Ko'z osti sohasining abses va flegmonalari. Yallig'lanish yuqorigi
qoziq va birinchi kichik oziq tishlardan, ko'proq-yuqorigi yon kurak yoki
ikkinchi kichik oziq tishlardan infeksiya tarqalishi natijasida vujudga
keladi. Ko'z osti sohasidagi jarayon lunj sohasidan infeksiya tarqalishi
tufayli ikkilamchi ravishda rivojlanishi mumkin.
Qoziq tish chuqurchasi absesida bemorlar shu joydagi og'riqqa
shikoyat qiladilar. Boshlanishida, qoziq tish chuqurchasi absesi, yuqori
jag' oldingi yuzasi o'tkir yiringli periostitiga o’xshash bo'ladi. Ko'z osti
va lunj sohalarida, yuqori labda shish paydo bo'ladi. Burun qanoti ozgina
ko'tariladi, burun lab juyakchasi silliqlashadi. Shish yumshoq kuchsiz
og'riqli, terming rangi o'zgarmaydi, burmaga yig'iladi.
Og'iz dahlizi yuqori gumbazi silliqlashadi, uning ustidagi shilliq
qavat shishadi va qizaradi. Paypaslaganda chuqurlikda og'riqli soha
aniqlanadi. Bimanual paypaslaganda, shu soha aniqroq bilinadi.
Ko'z osti sohasi flegmonasida ko'z va chakkaga tarqaluvchi o'z-o'zidan sodir
bo'ladigan kuchli og'riq bo'ladi. Ko'z osti, lunj sohalarida tarqalgan shish
bo'ladi, u yonoq sohasi, yuqori lab, pastki qovoqqa,ayrim hollarda yuqori
qovoqqa ham tarqaladi. Yuqori jag' tanasi oldingi yuzasidagi to'qimalar
gazaklangan, paypaslaganda og'riqli. Gazakning ustida teri ravshan qizil,
birikkan, burmaga qiyinchilik bilan yig'iladi