Юридик психологиянинг



Yüklə 53 Kb.
səhifə1/3
tarix18.09.2023
ölçüsü53 Kb.
#144975
  1   2   3
3.yuridik psix


Yuridik psixologiyaning asosiy uslublari.


Reja:

  1. Nazariy bilish tushunchasining ma`no mazmuni.

  2. Yuridik psixologiya fanida nazariy bilishning asosiy metodologik tamoyillari.

  3. Yuridik faoliyatda shaxsni o`rganishning psixologik usullari.

  4. Yuridik amaliyotda shaxsga psixologik ta`sir ko`rsatish usullari.



Nazariy bilish tushunchasining ma`no mazmuni.
Yuridik psixologiya nazariy, ilmiy-pedagogik predmet bo`lib, «inson-huquq» tizimining psixologik qonuniyatlarini o`rganadi, bu tizimni takomillashtirishga yo`naltirilgan tavsiyalarni ishlab chiqadi. Yuridik psixologiya huquqiy munosabatlar tarkib topgan sharoitda shaxs va uning faoliyati psixologik qirralarini o`rganar ekan, faqat tizimli yondashuv tufayligina zimmasidagi keng qamrovli vazifalarni hal etishi va muvaffaqiyatli rivojlanib borishi mumkin. Psixologiya va yurisprudensiyaning uyg`unlashuvi har ikkala fanni boyitadi, eng muhim muammolardan biri – huquq-tartibot va sudlov faoliyatida ijtimoiy adolat mezonlari tantana qilishini ta`minlaydi. Buning uchun esa avvalo yuridik psixologiya fanini nazariy jihatdan asoslab chiqish, materiallarni puxta tayyorlash usullarini izlab topish lozim.
Tabiat hamda jamiyatdagi narsalar, hodisalarning qonuniy bog`liqligi va o`zaro munosabatga kirishishi jarayonining kishi ongidagi in`ikosi jarayoni tafakkur deyiladi. Nazariy bilish asosida tafakkurimiz turadi. Tafakkur sezish, idrok qilish orqali bilish jarayonidan boshlanadi. So`zlar fikrning zarur moddiy ifodasini yaratadi.Inson fikri obrazlar, tushunchalar va mulohazalar yordamida shakllanadi. Tafakkur jarayoni tushuncha , hukm va xulosa chiqarishdan iborat. Bundan tashqari tahlil (analiz), sintez va umumlashtirish shakllari ham mavjud. Shaxs o`z tafakkuri orqali nazariy bilimlarni egallaydi.


2.Yuridik psixologiya fanida nazariy bilishning asosiy metodologik tamoyillari.
Yuridik psixologiya fanida asosiy metodologik tamoyillar quyidagilardan iborat:
nazariy bilish tamoyillari
falsafiy bilish tamoyillari;
ilmiy bilish tamoyillari;
amaliy bilish tamoyillari;
Yuridik psixologiya metodologiyasining asosiy tamoyillaridan yana biri insonga shaxs sifatida alohida yondoshuvdan iboratdir. Muayyan bir shaxs uchun uning ichki, shaxsiy –ruhiy kechinmlarai ma`lum bir tashqi ta`sirotlar bilan bog`liq tarzda jinoiy vaziyatni vujudga keltirishini, shaxsiy kriminogen holatlar va sabablarni aniqlash ushbu tamoyilning o`zagini tashkil etadi.
Ana shu nuqtai nazardan «faoliyat nazariyasi» alohida ahamiyat kasb etadi. U maqsad, unga erishishning shart - sharoitlari, uslublari va vositalarini tadqiq etadi. Umuman olganda, har qanday faoliyat quyidagi tuzilishda: maqsad-sabab (motiv) - qobiliyat – natija lo`nda ifodalanadi.
Falsafa yuridik psixologiya fanining metodologik asosi bo`lib hisoblanadi. Unga tayanib qator muhim muammolarni, jumladan psixikaning tabiatini, ruhiyot darajalari, shaxs va komil inson masalalarini to`la yoritish mumkin.
Ilmiy bilish tamoyillari tarkibiga yuridik psixologiyaning boshqa fanlar kabi ilmiy jihatdan tadqiq qilish usullari kiradi. Olimlarning yuridik faoliyat sohasida olib boradig
Yüklə 53 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin