Yoqilg‘i energetika majmui



Yüklə 115 Kb.
səhifə1/5
tarix26.04.2023
ölçüsü115 Kb.
#102891
  1   2   3   4   5
Yoqilg i energetika majmui


Yoqilg‘i energetika majmui


Reja:



  1. Yoqilg‘i-energetika majmuasining tarkibi va yirik sohalari.

  2. Yoqilg‘i sanoati;

  3. Gaz sanoati;

  4. Neft sanoati;

  5. Ko‘mir sanoati;

  6. Tarmoqlarni boshqarish tizimi;

O‘zbekiston yoqilg‘i energetika majmui rayonlararo ahamiyatga ega bo‘lib, respublika yalpi sanoat mahsulotining 20.7% ini tashkil qiladi. Bu majmui ikki guruhga-yoqilg‘i sanoati va elektr energetika sanoatiga bo‘linadi. O‘zbekistonda bu sanoat tarmoqlari asosan yangi tashkil etilgan bo‘lib, yuqori iqtisodiy samara bilan ishlaydi. 2005 yil ma’lumotiga ko‘ra ishlab turgan sanoat korxonalari soni 20.5 ming tani tashkil qiladi.


Yoqilg‘i sanoati. Yoqilg‘i sanoati O‘zbekiston og‘ir sanoatining muhim tarmoqlaridan biri bo‘lib, tabiiy gaz, ko‘mir qazib chiqarishni, neftni qayta ishlashni va tayyor mahsulotlarni iste’molchilarga yetkazib berishni o‘z ichiga oladi. Ularni qazib chiqarish va qayta ishlash ishlab chiqaruvchi kuchlarning, avvalo sanoatning rivojlanishiga va hududiy joylashishiga katta ta’sir ko‘rsatadi.
O‘zbekistonning gaz zahiralari katta bo‘lishi bilan birga ularni ishga solish nihoyatda qulaydir. Shu sababli bu tarmoq juda tez rivojlantirildi. U ko‘pdan buyon respublika yoqilg‘i energetika balansida asosiy rol o‘ynamoqda. Bu tarmoqning yirik konlari ishga solinishi tufayli O‘zbekistonda uning bilan bog‘liq boshqa sanoat tarmoqlarini tez rivojlantirish imkoniyati tug‘ildi. Yoqilg‘i va quvvatni ko‘p iste’mol qiladigan issiqlik elektr-energetikasi, rangdor metallurgiya, kimyo sement va boshqa sanoat tarmoqlari 60-yillar boshidan e’tiboran tez sur’atlar bilan rivojlanib ketdi.
O‘zbekistonda yirik tabiiy gaz, neftььь ko‘mir konlarini ishga solinishi bilan keyingi chorak asr davomida respublika yoqilg‘i sanoatining tarkibi tubdan o‘zgarib ketdi. Ittifoq davlatining yirik yoqilg‘i-energetika bazalaridan biriga aylandi. Yoqilg‘i zahiralarini qazib olishda ham iste’mol qilishda ham tabiiy gazning salmog‘i keskin oshdi. O‘zbekistonda qazib chiqarilgan barcha yoqilg‘i mahsulotlari orasida gazning salmog‘i shartli yoqilg‘i hisobida olinganda, 87.2% ni tashkil qiladi. (2005y.)

Yüklə 115 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin