Yo‘lning qatnov qismida transport vositalarining joylashuvi



Yüklə 1,34 Mb.
tarix03.09.2023
ölçüsü1,34 Mb.
#141338
Yo‘lning qatnov qismida transport vositalarining joylashuvi


Yo‘lning qatnov qismida transport vositalarining joylashuvi
Relssiz transport vositalari harakatlanadigan tasmalar soni chiziqlar va (yoki) 5.8.1, 5.8.2, 5.8.7, 5.8.8 yo‘l belgilari bilan belgilanadi. Bunday chiziqlar yoki yo‘l belgilari bo‘lmasa, haydovchilar harakatlanish tasmalari sonini, qatnov qismining kengligini, transport vositalari orasidagi zarur yonlama oraliq masofani va ularning gabarit o‘lchamlarini hisobga olgan holda o‘zlari aniqlaydilar.
Tramvay yo‘li, ajratuvchi tasma, uzluksiz 1.1, 1.3 yo‘l chiziqlar yoki uzuq-uzuq tomoni chapda joylashgan 1.11 yo‘l chizig‘i bilan ajratilgan yo‘llarda qarama-qarshi yo‘nalishga chiqish taqiqlanadi.
To‘rt va undan ortiq tasmali, harakat ikki tomonlama bo‘lgan yo‘llarda qarama-qarshi yo‘nalishda harakatlanish uchun mo‘ljallangan tasmalarga chiqish taqiqlanadi.
Aholi punktlaridan tashqaridagi yo‘llarda hamda aholi punktlarida ayrim turdagi transport vositalari uchun ushbu Qoidalarda belgilangandan yuqori tezlikda harakatlanish ruxsat etilgan yo‘l qismlarida haydovchilar transport vositalarini mumkin qadar qatnov qismining o‘ng chetiga yaqinroq olib harakatlanishlari kerak. O‘ng tasmalar bo‘sh bo‘lganda chap tasmalarni egallash taqiqlanadi.
Axborot-ishora belgilari.
Axborot-ishora belgilari harakatlanishga muayyan tartib kiritadi yoki uni bekor qiladi. Harakat qatnashchilariga yo'ldagi harakat tartibi xususiyatlari hamda aholi yashaydigan joylar va manzillarning joylashuvi haqida ma'lumot beradi.
Avtomagistralning oxiri Ushbu belgi o'rnatilgan joydan boshlab maxsus tartib talablari bekor qilinadi va avtomobillar uchun mo'ljallangan yo'l tartibi kiradi.
Avtomobillar uchun mo'ljallangan yo'lning oxiri Ushbu belgi o'rnatilgan joydan boshlab barcha turdagi transport vositalarining harakatlanishiga ruxsat etadi.
Bir tomonlama harakatlanish yo'lining oxiri Ushbu belgi transport vositalari bir tomonlama harakatlanadigan yo'lning tugaganligini bildiradi.
Bo'laklar bo'yicha harakatlanish yo'nalishi Ushbu belgi chorrahaga yaqin (chorrahada) ko'p bo'lakli keng yo'llarda harakatlanish tartibini belgilaydi. Haydovchilarga tushinish oson bo'lishi uchun bir belgida uchtagacha bo'lakdagi harakatlanishni ifodalash mumkin.
Bo'lak bo'yicha harakatlanish yo'nalishi Ushbu belgi avvalgi 5.8.1 belgisining bir turi bo'lib, har bir bo'lakdagi harakatlanish tartibi alohida belgi bilan ko'rsatiladi. Bo'lak bo'yicha ruxsat etilgan harakatlanish yo'nalishi. Yo'lning chetki chap bo'lagidan chapga burilishga ruxsat beruvchi 5.8.1 va 5.8.2 belgilari shu bo'lakdan qayrilishga ham ruxsat beradi.
Qayirilish oralig'i Ushbu belgilar qayrilish joyi va uning oralig'ini belgilab, transport vositalarining chapga burilishini taqiqlaydi. Qayirilish oralig'ining uzunligi. Chapga burilish taqiqlanadi.
Oxiri berk yo'l, ko'cha Ushbu belgi yo'lning davomi yo'q, oxiri berk ekanligini ko'rsatib, harakatlanishni taqiqlamaydi (ko'chaga kirishni taqiqlamaydi).
Reversiv harakatlanish Ushbu belgi yo'lning boshida o'rnatilib, Bir yoki bir necha bo'laklarda harakatlanish yo'nalishining qarama-qarshi tomonga o'zgarishi mumkinligi haqida axborot beradi.
Reversiv harakatlanish yo'liga chiqish ushbu belgi chorraha oldida o'rnatilib, kesishadigan yo'lning bir yoki bir necha bo'laklarida harakatlanish yo'nalishi qarama-qarshi tomonga o'zgarishi mumkinligi haqida axborot beradi.
Yüklə 1,34 Mb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin