Zamonaviy psihologiya soxalari va ularning o'ziga hosligi tilovoldiyev Rasuljon Raxmonali o'g'li Anotatsiya



Yüklə 16,2 Kb.
tarix08.03.2023
ölçüsü16,2 Kb.
#87032
Zamonaviy psixologiya.T.R


ZAMONAVIY PSIHOLOGIYA SOXALARI VA ULARNING O'ZIGA HOSLIGI

Tilovoldiyev Rasuljon Raxmonali o'g'li


Anotatsiya: Ushbu maqolada hozirgi zamon psixologiyasi sohalari, psixologiya fani sohalarining yutuqlari va psixologiya fani sohalarining yutuqlari to’liq yoritilgan.
Kalit so’zlar: psixologiya, satsialogiya, sezgi, idrok, bilish jarayonlari.
Hozirgi davrda psixologiyaning nazariy va amaliy yutuqlari atrof-muhitga hamda jamiyatning juda keng sohalarida tatbiq qilinmoqda. Psixologiya fanini muayyan sohalarga bo’lishda aniq, yaqqol faoliyatning psixologik tomoni, insonning jamiyatga nisbatan psixologik munosabati va taraqqiyotining psixologik jabhasi asos qilib olingan. Psixologiyaning 300 dan ortiq tarmoqlari fan sifatida rivojlanayotganligi hozirgi kunda uning fanlar tizimida yanada mustahkamlanayotganligidan dalolat beradi. Quyida psixologiya sohalarining tavsifiga biroz to‘xtalib o‘tamiz. Umumiy psixologiya — bu umumiy psixologik qonuniyatlarni mexanizmlar, murakkab ichki bog‘lanishlar, nazariy va metodologik prinsiplar, ilmiy-tadqiqot metod- lari, psixikaning filo va ontogenetik o‘zgarishlari, ilmiy tushuncha va kategoriyalar, bilish jarayonlarini amaliy va nazariy jihatdan tadqiq qiladigan soha. Umumiy psixologiya degan nom ham boshqa sohalarda bo‘lgani kabi shartli ravishda qabul qilingan. Psixologiya fanining ilmiy tushunchalari, kategoriyalari(shaxs, motivatsiya, faoliyat, muomala, ong)ni, tadqiqot metodlarini umumiy psixologiyada umumlashtirish uchun uning boshqa sohalardagi tekshirish natijalarini mavhumlashtirish lozim. Aytish joizki, umumiy psixologiyaning tadqiqot natijalari psixologiyaning boshqa sohalari uchun ham asos bo‘lib xizmat qiladi. Umumiy psixologiya fani asosiy kategoriyalar,
tushunchalar, psixik jarayonlar, holatlar, hodisalar, individual-tipologik xususiyatlarni: 1. Psixik jarayonlar: sezgi, idrok, tasavvur, xotira, tafakkur, xayol va boshqalarni. 2. Irodaviy jarayonlar: motiv, motivatsiya, ehtiyojlar, intilishlar, qaror qabul qilish kabilarni. 3. Hissiy jarayonlar: his-tuyg‘ular, emotsiya, kayfiyat, emotsional ton, stress (zo‘riqish), affekt (jazava) singarilarni o‘z ichiga oladi.
Psixologiya fan sifatida falsafadan ajralib chiqishida eksperimental tadqiqotlar o‘tkazish asosiy rol o‘ynagan. XIX asrning o‘rtalarida psixologik hodisalar yuzasidan ilk bor amaliy eksperimental psixologik tadqiqotlar o‘tkazilgan. Bu fiziologik laboratoriyalarda elementar funksiyalarni o‘rganish ilk bor sezgi va idrokni o‘rganish bilan boshlangan. Bu tadqiqotlar eksperimental psixologiyaning falsafa va fiziologiyadan ayrim holda mustaqil, alohida fan sifatida vujudga kelishiga muhim asos va obyektiv shart-sharoit yaratib bergan. Eksperimental psixologiya fan sifatida ajralib chiqishiga V.Vundt o‘zining katta hissasini qo‘shgan. 0‘zini o‘zi kuzatish metodi yordami bilan ilk eksperimental tadqiqotlar insonning ichki funksiyalarini o‘rganishga qaratilgan edi. Keyinchalik eksperimentlar turli hayvonlarda o‘tkazila boshlangan. Tadqiqotlarning ko‘pchiligi T.L.Morgan, E.L.Torndayklar tomonidan olib borilgan edi. Eksperimental tadqiqotlar orqali faqat psixik funksiyalargina emas, balki hissiyotlarning individual variantlari ham tekshirilgan. Demak, eksperimental psixologiyaning tadqiqotlari psixologiya sohalarining nazariyasiga ham asos bo‘lib xizmat qiladi.
Mehnat psixologiyasi — insonning mehnatga munosabati, mehnat faoliyatining qonuniyatlari va rivojlanishini tadqiq qiladi.
Aviatsiya psixologiyasi — aviasanoat va aviaxizmatchilarning mehnat faoliyatida kechuvchi psixologik jarayonlarni o‘rganadi.
Muhandislik psixologiyasi — inson va mashina o‘rtasidagi munosabatni, insonga mashinaning psixologik ta’sirini o‘rganuvchi psixologiya sohasidir. Kosmik psixologiya — vaznsizlik va bo‘shliqda aniq mo‘ljal ololmaslik sharoitida, organizmga juda ko‘p ortiqcha taassurotlar ta’sir o‘tkazgan paytda ro‘y beradigan nerv- psixologik zo‘riqish bilan bog‘liq bo‘lgan alohida holatlar tug‘ilganda, kishi faoliyatining psixologik xususiyatlarini tadqiq qiladigan psixologiya sohasidir Ekstremal psixologiya — bu insonning muhit o‘zgar- gan shart-sharoitlarda psixik faoliyatining kechishi qonuniyatlarini o‘rganadi.
Pedagogik psixologiya — ta’lim va tarbiya muammolarini tadqiq qiladigan psixologiya sohasidir. Pedagogik psixologiya shaxsning maqsadga muvofiq rivojlanishi, bilish faoliyatining va shaxsda ijtimoiy, ijobiy sifatlarni tarbiyalashning psixologik muammolarini o‘rganadi.
Pedagogik psixologiyaning maqsadi — o‘qitishning oqilona rivojlantiruvchi ta’sirini, shartsharoit va boshqa psixologik omillardan kelib chiqqan holda kuchaytirishdir. Pedagogik psixologiya XIX asrning ikkinchi yarmida ijtimoiy taraqqiyotning ta’sirida vujudga kelgan.
Tibbiyot psixologiyasi— kasallarning davolanishi, gigiyena, profilaktika, diagnostika jabhalarini tadqiq qiluvchi psixologiya sohalaridan iborat. Tibbiyot psixologiyasida tadqiqotlar tizimiga kasallikning kechishi, ularning shaxs psixologiyasiga ta’siri qonuniyatlari, insonning kasaldan sog‘ayishiga mikrosotsial guruhning ta’siri o‘rganiladi.
Yuridik psixologiya — huquq doirasidagi munosabatlar, odamlarning psixik faoliyatini huquqiy boshqarish mexanizmlari va qonuniyatlarini o‘rganuvchi sohadir. U quyidagi sohalarga bo’linadi:
* sud psixologiyasi
* kriminal psixologiya
* penitensiar
Harbiy psixologiya – kishining harbiy harakatlar sharoitidagi xulq-atvorini, boshliqlar va xodimlar o'rtasidagi o'zaro munosabatlarning psixologik jihatlarini o’rganadi.
Sport psixologiyasi — sport musobaqalari va mashq qilish faoliyatida inson psixikasining rivojlanishi, guruhiy munosabatlarning psixologik qonuniyatlarini tadqiq qiladi.
Ijod psixologiyasi — badiiy qadriyatlarni o‘zlashtirishda, ularning yangi ko‘rinishlarini ijod qilishda va shu qadriyatlarni inson tomonidan idrok qilishda kechadigan psixologik holatlar hamda bu holatlarning shaxs hayoti, faoliyatiga ta’sirini o’rganuvchi psixologiya sohasidir.
Yosh psixologiyasi — shaxsning psixik rivojlanish qonuniyatlarini inson tug’ilganidan to umrining oxirigacha bo‘lgan davrni, ya’ni ontogenezni o’rganadigan psixologiya sohasidir. Psixologiya va yana quydagi sohalardan iboratdir. Odam psixologiyani o‘rganar ekan, avvalo o‘z aql- idrokini, uning jarayonlarini bilib oladi, unga diqqat-e’tibor beradi, aqlning faoliyatini kuchaytiradigan shart-sharoitni bilib oladi va shu bilan o‘z aql-idrokining ko‘proq o'sishiga yordam beradi. Psixik hayot hodisalari haqidagi ilmiy bilimlarni egallash shaxs dunyoqarashining shakllanishida katta ahamiyatga egadir. Psixologiyani bilish, psixikani chinakamiga ilmiy asosda tushunish kishilar ongidagi har xil diniy taassub va xurofotlarga qarshi kurashda juda kuchli qurol bo‘lib xizmat qiladi. Odam psixologiyani o‘rganar ekan, o'zidagi psixik hayotni va boshqa kishilar psixikasini bila oladigan bo‘lib qoladi. Bu bilim esa boshqa kishilarni va o‘zini yaxshiroq tushunishga imkon beradi. Psixologiyaning bilish, ma’lumot olish ahamiyati shulardan iboratdir. Shu bilan birga psixologiya fani kishilar amaliy faoliyatining har xil turlarida — ta’lim-tarbiya, ishlab chiqarish, mehnat, tibbiyot, sud-huquqshunoslik, harbiy-mudofaa, san’at va boshqa sohalarda ham katta ahamiyatga egadir. Pedagogik faoliyatga, ya’ni yosh avlodni o‘qitish va tarbiyalashda psixologiyaning ahamiyati, ayniqsa, katta. Pedagog o‘quvchilarga biron materialni tushuntirar ekan, shu materialni bolalar qanday o'zlashtirayotganini — ko‘ruvchilar qanday idrok etayotganini, eslab qolayotganini, fikrlayotganini, ularda diqqat-e’tibor, hissiyot qanday namoyon bo‘layotganini, bolalarning yosh xususiyatlariga qarab bu jarayonlar qanday ro‘y berayotganini bilish lozim. Shu sababli, biz kabi yosh pedagoglar psixologiya fanini chuqur o’rganishimiz zarur. Umuman, psixologiyaning har bir sohasi insonlar hayotida katta ahamiyatga egadir. Shuningdek, psixologiya fani bir qancha fanlar bilan yaqin aloqada, jumladan falsafa, pedagogika, tabiatshunoslik, shuningdek barcha tabiiy-ijtimoiy fanlar bilan ham bog'liq. Psixologiya, bir tomondan, falsafa, ikkinchi tomondan, tabiiy fanlar, uchinchi tomondan esa ijtimoiy fanlar o'rtasida joylashgan oraliq mavqega ega bo'lgan fandir.
Foydalanilgan adabiyotlar.

  1. Umumiy Psixologiya Xaydarova, Xalilova

  2. Ijtimoiy pedagogika (Nodira Egamberdiyeva)

  3. Rivojlantirish_psixologiyasi._Pedagogik_psixologiya.Nishanova_Z.T._Kamilova_

  4. Ziyonet,uz

Yüklə 16,2 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin