Zafar diyorning zafarli ijodi



Yüklə 5,55 Kb.
tarix21.12.2023
ölçüsü5,55 Kb.
#187886
13-mustaqil ta\'lim. Zafar Diyor

  • Mavzu: Zafar Diyor bolalar shoiri.

ZAFAR DIYORNING ZAFARLI IJODI

  • Zafar Diyor bolalar adabiyotining o’ziga xos sahifalarini yaratgan ijodkor edi. U bor-yo’g’i o’ttiz to’rt yil umr ko’rgan, yigirma yilga etar-etmas ijod qilgan bo’lsa-da, shu qisqa davr mobaynida iste’dodli shoir,nosir, dramaturg sifatida bolalar adabiyotimizda o’z o’rniga ega bo’ldi.
  • Zafar Diyorning ijodiy yo’li o’tgan asrning o’ttizinchi-qirqinchi yillariga to’g’ri keladi. Bu davr adabiyoti haqida fikr yuritganda, avvalo, badiiy adabiyot to’laligicha sho’ro siyosati manfaatlariga bo’ysundirilganini qayd etish joiz. Ijodkorlar xohish-istaklaridan qat’iy nazar, xalq xo’jaligining barcha sohalaridagi yutuqlar, ilm-fan, madaniyat va ma’rifat sohalaridagi ijobiy natijalarni sho’rolar tuzumining afzalliklari sifatida madh etishga majbur edilar.

She’rlari

Vatan

  • Yana gulga
  • To’lgay Vatan,
  • Biz qo’ynida yayraymiz;
  • Gul novdaga
  • Qo’nib turgan
  • Bulbul kabi sayraymiz…
  • Biz shu ko’rkam
  • Gulbahorning
  • Go’zal asl gullari!
  • . Zafar Diyorning o’ttizinchi yillar ijodiyotida hajviy va allegorik tarzdagi didaktik asarlar ham alohida o’rin tutadi. Bunda, avvalo, yumor va majoziylikda bolalar adabiyotining ba’zi o’ziga xosliklari namoyon bo’lishining ta’siri ko’rinadi. Shuningdek, hajvning tarbiyada katta o’rin tutishi ham ijodkorlarni ulardan unumli foydalanishga undagan bo’lishi tabiiy bir holdir. Shoirning “Zarar emasmi?” she’ri bu mavzudagi yozuvlar orasida ajralib turadi. Unda bolalar quvnoq kulgi bilan toza-ozoda yurishga, shaxsiy gigienaga amal qilishga o’rgatiladi va o’z kamchiliklarini tuzatishga undaladi.

Atir hidi sochildi, Chakkangga taq, chakkangga. Lazzat olib hididan Bolarilar uchadi. Ipakqanot kapalak Barglarini quchadi. Seni maqtab kuylaydi, Bog' aylanib qushchalar. Darak berib bahordan, Quvontirding shunchalar. Binafshaxon, binafsha Kulishlaring chiroyli. Ko'ksimizda hid sochib Turishlaring chiroyli!

  • BINAFSHA
  •  Binafshaxon, binafsha
  • Kulishlaring chiroyli:
  • Bog'imizda ochilib
  • Turishlaring chiroyli.
  • Hamma chiqar dalaga
  • Binafshalar tergali,
  • Men ham terdim bir dasta
  • Opamizga bergali.
  • — Mana, opa, binafsha,
  • Qarang, qanday chiroyli.
  • — Yuring, — dedi opamiz,
  •  — Binafshalar teraylik.
  • Binafshalar ochildi
  • Chakkangga taq, chakkangga:

KAPALAK Hoy, kapalak, kapalak, Qanotlaring ipakdak. Muncha shoshib uchasan, To'xta, so'zlayin andak. Uchrataman har kuni Seni har kun bog'chamda, So'rib gullar sharbatin O'ltirasan olchamda. Borib ushlay deganda Shoshib darhol uchasan. Sira tutqich bermasdan Guldan gulga ko'chasan. Mendan aslo qochmagin, Do'st bilaman o'zimga. Pildir-pildir uchishing, Oh, yoqadi ko'zimga.

  • Ikkinchi jahon urushi davrida she’riyat bolalar adabiyotining etakchi janri sifatida bolalar ruhiy dunyosini chuqur ifodalay oldi. Zafar Diyor bu yillarda “Bizning qurolimiz” (1941), “Bizning oila” (1942), “Sovg’a” (1944) singari she’riy to’plamlarni yaratdi. Bu to’plamlardagi kelajakka ishonch ruhi bilan sug’orilgan qator she’rlarda tasvirdagi lirizm kuchayib, bola qalbining katta voqealarga munosabatini aniq aks ettira olish darajasiga ko’tarildi. Bu davr shoir ijodining yulduzli, eng sermahsul va kamolotga erishgan davri bo’ldi.

Zafar Diyor qisqa umr ko’rgan bo’lsa-da, uning yosh avlod shaxsiyatini shakllantirishga xizmat qiladigan aksariyat yozuvlari bugungi kunda ham o’zbek bolalar adabiyotining eng go’zal sahifalarini tashkil qiladi. Istiqlol sharofati bilan milliy, madaniy, adabiy qadriyatlarimiz tiklanayotgan, yosh avlodni ota-bobolarimizning eng yaxshi fazilatlari ruhida tarbiyalash imkoniyatlariga keng yo’l ochilgan bugungi kunda, o’zining samimiy va beg’ubor she’ru dostonlari bilan xalqimiz qalbidan joy olgan shoir – Zafar Diyorning ijod yo’liga yana bir karra nazar tashlash “yaxshi qo’shnidan so’ragandan ko’ra, yomon uyimizdan axtarish”ning o’ziga xos mohiyat kasb etishini tasdiqlaydi.

E’tiboringiz uchun rahmat


Yüklə 5,55 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin