O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI AXBOROT TEXNOLOGIYALARI VA KOMMUNIKATSIYALARINI RIVOJLANTIRISH VAZIRLIGI
MUHAMMAD AL-XORAZMIY NOMIDAGI TOSHKENT AXBOROT TEXNOLOGIYALARI UNIVERSITETI URGANCH FILIALI
Telekommunikatsiya injiniringi
kafedrasi
“RAQAMLI QURILMALARNI LOYIHALASHGA KIRISH”
fani bo’yicha mustaqil ishlarni bajarishga oid
USLUBIY KO’RSATMA
Urganch
Tuzuvchi:
Setmetov N.U.– TATU Urganch filiali, “Telekommunikastiya injiniringi” dosenti.
Ushbu uslubiy ko’rsatma kompyuter injiniringi fakultet kеngashining 20__ yil “_____” “____________” dagi yig’ilishining №_____-sоnli bayonnоmasi qarоriga asоsan tasdiqlandi va nashrga tavsiya qilindi.
Mustaqil ishlar bo’yicha uslubiy ko’rsatma fan bo’yicha o’quv dasturiga asoslangan bo’lib, “Talabaning mustaqil ishini tashkil etish, nazorat qilish va baholash tartibi to’g’risida “namunaviy nizom”ga muvofiq tuzilgan va “Kompyuter injiniringi” va “Telekommunikatsiya texnologiyalari” yo’nalishi bo’yicha ta’lim oluvchi talabalarga mo’ljallangan.
Mazkur uslubiy ko’rsatmada mustaqil ish tarkibi, mustaqil ishni bajarish tartibi, talaba o’z bilimini mustaxkamlashi uchun lozim bo’lgan mustaqil ish mavzulari, mavzuni o’rganish uchun lozim bo’lgan qisqa ma’lumotlar va qo’llaniladigan adabiyotlarning varaqlari ko’rsatilgan.
KIRISH
“Kompyuter injiniringi” va “Telekommunikatsiya texnologiyalari” bakalavriat ta’lim yo’nalishining o’quv rejasiga ko’ra “Raqamli qurilmalarni loyihalashga kirish” fani bo’yicha mustaqil ishlarni o’tkazish ko’zda tutilgan. Berilgan topshiriqlar va ularni bajarish bo’yicha uslubiy ko’rsatmalar, mustaqil ishning mazmunini belgilash va ularni samarali tashkil etishga qaratilgan.
Mustaqil ishlar talabalarga har- xil funktsional murrakab raqamli qurilmalarni qo’llash va qurish printsiplarini yo’nalish profiliga mos, ta’lim standartida talab qilingan bilimini mustahkamlash va oshirishga mo’ljallangan.
Mustaqil ishni bajarishdan asosiy maqsad, talabalar dars jarayonida olgan bilimlaridan tashqari, mavzuga oid qo’shimcha ma’lumotlar va ko’nikmalarga ega bo’lishi va ushbu uslubiy ko’rsatmada har bir ish uchun berilgan adabiyotlarga asoslangan holda, mustaqil ravishda o’z bilimlarini oshirishdan iborat.
Dostları ilə paylaş: |