deb nimaga aytiladi?

Yüklə 159,59 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin