Zaxiriddin muhammad boburning tabiat haqidagi qarashlari



Yüklə 47,5 Kb.
tarix25.03.2023
ölçüsü47,5 Kb.
#89834
Boburnoma maqola


ZAXIRIDDIN MUHAMMAD BOBURNING TABIAT HAQIDAGI QARASHLARI.
Umirov N.U., Usanov U.N - Jizzax davlat pedagogika universiteti o’qituvchilari
usanov0892@gmail.com
Nurmamatova F.M., Vafoqulova Sh.G‘ - Jizzax davlat pedagogika universiteti talabalari


Annotatsiya: Zahiriddin Muhammad Bobur oʻrta asr Sharq madaniyati, adabiyoti va sheʼriyatida oʻziga xos oʻrin egallagan adib, shoir bo’lishidan tashqari tabiatni ham juda sevgan va atrofidagi o’simlik va hayvonot olami haqida juda ko’plab kuzatishlar olib brogan. Ushbu maqolada Bourning tabiat haqidagi qarashlari yoritilgan.
Kalit so’zlar: Boburnoma, o’simliklar, sutemizuvchilar, qushlar, suv va quruqlikda yashovchi jonzotlar.
Аннотация: Захириддин Мухаммад Бабур, кроме того, что был писателем и поэтом, занимавшим особое место в культуре, литературе и поэзии Средневековья, еще любил природу и делал много наблюдений об окружающей его флоре и фауне. В этой статье освещаются взгляды Бура на природу.
Ключевые слова: Бобурнома, растения, млекопитающие, птицы, водные и наземные существа.
Annotation: Zahiriddin Muhammad Babur, in addition to being a writer and poet, who occupied a special place in the culture, literature and poetry of the Middle Ages, also loved nature and made many observations about the flora and fauna surrounding him. This article highlights Boer's views on nature.
Key words: Boburnoma, plants, mammals, birds, water and land creatures.


Zahiriddin Muhammad Bobur davlat arbobi, shoir, madaniyat, til va adabiyot sohasining yetuk namoyandasi bo‘lish barobarida inson va tabiat go‘zalligini madh etuvchi, o‘simlik va hayvonot olamining rang-barangliginida nazardan qochirmagan alloma sifatida tarixda o‘chmas iz qoldirgan. Darhaqiqat, Bobur Mirzo faoliyati va ijod yo‘li har jihatdan diqqatga sazovor. U zotning shoh asari hisoblanmish “Boburnoma”dan parchalar o‘qigansiz va o‘ylaymizki, bobokalonimizning biz uchun ibratli hayoti, oltinga teng mulohazalari sizda katta taassurot qoldirgan. Uning “To‘qqiz yuz uchinchi (1497–1498) yil voqealari” bo‘limida Samarqand shahrining geografik o‘rni va tabiati shunday aks ettiriladi: “Yer yuzining aholi yashaydigan qismida Samarqandcha latif shahar kamroqdir. Beshinchi iqlimdandir. Uzunligi 99 ramzi nujumiy daraja (gradus), 56 daqiqa, eni 40 daraja (gradus) va daqiqadir. Shahri Samarqand, viloyatini Movarounnahr deydilar ” [2].
Mazkur parchalar buyuk bobomizning geografik bilimlari kengligini ko‘rsatadi, albatta va bundan ajablanmasa ham bo‘ladi.
“Boburnoma” keng qamrovli, qomusiy asar. Sportga qiziqqanlar undan, albatta, sportga oid, san’atga mehri baland o‘quvchilar san’atga doir qiziqarli ma’lumotlar topa oladi. Buni qarangki, Bobur Mirzo hazratlarining biologiya va geografiya fanlariga ham qiziqishi kuchli bo‘lgan ekan. Jumladan, Farg‘ona vodiysi, Samarqand, Kobul va Hindistonda tarqalgan 150 dan ziyod o‘simlikning nomi, ta’rifi, tarqalishi va yana o‘zbekcha, arabcha va hindcha nomlari berilgan. Bundan tashqari, asarda hayvonlarning 180 ga yaqin turi qayd etilgan bo‘lib, ularning ayrimlari hozirgi kunda ham respublikamizda mavjud. Jumladan, sutemizuvchilarning 15 turi, qushlarning 33 turi, suv va quruqlikda yashovchi jonzotlarning bir necha turi uchraydi [6,1].
Boburchalik biologiya fanini, xususan, uning o‘simliklarni o‘rganuvchi botanika hamda hayvonot dunyosini tadqiq etuvchi zoologiya sohalarini sevuvchi inson bo‘lmasa kerak, degan xulosaga keldim.
47 yilgina umr ko‘rgan, shuning ham ko‘p qismini jang-u jadallar, sargardonliklar bilan o‘tkazgan insonning qachon vaqt topib, ilmiy izlanishlar olib borganini ko‘z oldimga keltirib, hayratga tushdim.
Deylik, bundan 500 yillar oldin Yer yuzining biror qit’asida jonivorlarni maxsus o‘rganib, ular haqida kitob yozish hech kimning hayoliga kelmas edi. Bobur Mirzo esa, bu paytda davlatchilik ishlaridan ortib, o‘zi hukmronlik qilgan Hindiston o‘lkasi tabiati, hayvonot va nabotot (o‘simliklar) olamini chuqur o‘rganib, ular haqida qimmatli ma’lumotlar yozib qoldirgan.
“Tog‘ va daryolari, o‘rmon va sahrolari, shahar va viloyatlari, hayvon va o‘simliklari, odamlari va tili, yomg‘iri va shamoli – hammasi boshqacha, biznikiga o‘xshamaydi”, – deya bu o‘lkani o‘zining jonajon Vatani – Movarounnahr bilan qiyoslar ekan, Hindistonda uchraydigan hayvonlar va o‘simliklar, qushlar va daraxtlarni tavsiflaydi [2].
Muallifni ajablantirgan va qiziqtirib qo‘ygan jonivorlardan biri – karkidon. U xuddi fil kabi ulkan jonivor, deb yozadi u. “Kattaligi uchta ho‘kizga teng keladi”. Ammo bunday ma’lumotlarni keltirishda, o‘z odatiga ko‘ra, hech qachon faqat eshitganlariga tayanmaydi, balki o‘zi ko‘rgan, kuzatgan, tekshirganlariga suyanib, so‘z yuritadi. Masalan, ayrimlar unga karkidon filni shoxi bilan ko‘taradi, deyishadi. Lekin zukko, hamisha aqlga tayanib fikrlaydigan bobomiz bu gapga ishonmaydi. To‘g‘ri, karkidon juda kuchli hayvon, fildan ko‘ra yirtqichroq ham, lekin, filni shoxi bilan ko‘taradi, degan gaplar unchalik to‘g‘ri bo‘lmasa kerak, deya lofchilarning gapiga qo‘shilmasligini aytadi. (Haqiqatan ham, fil bilan karkidon orasida farq katta. Eng yirik filning og‘irligi 7 tonnagacha, karkidonniki esa 2,5 tonnagacha bo‘ladi) [5].
Umuman, Bobur ushbu ikki hayvonni ko‘p o‘rganib, ularni o‘zaro solishtirgan. Aniqlashicha, fil yuvvoshroq va qo‘lga tez o‘rganadi. Undan xo‘jalikda, harbiy ishlarda foydalanish mumkin. Faqat ancha ko‘p – ikki tuyaning yemishini yeydi. U “katta va tezoqar suvlardan og‘ir yukni osonlik bilan ko‘tarib o‘ta oladi”. Karkidon esa “fildek itoatkor va bo‘ysunuvchan emas”, hatto picha tajovuzkor ham.
Shunday deya Bobur bir safar ovda Maqsud ismli xos soqchining otini karkidon bir nayza bo‘yi uloqtirganini aytadi. Shundan ham bu jonivorning qanday jahldor va kuchli ekanini payqash mumkin[1,3].
Ammo qiziq: bu ikki ulkan maxluq duch kelib qolsa, bir-biriga qanday muomala qiladi? Qiziquvchan Boburshoh navkarlari yordamida bir necha filni haydab, karkidonga ro‘baro‘ qiladi. Tajriba shuni ko‘rsatadiki, ular bir-biriga o‘zaro dushman emas. Har holda, karkidon fillarga e’tibor bermay, indamay o‘tib ketadi...
Olim, shuningdek, Hindistonda uchraydigan maymun, kiyik turlari, yovvoyi ho‘kiz hamda bizning yurtlarda uchramaydigan nilagov (ko‘kho‘kiz), ko‘tahpoy (kaltaoyoq), nuvl degan jonivorlar haqida ham ma’lumot beradi. Nuvlni “Qunduzdan biroz kichikroq. U daraxtlarga chiqadi”, deb ta’riflaydi [4].
Hindistonda daraxtda yashaydigan bir sichqon turi bo‘lib, pastga tushmoqchi bo‘lsa, hayratlanarli tarzda tez va chaqqon sakrar ekan. Bu jonivorni gilahriy deb atashadi, deydi muallif.
To‘tilar haqida ko‘p g‘aroyib gaplar eshitgansiz. Ba’zilari odamga o‘xshab gapiradi ham deyishadi, a?
“Boburnoma”da qushlar haqida ham qiziq ma’lumotlar ko‘p. Masalan, to‘tilarning sakkiz turi haqida hikoya qilinadi. Muallifning aytishicha, ularning uch turiga gapirishni o‘rgatish mumkin. Yana bir turi haqida “ular gapirishni ham bilar emish”, deya xabar beradi.
Yuqoridagi ma’lumotlardan ko’rinib turubdiki Zaxiriddin Muhammad Bobur nafaqat shoh va shoir balki tabiatni sevgan, uni kuzatgan tabiatshunos olim ham desak xech mubolag’a bo’lmaydi.


Foydalanilgan adabiyotlar
1.“Maʼnaviyat yulduzlari” Abdulla Qodiriy nomidagi xalq merosi nashriyoti, Toshkent, 199.
2.Abdulahad Muhammadjonov, Abdurashid Abdugafurov, OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
3.Azimjonova S, Zahiriddin Muhammad Bobur, Maqolalar toʻplami, T., 1995.
4.Axmedov Bobur, Istorikogeograficheskaya literatura Sredney Azii XVI—XVIII vv. (Pismennie pamyatniki), T., 1985.
5.Vohidov R., Biz bilgan va bilmagan Bobur, T., 2000.
6.V.Zohidov. Boburning faoliyati va ilmiy-adabiy merosi haqida. Kitobda: Bobur. Boburnoma. -T.:1960;
Yüklə 47,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin