Termiz davlat universiteti Rus Va Qardosh tillar fakulteti Rus Tili va adabiyoti (o'zga tilli guruhlarda) 404 -guruh talabalarining Termiz davlat universitetida uyishtirgan Hashar BAYONNOMASI ___________ yil Termiz shahri Hashar tashkilotchisi: Nasriddinov Islom Yurtimizdagi so'nggi yillarida xalqimiz ma'naviyatini yuksaltirishda milliy urf-odatlarimiz va ularning zamirida mujassam bo'lgan mehr-oqibat, turli muammolarni birgalashib hal qilish kabi ibratli qadriyatlar tobora mustahkamlanib bormoqda. Bu borada ma'naviy hayotimizning uzviy qismiga aylangan hashar odati istiqlol davrida yangicha ma'no- mazmunga ega bo'lib, umummilliy an'anaga aylangan.
Zero, hasharlar paytida mahalla hududlarini, guzarlar, ko'chalar, muqaddas qadamjolar, ziyoratgoh va qabristonlarni tartibga keltirish, yolg'iz qariyalar, nogironlar, boquvchisini yo'qotgan, kam ta'minlangan oilalarga moddiy va ma'naviy yordam ko'rsatish, jamiyat tafakkurining yangilanishida muhim ahamiyatga ega. Qolaversa, hashar ming yillar mobaynida kishilar o'rtasidagi bir-biriga o'zaro yordam, insonparvarlik, olijanoblik, saxovatpeshalik kabi ezgu tuyg'ularni yoshlar ongiga singdirishga xizmat qiladi.