Yil 1-sentabrda Germaniya qayerga bostirib kirdi? Angliya va Fransiya qachon Germaniyaga qarshi urush e'lon qildi?



Yüklə 8,52 Kb.
tarix01.11.2022
ölçüsü8,52 Kb.
#67093
6-mavzu


Mavzu: Dunyoni qayta bo'lish siyosatining boshlanishi. Bloklarning tashkil topishi. II jahon urushining boshlanishi. II jahon urushi davrida o'zbek xalqining jasorati
Savollar
1. SSSR bilan Germaniya oʻrtasida 10 yil muddatga hujum qilmaslik toʻgʻrisida shartnoma qachon imzolandi?
2.1939-yil 1-sentabrda Germaniya qayerga bostirib kirdi?
3. Angliya va Fransiya qachon Germaniyaga qarshi urush e'lon qildi?
4. SSSR qachon Polshaga qo'shin kiritgan edi?
5. 1940-yil iyun oyida qaysi davlatlar sovet qoʻshinlari tomonidan bosib olinib SSSRga kiritildi?
6. 1940-yil aprel-mayda nemis fashist qo'shinlari qayerlarni istilo qildi?
7. Belgiya va Niderlandiya qachon taslim bo'lgan edi?
8. "Uchlar ittifoqi“ni tuzish haqidagi shartnomaga qachon, qayerda qaysi davlatlar imzo chekishi?
9. Fashistlar Germaniyasi Yugoslaviyani qachon bosib oldi?
10. Ikkinchi jahon urushiga nechta davlat jalb etilgan va urush davomida qancha kishi halok bo'lgan?


Javoblar
1.SSSR bilan Germaniya oʻrtasida 10 yil muddatga hujum qilmaslik toʻgʻrisida shartnoma 1939-yil 23-avgustda imzolandi.
2. 1939-yil 1-sentabrda Germaniyaning bir oʻzi Polshaga bostirib kirdi va Ikkinchi jahon urushini boshlab berdi.
3. 1939-yil 3-sentabrda Angliya va Fransiya Germaniyaga qarshi urush eʼlon qildi.
4. SSSR 1939-yil 17-sentabrda Polsha hududiga qoʻshin kiritdi.
5. 1940-yil iyun oyida Estoniya, Latviya va Litva sovet qoʻshinlari tomonidan bosib olinib SSSRga kiritildi.
6. 1940-yil aprel-mayda nemis fashist qoʻshinlari Daniya va Norvegiyani istilo qildi.
7. 1940-yil 14-mayda — Niderlandiya, 28-mayda — Belgiya taslim boʻldi.
8. 1940-yil 27-sentabrda Germaniya, Italiya va Yaponiya davlatlari Berlinda „uchlar ittifoqi“ni tuzish haqidagi shartnomaga imzo chekishdi.
9. Fashistlar Germaniyasi 1941-yil 6-17-aprelda Yugoslaviyani bosib oldi.
10. Ikkinchi jahon urushiga 72 davlat jalb etildi. Urush davomida 62 million kishi (shu jumladan 27 million SSSR fuqarosi) halok boʻldi.
Yüklə 8,52 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin